Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd


Ayrim qit’alar, materiklar va mintaqalar bo‘yicha aholining



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Ayrim qit’alar, materiklar va mintaqalar bo‘yicha aholining 
o‘rtacha zichligi dinamikasi
Qit’a, materik va mintaqalar – yillar
1950
1990
1995
2012
2025
butun dunyo
19,4
40,3
43,8
53,6
63,8
Shu jumladan: Yevropa
74,7
97,0
101,9
107,3
103,5
osiyo
45,1
100,7
113,3
136,5
159,3
Afrika
7,6
21,8
24,3
36,7
51,0
Shimoliy Amerika
11,0
21,4
22,8
27,6
31,0
Janubiy Amerika
6,4
17,1
18,3
23,1
26,4
Avstraliya va okeaniya
1,5
3,1
3,3
4,6
4,6
Shu vaqtning o‘zida ushbu ko‘rsatkich Osiyoda 136,5, Yevropada 107,3, 
Afrikada 36,7, Shimoliy Amerikada 27,6, Janubiy Amerikada 23,1 hamda 


42
Avstraliya va Okeaniyada atigi 4,6 kishiga teng. Umumlashtirib aytganda, Yer 
yuzining atigi 7% ida unda mavjud aholining 70% i istiqomat qiladi. Aholi 
nihoyatda zich joylashgan mintaqalar qatoriga Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy 
Osiyo, Yevropa hamda AQSH ning shimoli-sharqiy qismi kiradi. Dastlabki 3 ta 
mintaqada aholi qadimdan joylashgan bo‘lib, hozirgi vaqtda unda aholi zichligi 
juda yuqori darajada. Bunday holat, avvalambor, shu yerda mehnatni juda ko‘p 
talab qiluvchi sholichilikning qadimdan mavjudligi, qolganlarda esa XVIII–XIX 
asrlarda yuz bergan sanoat inqilobi hamda undan keyingi davrda amalga oshgan 
industrlashtirish jarayoni bilan uzviy bog‘langandir. Inson qadimdan okean va 
dengiz sohillarida joylashishga intilgan. Hozirgi vaqtda dengiz va okeanlardan 
quruqlikka tomon 200 km ga cho‘zilgan Yer yuzasi qismida insoniyatning 
yarmidan ko‘p qismi, 50 km kenglikka ega bo‘lgan quruqlik qismida dunyo 
aholisining 30% i to‘plangandir. Dunyoda aholi juda zich joylashgan hududlar 
qatoriga quyidagilar kiradi: Rur havzasi, Elzas va Lotaringiya hamda Parij va 
London rayonlari, Shimoliy Italiya, Moskva rayoni, Donbass, Farg‘ona vodiysi, 
Sharqiy Xitoy, Hind-Gang tekisligi, Yava oroli, Nil deltasi, AQSH ning shimoli-
sharqiy, Buyuk ko‘llar rayonlari, Janubiy Amerikaning Atlantika okeani sohili, 
Afrikaning Gvineya ko‘rfaziga tutash hududlar. Aholi siyrak tarqalgan hududlar 
Yer yuzining ancha katta qismini egallaydi. Shular qatoriga birinchi navbatda 
ekstremal tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan geografik obyektlar: 
cho‘llar, ekvatorial 
o‘rmonlar, baland tog‘lar, tundra, muzlik hududlari
va boshqalar kiradi. Yer 
quruqlik yuzasining 15% i umuman o‘zlashtirilmagan va doimiy aholisi yo‘q 
hududlardir. Aholi joylashishida juda katta hududiy farqlar mavjud davlatlar 
qatoriga Rossiya, Kanada, Xitoy, Avstraliya, Misr, Braziliya, Turkmaniston, 
Tojikiston, Indoneziya kiradi. Dunyo aholisi vertikal mintaqalar bo‘yicha ham 
notekis taqsimlangan.
Migratsiya jarayoni aholi hududiy harakatining asosiy turi bo‘lib, u inson 
bilan tabiat o‘rtasida aloqadorlik vujudga kelgandan buyon shakllanib, rivojlanib 
kelmoqda. Aholi migratsiyasi, ayniqsa, buyuk geografik kashfiyotlar davridan 
boshlab keng miqyosda amalga oshmoqda. Migratsiya 
tashqi
va 
ichki
migratsiyaga 
taqsimlanadi. Mamlakatlar aholisining soni va tarkibiga bo‘ladigan ta’siri 
nuqtayi nazaridan tashqi migratsiyalarning ahamiyati beqiyosdir. Tashqi 
migratsiyalar ularning xususiyatlari, sabablari, hududiy qamrovi, davom etish 
davri bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Migratsiya xususiyatlari to‘g‘risida so‘z 
yuritganda, avvalambor, xohishiga ko‘ra va majburiy migratsiyalar nazarda 
tutiladi. Majburiy migratsiyalarga XVI–XIX asrlar davomida necha o‘n 
millionlab negr-qullarning Afrikadan Amerikaga zo‘rlab olib ketilishi misol 


43
bo‘lishi mumkin. Tashqi migratsiyalar, asosan, iqtisodiy sabab bilan bog‘langan. 
Bunda yangi yerlarni o‘zlashtirish maqsadida hamda ishchi kuchini shartnoma 
asosida boshqa mamlakatlarga yuborish bilan bog‘liq migratsiyalar katta rol 
o‘ynaganligini ta’kidlab o‘tish joizdir. Birinchi turdagi tashqi migratsiyalarda 
katta miqdorda aholining ko‘chib ketishi Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, 
Ispaniya, Fransiya, Skandinaviya, Irlandiya, Polsha, Rossiya mamlakatlariga xos 
bo‘lgan. Ko‘chib kelishi AQSH, Kanada, Braziliya, Argentina, Urugvay, Chili, 
Avstraliya, Janubiy Afrika Res publikasida kuzatilgan. Ikkinchi turdagi tashqi 
migratsiyalarda dastlabki davrlarda Xitoy va hindistonlik ishchilar asosiy rol 
o‘ynaganligini ta’kidlab o‘tish kerak. Shularning jamoalari Janubi-sharqiy Osiyo 
mamlakatlarida barpo etilgan. Hozirgi vaqtda Shimoliy Afrika, Janubi-g‘arbiy 
Osiyo, Janubiy Yevropa mamlakatlari katta miqdordagi ishchi kuchlarining 
G‘arbiy Yevropa va qisman Shimoliy Yevropa mamlakatlarida shartnoma aso-
sida mehnat qilishi ham ikkinchi turdagi tashqi migratsiyalarga misol bo‘lishi 
mumkin.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish