Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Amaliy ish
1. Fan-texnika inqilobi (FTI) aloqador bo‘lgan voqea va hodisalarni aniqlab, dafta-
ringizga yozib qo‘ying.
2. FTI va FTT o‘rtasida qanday o‘xshashlik va farqli jihatlar mavjud ekanligini aniqlab, 
shularni daftaringizga qayd eting.
Savol va topshiriqlar
1. Fan-texnika inqilobi qaysi fanlarga asoslanadi?
2. Jahonda qancha kishi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan band?
3. Qaysi mamlakatlarda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga katta 
mablag‘lar ajratiladi?
4. FTI ning to‘rt tarkibiy qismini aytib bering.
12- §. Fan va ishlab chiqarish o‘zaro ta’sirining
asosiy yo‘nalishlari
Tayanch iboralar
Kompyuterlashtirish, kompleks avtomatlashtirish, energetika xo‘jaligi, yangi 
materiallar, biotexnologiya, kosmos, kibernetika.
Fan va ishlab chiqarish olti muhim yo‘nalish bo‘yicha bir-biriga ta’sir ko‘r-
satmoqda.
B i r i n c h i y o ‘ n a l i s h – kompyuterlashtirish, ya’ni inson faoliyatining 
barcha sohalarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash. Kompyuterlashtirish 
natijasida ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarining texnologiyasi tubdan o‘z-
gartirilmoqda. U ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimiga, insonlar turmushiga tobora 
chuqurroq va jadalroq kirib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektron uskunalarini 
ishlab chiqarish sanoatning eng muhim ilmtalab tarmoqlarining biriga aylan-
di. Elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqarish bo‘yicha Yaponiya
Germaniya dunyoda yetakchi mamlakatlardir.
I k k i n c h i y o ‘ n a l i s h – kompleks avtomatlashtirish. Mazkur yo‘nalish 
50- yillarda, EHM larning barpo qilinishi bilan shakllana boshlagan bo‘lsa ham, 
uning gurkirab rivojlanishi 70- yillarda mikro EHM va mikropro tsessorlarning 
ixtiro etilishi bilan uzviy bog‘langandir. Robot-texnikaning barpo qilinishi av-
tomatlashtirilgan korxonalar, ishlab chiqarish tizimlarining vujudga kelishiga asos 
bo‘lib xizmat qildi. Robot-texnikaning ham katta miqdori AQSH, Yaponiya, 
Germaniya, Italiya, Fransiya, Koreya Respublikasi davlatlariga to‘g‘ri keladi.


49
U c h i n c h i y o ‘ n a l i s h , energetika xo‘jaligining qayta qurilishini nazar-
da tutib, energiya tejamiga, yoqilg‘i-energetika balansini takomillashtirishga, 
yangi energiya manbalaridan keng foydalanishga asoslanadi. Bu yerda asosiy 
muammo atom energetikasini rivojlantirish bilan bog‘langan. Hozirgi vaqtda 
dunyoda 250 dan ortiq AES lar ishlamoqda. Shularning aksariyat qismi AQSH, 
Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Rossiya va Ukrainada joylashgan. 
Keyingi 10 –15 yil mobaynida yuz bergan fojiali hodisalar AES larni barpo etish 
bo‘yicha mamlakatlarning dasturlariga salbiy ta’sir ko‘r satdi, ba’zi bir davlatlar 
esa umuman AES larni qurishni to‘xtatib qo‘ydi.
To ‘ r t i n c h i y o ‘ n a l i s h – yangi materiallarni ishlab chiqarish. Bugungi 
ishlab chiqarish eski konstruksion materiallar – qora va rangli metallarga, sintetik 
polimerlarga ilgarigi davrlarga nisbatan ancha yuqori talablar qo‘ymoqda. 
Natijada yangi kompozitsiyali, yarimo‘tkazgichli sopol mahsulotlar ishlab 
chiqarila boshlandi hamda XXI asr metallari – berilliy, litiy, titan, sirkoniy
germaniy, kobaltdan foydalanish kengaydi.
B e s h i n c h i y o ‘ n a l i s h biotexnologiyaning ildam rivojlanishi bilan 
bog‘langan. 70- yillarda vujudga kelgan bu yo‘nalish hozirda eng istiqbolli 
yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. U AQSH, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va Fran -
siyada tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
O l t i n c h i y o ‘ n a l i s h – kosmosni o‘zlashtirish. Kosmonavtikaning rivojla-
nishi yana bir eng yangi, ilm-fanga ta labchan aerokosmik sanoatning vujudga 
kelishiga olib keldi. Mazkur tarmoq bilan birga qator yangi mashinalar, asbob-
uskunalar, qotishmalar kashf qilindi. Ulardan hozirgi vaqtda boshqa soha va 
tarmoqlarda ham foydalanilmoqda.
FTI ning chuqurlashishi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish soha larining 
kengaytirilishi hamda murakkablashishi sharoitida ularning samara dorligini 
oshirishda boshqarish jarayonining o‘rni va ahamiyati kundan kunga ortib 
bormoqda. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish