Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd


Geografik mehnat taqsimoti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Geografik mehnat taqsimoti

ijtimoiy mehnat taqsimotining hududiy shaklidir. Geografik mehnat taqsimoti 
miqyosiga ko‘ra rayonlararo va xalqaro mehnat taqsimotiga bo‘linadi. Xalqaro 
geografik mehnat taqsimoti jahon xo‘jaligining harakatlantiruvchi kuchi va 
negizidir.
Xalqaro geografik mehnat taqsimoti
ayrim mamlakatlarni ma’lum turdagi 
mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga, shular bilan keyinchalik 
ayirboshlashga ixtisoslashganligini anglatadi.
Geografik mehnat taqsimotining eng asosiy natijasi – bu xalqaro ixtisosla-
shuv tarmog‘idir. Ayrim mamlakatlarning ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab 
chi qarishga va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashganligi ularni o‘zining ichki 
ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni taklif 
etishni taqozo qiladi. Shuning oqibatida xalqaro ixtisoslashuv tarmoqlari, ya’ni 
eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi, mamlakatning xalqaro geografik mehnat 
taqsimotidagi o‘rnini belgilab beruvchi tarmoqlar shakllanadi.
Shunday qilib, XIX asrning 2- yarmida keng miqyosda temiryo‘llarning barpo 
qilinishi va dengiz transportining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi quruqliklar 
va materiklarni bog‘ladi hamda jahon savdosi va jahon xo‘jaligining shakllani-
shi ni ta’minladi. Lekin, jahon xo‘jaligining rivojlanishida asosiy rolni XVII–
XIX asrlarda G‘arbiy Yevropa va AQSH da barpo etilgan yirik mashinalashgan 
sanoat o‘ynadi. Demak, jahon xo‘jaligi XIX asr oxiri va XX asr boshida yirik 
mashinalashgan sanoat-dengiz transporti va jahon bozorining taraqqiyoti 
natijasida vujudga keldi.
Jahon xo‘jaligi – bir-biri bilan umumjahon iqtisodiy munosabatlari 
orqali bog‘langan dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo‘jaliklarining 
majmuyidir.
Jahon xo‘jaligining geografik «modeli» kundan kunga murakkablashib 
bormoqda. XIX asrning oxirigacha barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir markaz – 


52
Yevropa yaqqol ko‘zga tashlanar edi. Undan keyin ikkinchi jahon markazi – 
AQSH vujudga keldi va yetakchi rolni o‘ynay boshladi.
Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrda jahon xo‘jaligining yangi mar-
kazlari – sobiq Ittifoq va Yaponiya vujudga keldi. Undan keyingi yillarda Xitoy 
va hi
ndiston, Kanada, Avstraliya va Braziliya, Janubi-g‘arbiy Osiyoning neft 
qazib oluvchi mamlakatlari singari yangi iqtisodiy markazlar shakllana boshladi. 
So‘nggi chorak asrda jahon xo‘jaligida to‘rt «Osiyo yo‘lbarslari» – Koreya 
Respublikasi, Tayvan
1
, Gonkong
2
va Singapur sahnaga chiqdi. Mazkur hududiy 
o‘zgarishlar natijasida Osiyo – Tinch okeani mintaqasining jahon xo‘jaligidagi 
salmog‘i yana ham oshdi, ahamiyati kuchaydi. Jahon xo‘jaligi hozirgi vaqtda 
ko‘p markazli xususiyatga egadir. U bir markazlidan ikki markazliga (Yevropa, 
AQSH), keyinchalik ko‘p markazli xo‘jalikka aylandi. Hozirgi vaqtda jahon xo‘-
jaligi tarkibida 10 ta eng muhim markazlarni ajratish mumkin. Bularning ichida 
Yevropa va Shimoliy Amerika (AQSH, Kanada) eng katta iqtisodiy salohiyatga
ega. Birinchi markazga butun jahon miqyosida ishlab chiqarilgan yalpi ichki 
mahsulotning (YIM) 30,7% i, ikkinchi markazga 28,9% i to‘g‘ri keladi. Undan 
keyingi o‘rin larni Yaponiya (9,1%), Xitoy (6,0%), Janubi-sharqiy Osiyo, Bra-
ziliya, Janubi-g‘arbiy Osiyo (Fors ko‘rfazi sohilidagi mamlakatlar), Ros siya
Avstraliya va Hindiston egallaydi. Dunyo xo‘jaligining geografik modelini hosil 
qiluvchi yuqoridagi mintaqalar va mamlakatlar bilan bir qatorda, boshqa yirik 
uyushmalarni ajratish mumkin. Shular qatorida «katta yettilik» hamda Osiyo – 
Tinch okeani regioni mamlakatlari alohida o‘rin egallaydi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish