Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd


-§. Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning rivojlanishi



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

10-§. Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning rivojlanishi
Tayanch iboralar
shahar, qishloq, urbanizatsiya, katta shahar, megalopolis, aglomeratsiya, urba-
nizatsiya jarayoni, suburbanizatsiya.
Tashqi va ichki migratsiyalar bilan shaharlar soni va ularda mavjud aholi 
sonining ko‘payishi, ya’ni urbanizatsiya jarayoni uzviy bog‘liq. Urba nizatsiyaning 
geografik mohiyatini quyidagi misollarda ifodalash mumkin. Urbanizatsiyalash-
gan hududlar Yer yuzining 1% dan sal ortiq qismini egallagani holda, bu yerda 
jahon aholisining 51,7% i istiqomat qiladi, yalpi ichki mahsulotning 80% i ishlab 
chiqariladi. Shu vaqtning o‘zida atmosfera va gidrosferaga chiqarilayotgan 
zaharli chiqindi va gazlarning 80%i ham ayni ushbu hududlarga to‘g‘ri keladi. 
Urbanizatsiya jarayoni shaharlar soni va shahar aholisining miqdori hamda 
ulushining o‘sishini, shaharlar bilan bog‘liq murakkab tarmoqlar va tizimlarning 
shakllanishi va rivojlanishini anglatadi. Demak, urbanizatsiya inson hayotida 
shaharlar ahamiyatining beqiyos oshishini, jamiyatda aholining mehnat qilish 
xususiyati, turmush tarzi va madaniyatini, ishlab chiqarishni joylashtirish bo‘-
yicha shaharlashishni o‘zida aks ettiruvchi tarixiy jarayondir. Urbanizatsiya ijti-
moiy-iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Zamo-
naviy urbanizatsiya umumjahon jarayoni sifatida ko‘pchilik mamlakatlarga xos 
bo‘lgan uchta umumiy jihat bilan ifodalanadi. Shulardan 
birinchi jihat
kam 
rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi sonining yuqori sur’atlarda o‘sishini 
bildiradi. Dunyoda 1900-yilda mavjud jami aholining salkam 14% i shaharlarda 
yashagan. Bu ko‘rsatkich 1950-yilda 29% ni, 1990-yilda 45% ni, 2012-yilda 
51,7% ni tashkil etdi.
Ikkinchi jihat
aholi va xo‘jalikning, asosan, katta shaharlarda to‘planganligi 
bilan bog‘liq. Bunday holat, avvalambor, ishlab chiqarishning xususiyati, uni 


45
ilm-fan, ta’lim tizimi bilan bo‘lgan aloqadorligi natijasida murak kablashuvi 
bilan bog‘langan. Ma’lumki, katta shaharlar insonlarning ma’naviy va madaniy 
talablarini to‘laroq qondiradi, xilma-xil tovarlar va xizmatlar bilan yaxshiroq 
ta’minlaydi, mavjud axborot manbalariga yo‘l ochib beradi.
Jahonda XX asr boshida aholisining soni 100 mingdan ortiq 150 ta shahar 
mavjud bo‘lib, ularga aholining atigi 5% i to‘g‘ri kelgan. Bunday shaharlarning 
miqdori 90-yillarning boshida 2,5 mingni tashkil etdi, 2012-yilda esa 4,0 mingdan 
ortib ketdi. Ularga tegishli tarzda jami aholining 1/3 va 2/5 qismi to‘g‘ri keldi. 
Katta shaharlar ichida aholisining soni 1 mln. dan ortiq bo‘lgan yirik va juda yirik 
shaharlarni alohida ajratish qabul qilingan. XX asr boshida bunday shaharlar soni 
10 ta bo‘lsa, 80-yillarning boshida 200 dan, 2012-yilda esa 450 dan oshib ketdi. 
Mazkur shaharlar ichida «super shahar»lar (aholisining soni 5 mln. kishidan ortiq) 
miqdori 90-yillarda 30 tani, 2012-yilda esa 55 tani tashkil etdi. Hozirgi vaqtda 
ushbu shaharlarda salkam 0,6 mlrd. kishi yoki Yer shari aholisining salkam 10% i 
istiqomat qilmoqda.
Zamonaviy urbanizatsiyaga xos 
uchinchi jihat
shaharlar hududining keskin 
kengayib, yoyilib ketishi bilan bog‘langan. Shaharlar aglomerat siyalarining 
o‘zagi vazifasini, odatda, poytaxtlar, boshqa muhim sanoat markazlari va yirik 
dengiz portlari bajarmoqda. Juda yirik shaharlar aglomeratsiyalari Tokio, Boston-
Vashington, Chikago-Pittsburg, Reyn daryosining o‘rta oqimidagi shaharlar at-
rofida, London-Liverpul, San-Diyego, San-Fransisko, Mexiko, San-Paulo, Nyu-
York va Kolkata (sobiq Kalkutta) shaharlari atrofida shakllangan. Shularning har 
birida 12,5 mln. dan 55 mln. gacha aholi istiqomat qiladi. Urbanizatsiyalashgan 
rayonlar va zonalar, megalopolislar ichida Tokaydo, Bosvash, Sansan, Chpits 
mega lopolislari alohida o‘rin egallaydi. Urbanizatsiya jarayoni umumiy 
xususiyat laridan tashqari ayrim regionlar va mamlakatlar miqyosida o‘ziga xos 
xususiyatlar bilan ifodalanadi. Urbanizatsiya darajasi bo‘yicha jahondagi barcha 
mamlakatlarni uch yirik guruhga bo‘lish mumkin:
1. Yuqori darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining 
ulushi 50% dan yuqori);
2. O‘rtacha darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining 
ulushi 25% dan 50% gacha);
3. Past darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining ulushi 
25% dan kam). Hozirgi vaqtda (2012-yil ma’lumoti) aholisining jami (100%) 
shahar va shaharchalarda istiqomat qiluvchi mamlakatlar qatoriga Singapur, 
Monako, Pauru, urbanizatsiya darajasi 90 –100% ga teng mamlakatlar qatoriga 
Argentina, Belgiya, Islandiya, Isroil, Kuvayt, Malta, Qatar, San-Marino, Urugvay, 


46
Venesuela kiradi. Shu bilan birga, Yer sharida urbanizatsiya darajasi juda past 
(25% dan kam) bo‘lgan mamlakatlar ham anchagina. Shunday mamlakatlar 
tarkibini Afg‘oniston, Kambodja, Eritreya, Efiopiya, Keniya, Malavi, Nepal, 
Niger, Papua – Yangi Gvineya, Shri-Lanka, Svazilend, Uganda tashkil etadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya bilan bog‘liq atrof-muhitni 
muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda. Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda esa moddiy mablag‘larning yetarli emasligi mazkur muammolarni 
to‘la-to‘kis hal etishga imkon bermayapti.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish