50
Amaliy ish
1. Asosiy yo‘nalishlarni daftaringizga yozib olib, tahlil qiling.
2. O‘zbekistonda fan va ishlab chiqarishning o‘zaro ta’siri qaysi yo‘nalishlari bo‘yicha
yaxshi rivojlangan?
Savol va topshiriqlar
1. Fan va ishlab chiqarish rivojlanishining olti muhim yo‘nalishi qaysi mamlakatlarga
xosligini xaritada ko‘rsating.
2. Yo‘nalishlarning kelib chiqishi va chuqurlashishida asosiy rol o‘ynagan
omillarni
baholang.
3. FTI ning chuqurlashishida boshqarish qanday ahamiyat kasb etadi?
4. Kibernetikaga xos xususiyatlar va imkoniyatlar to‘g‘risida so‘zlab bering.
5- mavzu. Jahon xo‘jaligi
13-§. Jahon xo‘jaligining rivojlanishi
Tayanch iboralar
Jahon xo‘jaligi, kishilik jamiyati, tarmoqlar geografiyasi, geografik mehnat
taqsimoti, milliy xo‘jalik, xalqaro iqtisodiy integratsiya, aholi bandligi.
Jahon xo‘jaligining shakllanish jarayoni amalda kishilik jamiyatining jami
tarixini o‘z ichiga oladi. Chunki u ishlab chiqarish kuchlarining necha ming
yillar davomidagi evolutsiyasining natijasidir. Jahon xo‘jaligining
shakllanishi
va rivojlanishi jarayonlarini o‘ziga xos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi ayrim
bosqichlarga taqsimlash mumkin. Birinchi va eng uzoq davrni o‘z ichiga
olgan jahon xo‘jaligi belgilari va regional xususiyatlari
shakllana boshlagan
bosqich buyuk geografik kashfiyotlar davrigacha davom etgan. Buyuk geografik
kashfiyotlar natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan keyin Yer sharining
boshqa regionlarini ham qamrab oladi. Regionlar o‘rtasida mahsulotlarni ayir-
boshlash jahon bozorini vujudga keltiradi. Ushbu bozor
transport rivojlanishi
munosabati bilan yana ham kengaydi, chunki dengiz transporti barcha mate-
riklarni birlashtirishga imkon berdi. Jahon xo‘jaligi XX asr arafasida to‘la-to‘kis
51
shakllanib bo‘ldi hamda mazkur asrning birinchi yarmida uning rivojlanishi ayrim
hududlarni qamrab olish hisobiga amalga oshdi.
Jahon xo‘jaligi iqtisodiy
kategoriyadir, chunki uning to‘g‘risidagi tushun cha
ijtimoiy mehnat taqsimoti tushunchasi, xo‘jalik aloqalarining baynal milallashishi
hamda xalqaro iqtisodiy integratsiyalanishi bilan aloqadordir.
Jahon xo‘jaligi geografik kategoriya bo‘lib, u 3 yo‘nalishda tadqiq etiladi:
1. Jahon xo‘jaligining umumiy geografiyasi.
2. Uning tarmoqlari geografiyasi.
3. Yirik regionlar va subregionlar geografiyasi.
Jahon xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishida xalqaro geografik mehnat
taqsimotining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: