55
Amaliy ish
1. Hozirgi vaqtda mavjud Yevropa Ittifoqi, ASEAN, NAFTA va boshqa iqtisodiy
bloklarning tarkibini daftaringizga yozib oling va tahlil qiling.
2. Yozuvsiz xaritaga iqtisodiy bloklarga kirgan davlatlarning
nomlari va poytaxtlarini
tushiring.
Savol va topshiriqlar
1. Jahon xo‘jaligining shakllanishida eng uzoq davom etgan davr haqida so‘zlab bering.
2. Jahon xo‘jaligi nima? Unga xos jihatlar to‘g‘risida so‘zlab bering.
3. Jahon bozori qanday omil asosida vujudga keldi?
4. XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo‘jaligining rivojlanishi nima hisobiga amalga
oshdi?
14-§. Fan-texnika inqilobining xo‘jalikning o‘sish sur’atlari va
rivojlanish darajasiga ta’siri
Tayanch iboralar
Yalpi milliy daromad, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, «uchinchi sanoat inqilobi»,
industrlashtirish, reindustrlashtirish, transmilliy korporatsiyalar.
FTI ning kengayishi va chuqurlashishi natijasida dunyodagi ko‘pchilik,
asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning yangi post industrial
turi shakllana boshladi. Bunday turda noishlab chiqarish tarmoqlari, ayniqsa,
xizmat ko‘rsatish sohasi tez rivojlana boshlaydi.
Postindustrial mamlakatlar qatoriga G‘arbiy,
Janubiy va Shimoliy Yevropa
mamlakatlari, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Argentina, Liviya va boshqa
davlatlar kiradi. Ularda noishlab chiqarish sohasiga jami band aholining 60 –70% i
to‘g‘ri keladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrimlarida noishlab chiqarish sohasi
yuqori darajada rivojlangan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida katta
yutuqlarga
erishgan Meksika, Braziliya, Chili, Koreya Respublikasi yoki neftni
eksport qilish natijasida moliyaviy ahvolini
yaxshilab olgan Jazoir, Saudiya
Arabistoni, BAA, Kuvayt, Qatar yoxud vositachilik faoliyatini olib borishga va
turizmga ixtisoslashgan Bagam va Kanar orollari, Monako, Andorra, San-Marino
mamlakatlari shular jumla sidandir.
Fan-texnika inqilobining jahon xo‘jaligiga ta’siri quyidagilarda o‘z ifodasini
topgan:
56
1. FTI ning jahon xo‘jaligi rivojlanishining sur’atlari va darajasiga ta’siri:
«uchinchi sanoat inqilobining boshlanishi».
Jahon xo‘jaligi XX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi
yarmida juda yuqori
sur’atlar bilan rivojlandi. XXI asrning dastlabki davrida dunyo miqyosida
yaratiladigan YIM jami 85,5 trln. AQSH dollaridan oshib ketdi (10-jadval).
Reindustrlashtirish jarayonida monopoliyalarning ahamiyati katta bo‘l moqda.
Shunday monopoliyalarning asosiy shakli – transmilliy korporatsiya dir (TMK).
TMK ning asosiy korxonasi 75 ming, uning xorijdagi filiallari 700 mingni tashkil
etsa ham, ularning atigi 400 – 500 tasi jahon xo‘jaligida asosiy o‘rin egallaydi.
Ana shu yo‘l bilan jahon xo‘jaligining «transmilliylashtirilishi» amalga
oshirilmoqda.
2. FTI ning jahon xo‘jaligining eng muhim nisbatlariga ta’siri: indus tr lashgan
jamiyatdan industrlashgandan keyingi jamiyatga tomon. Jahon xo‘jaligida XVIII –
XIX asrlargacha agrar ishlab chiqarish hukmron edi. Qishloq xo‘jaligi
va unga
yaqin tarmoqlar moddiy ne’matlarning asosiy manbayi bo‘lib kelgan. Iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning ikkinchi va XX asrning birinchi yarmida
sanoat yetakchiligida industrial ishlab chiqarish shakllandi.
3. FTI moddiy ishlab chiqarish tarkibida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. U
band aholisining soni 2,0 mlrd. kishini tashkil etuvchi eng muhim tarmoqlar –
sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi nisbatning birinchisi foydasiga o‘zgarishiga
10- j a d v a l
Do'stlaringiz bilan baham: