Qorin bo’shligi yallig



Download 101,34 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi101,34 Kb.
#266334
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
APPENDITSIT


qorin bo’shlig’i yallig’lanish kasalliklari.

APPENDITSIT — TA’RIFI, TASNIFI, BELGILARI VA ALOMATLARI, TASHXISLASH VA DAVOLASH

REJA:

  1. Qorin boshligi yalliglanish kasalliklari

  2. Peritonitlar

  3. Appenditsit sabablari

  4. Appenditsitning alomatlari va belgilari

  5. Appenditsitning atipik shakllari

  6. Appenditsit haqida gumon qilsam nima qilishim kerak?

  7. Appenditsitni tashxislash

  8. Appenditsitni davolash

Zamonaviy xirurgiyada «o‘tkir qorin» atamasi saqlanib qolingan. Qorin pardasi yallig‘lanishidan yuzaga kelgan kasalliklar simptomi kompleksi shunday nomlanadi. Bunga ichki a'zolar: jigar, osh- qozon osti bezi, o‘t qopi, taloq, me'da-ichaklar, qorin parda va hokazolarning shikastlari hamda yorilishi, o‘tkir yallig‘lanishi, kovak a'zolarning teshilishi va tutilishi, qorin bo‘shlig‘iga gematogen yoki limfogen yo‘llar bilan patogen mikroblar tushishi va qorin pardasining yallig‘lanish jarayonlari sabab bo‘ladi. Qorin devorining xhikaxtlanixhi. Qorin devorining shikastlari qorinning bevosita travmasida, og‘ir yuk ko‘targanda kuzatiladi. Qorin devorining shikastlari yopiq (qorin to‘g‘ri mushagining yirtilishi) va ochiq (jarohatlar) turlarga bo‘linadi.

Klinikasi. Qorin devorining yopiq shikastlanishi uchun ma- halliy og‘riq va gematoma xosdir. Qorinning to‘g‘ri mushagi yirtilganda qon quyilishi qorinning to‘g‘ri mushak qini bilangina chegaralanadi. Palpatsiya qilinganda gematoma o‘smasimon ho- sila ko‘rinishida aniqlanadi. Qorinning to‘g‘ri mushagi yirtilganda qorin mushaklarini taranglashtirganda ham, bo‘shashtirganda ham o‘smasimon hosila aniqlanadi.

Ba'zan qorin devori tomirlarining yirtilishi kuzatiladi. Bunda gematoma hosil bo‘lib, u asosan qorin pardasi ustida joylashadi va anchagina maydonni egallaydi. Klinik jihatdan qorin mushakla- rining taranglashishi aniqlanadi. Bunday hollarda ichki a'zolarning shikastlanishini istisno qilish lozim bo‘ladi.

Qorin devorining ochiq va yopiq jarohatlarini aniqlashda qo- rin pardasi jarohatlari va qorin bo‘shlig‘i a'zolarini farqlash lozim bo‘ladi.

Da osi. Qorin devori yopiq shikastlanganda bemorga tinch sharoit yaratiladi. Dastlabki kunlari sovuq, keyinchalik issiq muo- lajalar o‘tkaziladi. Katta gematomalar bo‘shatiladi (punksiya qi- lish, kesish orqali).

Qorin ochiq jarohatlanganda jarohatga birlamchi xirurgik ish- lov beriladi. Bunda, albatta, qorin pardasi va ichki a'zolar shikast- langanligini tekshirish zarur.

Qorin bo‘xhlig‘i a'zolarining xhikaxtlari. Qorinning yopiq jarohatida, ko‘pincha, ichki a'zolarining teri ostidan shi- kastlanishi kuzatiladi.



Klinikasi. Parenximatoz a'zolar — jigar, taloq shikastlanganda simptomlar kompleksida ichki qon ketishi yetakchi o‘rin tutadi. Butun qorin bo‘ylab diffuz og‘riq ro‘y beradi, bemor yotgan vaziyatda bo‘lganda qorinning chekka qismlarida perkutor tovushning bo‘- g‘iqligi, arterial bosimning pasayib ketganligi, gemoglobin va eritro- tsitlar miqdorining kamayganligi, o‘rtacha leykotsitoz qayd qilinadi. Kovak a'zolar — me'da-ichaklar shikastlanganda o‘tkir pe- ritonit klinikasi rivojlanadi, butun qorin bo‘ylab og‘riq bo‘ladi, qorin mushaklari taranglashadi, musbat bo‘ladi, harorat ko‘tariladi, leykotsitoz oshadi.

Da osi. Ko‘p qon oqmaganda bemorning ahvoli qoniqarli bo‘ladi va konservativ davo qo‘llaniladi. Bemorga tinchlik beriladi, qoringa sovuq qo‘yiladi, gemostatik preparatlardan kalsiy xlorid, vikasol, aminokapron kislota va hokazolar ishlatiladi. Natijasiz hollarda operatsiya qilinib, jigar yoki taloqdagi jarohat tikiladi va qon uzil-kesil to‘xtatiladi. Iloji bo‘lmaganda splenektomiya qilinadi. Kovak a'zolar yorilganda yorilgan ichakning teshilgan joyi tikiladi yoki qattiq shikastlanganda shu soha rezeksiya qilinib ichak-

lar bir-biriga ulanadi.




Download 101,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish