Maktabgacha pedagogika
Mavzu yuzasidan savollar
Tafakkur deganda nimani tushunasiz?
Bolalarni kasbga yo'naltirishda nima muhum ahamiyat kasb etadi?
Tarbiyachilar bolalarning qobiliyatni qanday aniqlaydilar?
Kasb tanlashda tafakkur qanchalik ahamiyatga ega?
Kasbiy tafakkur haqida nimalarni bilasiz?
1.Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga kelishi uchun shartdir.
Tafakkur jarayonida fikr paydo bo'ladi, bu fikrlar insonning ongida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq — til bilan chambarchas bog’langan. Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o'z atrofidagi olamda bo’lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi, ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi.
Sezgi va idroklarga, xotira va tasavvurlarga nisbatan tafakkur odamlarning bilish va amaliy faoliyatida alohida ahamiyatga ega.
Masalan, biz quyoshning har kun Sharqdan chiqib, G'arbga botayotganligini hammamiz ko'ramiz (idrok qllamiz). Biz Yerning qimirlamay turganligini, quyosh esa yer atrofida aylanayotganligini ko'ramiz. Ko'p asdar davomida juda ko'p kishilarning qilgan fikriy faoliyati natijasidagina, uzoq davom etgan kuzatishlar va tidqiqotlar natijasidagina haqiqatda quyosh yer atrofida aylanmasdan, balki yer o'z o'qi atrofida va quyosh atrofida aylanayotganligi aniqlandi. Demak, quyoshning harakati to'g'risidagi bizning bevosita idrokimiz voqelikka, haqiqatga to'g'ri kelmas ekan, -voqelikning to'g'ri aks etishi, ya'ni haqiqat — bunch tafakkur yordami bilan aniqlandi. Yuqoriroq bosqichlarda bunday fikrlash tafakkur jarayonlaridagi hosil bo’lgan ko’kmlar va tushunchalar ularning chinligini yoki chin emasligini aniqlaslida ifodalanadi.
2. Davlat va jamiyatning yuksak ma’naviyati tarbiyadan boshlanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash, komillik sari intilib yashash barcha sa’y-harakatlar va ezgu amallarning asosini tashkil etadi. Shunga ko‘ra, buyuk alloma Abdulla Avloniy “…tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur”, deb bejiz aytmagan. To‘laqonli tarbiya insonni yaxshilikka undaydi, ruhini poklaydi, ma’naviy-axloqiy go‘zallik baxsh etadi, fikrini, qalbini ilm nuri bilan charog‘on qiladi. Hayot, najot va saodatga erishtiradi. Yurtboshimiz I.A.Karimov “…tarbiya sohasi islohoti bugungi eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda”, deb alohida ta’kidlaganlar. Tarbiyadan ta’limni, ta’limdan esa tarbiyani ajratib bo‘lmas. Zero, tarbiya va ta’lim motivatsiyasini shakllantirish, maktabgacha ta’lim yoshida amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarida bola shaxsini kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonlari ilk yoshdan boshlab amalga oshirilsa, ularni psixologik va pedagogik kuzatuvlarga olinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Bunday vaziyatda biz kattalarning, muassasa tarbiyachilari va amaliyotchi psixologlarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ularga to‘g‘ri yo‘nalish berib borishdir.
Biroq ushbu masalalar yuzasidan oila, tarbiyachi pedagog va amaliyotchi psixologlarning yetarli darajada shakllanmaganligini ko‘rsatmoqda.
Bunda:
– ba’zi oilalarda ota-onalarning o‘z bolalariga kasb-hunarga oid o‘gitlar, ertaklar, maqollar, hikoyalar, mashqlar kabi didaktik bilimlarni berib bormasliklari;
– bolalarni o‘yin faoliyatlarini biror bir kasb-hunarga yo‘naltirish bilan uyg‘unlashgan holda amalga oshirmayotganliklari;
– amaliyotchi psixologlarning har bir bola uchun alohida yuritiladigan kuzatuv daftarida, bola rivojlanishini qayd etib borish jarayonlaridagi malakasizliklari;
– maktabgacha ta’lim muassasa amaliyotchi psixologlarining tarbiyalanuvchilar bilan psixologik-pedagogik tashxis ishlarini olib borishlarida metodikalar bilan ta’minlanmaganliklari;
– maktabgacha ta’lim muassasalarida bola shaxsini shakllanishida oilaning o‘rni, muassasa amaliyotchi psixologining ish tajribasi, ota-onalar, mahalla, ta’lim muassasalari ishtirokida “Maktabgacha ta’lim muassasalari kelajagimiz poydevori” kabi mavzular asosida tadbirlar, uchrashuvlar, konferensiyalarning muntazam o‘tkazib borilmasligi natijasida yuzaga kelmoqda.
Bunday vaziyatni ijobiy amalga oshirishda, tarbiyalanayotgan bola shaxsini kasb-hunarga yo‘naltirish asosida ularga ta’lim-tarbiyaning uyg‘unlashgan tarzda amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu o‘rinda quyidagi uyg‘unlashtirish texnologiyasini amaliyotchi psixologlarga bola shaxsining kasbga yo‘naltirish borasidagi qiziqishlarini shakllantirish uchun uslubiy yordam sifatida tavsiya etamiz.
Bola shaxsining shakllanishida kasb-hunarga yo‘naltirishning uyg‘unlashtirish texnologiyasi:
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari quyidagicha olib boriladi.
Bolalarga kasblar olami haqidagi dastlabki tushunchalar, boshlang‘ich mehnat ko‘nikmalari, o‘yinlar, badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish orqali hamda maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etiladigan to‘garaklar asosida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari va malakali psixologlar tarbiyalanuvchilar bilan test sinovi ishlarini olib borish jarayonida bolalarning iqtidori, qiziqishlarini aniqlaydilar va bu haqda ota-onalar istagi va bolaning iqtidori, qiziqishi inobatga olinib, turli to‘garaklarga jalb qilinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etilgan to‘garaklar bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlarni to‘ldirib boradi. Badiiy-estetik yo‘nalishdagi to‘garaklar juda keng qamrovli bo‘lib, bunday to‘garaklarda bolalar hunarmandchilikdan boshlab, yumshoq o‘yinchoqlar tikish, halq amaliy san’ati, sahna san’atigacha o‘zlashtirishlari mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasining har bir tarbiyalanuvchisi uchun alohida yuritiladigan “kuzatuv daftari”ning maqsad va mohiyati uning mazmunini amaliyotchi psixologlar, tarbiyachi pedagoglar, qolaversa ota-onalar bilishi zarur.
“Kuzatuv daftari”nima maqsadda yuritiladi? Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni doimiy kuzatuvini tashkil etish maqsadida “Psixologik-pedagogik kuzatuv daftari” ishlab chiqilgan va amalga joriy etilgan. Unga tarbiyalanuvchi oilasidagi shart-sharoitlar, ularning ma’lumotlari, ota-onasining ish joyi, farzandlarning soni kabi dastlabki ma’lumotlar kiritiladi. Bundan tashqari uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning psixik rivojlanishi, uning individual psixalogik xususiyatlari, o‘zlashtirish vaqtidagi psixik jarayonlari, tarbiyalanuvchining jismoniy rivojlanishi, nutqi va tafakkuri, faoliyat turlari bo‘yicha ko‘nikma va malakalari aniqlanib boriladi. O‘rganish va tahlillar natijalari asosida, amaliyotchi psixolog korreksiya talab etiladigan sifatlarni, umumiy xulosalarning natijasi borasida ota-onalar va tarbiyachilarga tavsiyalar berib boradi. Bolaning rivojlanishiga qarab, uni olti yoshdan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tayyorlik darajasi bo‘yicha psixologik-pedagogik tashxis xulosalari o‘tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola shaxsining shakllanishida hamda dastlabki kasbiy motivatsiyasini rivojlantirib borishda albatta “kuzatuv daftari”ning ahamiyati muhim sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, bola shaxsini shakllanishida, kasb-hunarning uyg‘unlashgan holda amalga oshirilishida, avvalo oila hamda makttabgacha ta’lim muassasalarining o‘rni ahamiyatga egadir. Albatta bu faoliyatlar tarbiyalanuvchilarning, keyingi ta’lim-tarbiya jarayonlarining uzluksizligini ta’minlaydi hamda bola shaxsining shakllanishiga zamin yaratadi.
3. Maktabgacha o ‘rta yoshda bola organizmining takom illashishi davom etadi: 3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o'sish sur’ati avvalgi yosh davriga nisbatan birm uncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi.
U m um iy o ‘sish va tana og'irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to ‘qim alari va organlari anatom ik o ‘zgarishlari va funksional rivojlanishi ro ‘y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi, m uskullar hajmi oshadi, bola organizm ining ishlash qobiliyati kuchayadi. Shu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6—7 yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arqonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto chang‘ida yurish, konkida uchishdek m urakkab harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi. Jism oniy tarbiya m aktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda m arkaziy o ‘rinni egallaydi. Bolaning imkoniyatlariga m uvofiq oilada va bolalar bog‘chasida ta ’sir ko‘rsatishning aniq vositalari va m etodlarini qo‘llash sistemasi: hayot, ovqatlanish tartibi, gim nastika m ashqlari va harakatli o ‘yinlar, chiniqish usullari belgilanadi. M ak tab g ach a o ‘rta yoshdagi bolada m iya qo b ig lining funksional faolligi takom illashib boradi. Asab sistemasining yuksak darajada ta ’sirchanligi idrok etishning yorqinligi, o ‘tkirligini, b o lalar ta ’sirlanuvchanligini shart qilib qo‘yadi, shuning uchun m aktabgacha o ‘rta yoshdagi bolani tarbiyalash va unga ta ’lim berishda taassurotlar va bilim larni (bu asosan atrofdagi hayot haqidagi eng oddiy bilim lar b o ia d i) tanlash m uhim aham iyat kasb etadi. 21 Maktabgacha o ‘rta yoshda tarbiya maqsadga muvofiq tarzda olib borilganda ko‘rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko‘rgazm ali-ta'sirchan va obrazli fikrlash, irodaviy, hissiy va sabab jarayonlari rivojlanadi. B olalar bilish jarayonini egallab borar ekanlar, eng oddiy tahlil etish va um um lashtirish, tasniflashga qodir b o ‘lib boradilar, o ‘zlarini o ‘rab turgan buyum lar va hodisalar to ‘g‘risida m ulohaza bildira boshlaydilar. U m um an m aktabgacha yosh sinchkovlik, qiziquvchanlik bilan ajralib turadi. Biroq bolaning tabiiy qiziquvchanligi qondirilm asa, u passiv bo‘lib qoladi. M aktabgacha o ‘rta yoshdagi bolalar uchun faoliyatning xilm axil turlarida nam oyon b o ‘ladigan taassurot yangiligi va o ‘tkirligi xosdir. K attalam ing ta ’sirida m aktabgacha yoshdagi bolaning faoliyati ixtiyoriy ravishda bajariladigan va boshqariladigan b o ‘lib q o ladi, bu esa ta ’lim beradigan m ashghilotlar va m ehnat paytida e ’tiborlilikni tarbiyalash uchun g‘oyat m uhim dir. Bola shaxsining tarkib topishi uning fe’l-atvori shakllanishida ham o ‘z ifodasini topadi. O ngning rivojlanishi faoliyat, xulq-atvor uchun turli sabablarning paydo b o ‘lishida katta aham iyatga egadir. M aktabgacha o ‘rta yoshdagi bola shaxsiy xulq-atvor sabablarini ijtimoiy xulq-atvor sabablariga b o ‘ysundirib, tarbiyachilar, otaonalarning talablariga asoslangan holda o ‘z xulq-atvorini va boshqa bolalar xulq-atvorini baholay oladi. 0 ‘yin vaziyatida, m ashg‘ulotlar chog‘idagi ta ’lim paytida m aktabgacha yoshdagi bolada fe’latvorning irodaviy sifatlari paydo b o ‘ladi. M a’naviy ongni shakllantirish burch, adolat, qadr-qim m at va boshqa ijtim oiy tuyg‘ularning paydo b o ‘lishi bilan ajralib turadi. Bola o ‘z oldiga q o ‘yilayotgan tala b larn in g ah am iy atin i tu sh u n a boshlaydi. Yaxshi va yom on xatti-harakat qilgandagi kechinm alar endilikda katta odam ning m unosabati bilangina em as, shu bilan birga o ‘z m ulohazasi, ularga o ‘zining axloqiy m u n o sabati bilan paydo b o ‘ladi. B olalarda hijolat b o ‘lish, uyalish histuyg‘ulari va aksincha, ijtim oiy talablarni bajarganligini anglab yetishdan quvonish va qoniqish hosil qilish tuyg‘ulari chuqurroq nam oyon b o ‘ladi. M aktabgacha o ‘rta yoshdagi bolada qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yosh bilan bog‘liq zam in mavjud. Bu bolani har tom onlam a rivojlantirish uchun ta ’lim m azm unini o ‘zgartirish va m urakkablashtirishga, ta ’lim va tarbiyaning o ‘yin, so‘z, ko’rgazmali va amaliy usullari nisbatini o ‘zgartirishga, m aktabgacha yoshdagi bolalikda mavjud bo‘lgan barcha im koniyatlardan foydalanishga asos bo‘ladi.
4. ituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o’smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtayi nazaridan ham, pedagogik nuqtayi nazaridan ham muhimdir. Bu davrni biz yana o’tish davri ham deb ataymiz. O’smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o’z ichiga qamrab oladi, ya’ni bu yosh oralig’i 5-8 sinfga to’g’ri keladi. O’smir o’quvchilarning ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va xususiyatlarini ba’zan yetarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o’quvchilariga qaraganda o’smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko’p qiyinchiliklar bo’ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda qiyin kechadi. Bu jarayon o’smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo’lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o’zgarishi hamda hayot sharoitining o’zgarishi bilan bog’liqdir. Bu davrda o’smirlarning o’z shaxsiy fikrlari paydo bo’ladi. Ularda o’z qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo’yicha o’smirlarning psixik taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug’iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 1045 yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir. Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik xususiyatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf qilishdan iboratdar. Shundan keyin psixik taraqqiyotning yuksakroq bosqichiga o’tiladi. Bola boshlang’ich sinfni tugatgach, uning o’rta maktabda o’qishga o’tishi hayotida burilish davri hisoblanadi.O’smirlarning yangi ijtimoiy jihatdan tashkil topgan va rang-barang faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga asos, sharoit va vosita xizmat qiladi. Psixologlarning fikricha yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg’iz biologik jihatidan yetilishi va taraqqiyot yetilishining natijasi bo’lmay, balki, bolaning ijtimoiy hayot sharoitlari va faoliyatlarining o’zgarishi hamda bu jihatdan yangi ijtimoiy omillarning paydo bo’lishi natijasida o’smirning taraqqiyotiga va unga beriladigan maktabdagi ta’lim va tarbiya berishni aniq tashkil qilish o’smirlarning konkret hayot sharoitlari va faoliyatning mahsuli deb qarab bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy sharoitlar rolini konkret hayot sharoitlari va faoliyatlarining roliga almashtirib bo’lmaydi. Mana shu yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o’smirning yoshi va uning xususiyatlari absolyut ahamiyatli kasb etmaydi. Bu farqlarni konkret ijtimoiy omillarning ta’siri bilan va o’smirlarga beriladigan turli ta’lim va tarbiya sharoitlarining ta’siri bilan tushuntirish mumkin.Taraqqiyotning asosiy yo’nalishi bolaning o’smirlik davridagi taraqqiyotining asosiy xarakteristikasini ajratish mumkin. O’smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so’z boyligini oshishi hisobiga bo’lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo’ladi. Bu davrda o’smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlandi. Aynan o’smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. O’smirni ko’pincha muomalada so’zlarni ishlatish qoidalari: “qanday qilib to’g’ri yozish kerak?”, “qanday qilib yaxshiroq aytish mumkni?” kabi savollar juda qiziqtiradi. O’smirlar maktabdagi o’qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklarga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o’smirning bir tomondan o’z nutqini nazorat qilishga o’rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalari buzilishi mumkinligini bilishlariga va o’zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi. U endi o’z nutqida yosh bola singari emas, balki, katta odamlardan so’zlarni tanlashga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o’smir uchun o’qituvchi, albatta, namuna bo’lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o’smir bilish jarayonlarining rivojlanishi jihatidan asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 1046 Maktabdagi o’quv jarayonlarining to’g’ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o’smir tafakkurining to’g’ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Tafakkurning rivojlanishidagi ushbu harakat bu o’smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishi ehtiyoj va intilish hisoblanadi. O’smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o’quvchilar atrof-olamdagi boglanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o’smirning bilishga bo’lgan qiziqishida progress sodir bo’ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot, dalilar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyat paydo bo’ladi. Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, “Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri - til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi”. Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi. 11-12 yoshdan boshlab o’smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. O’smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o’rgana boshlaydi. O’smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko’tarila olishi, o’quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektining ham rivojlanishini belgilab beradi. Tafakkur at-rof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-sababiy bog‘lanish-larni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. O’smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o’ta qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o’z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, ularda yuqori baho olish extiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. O’smirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan o’sha masala doirasida bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar turli-farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o’tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo’yicha muqobil variantlarni taqqoslay oladilar. O’smir tafakkur ko’pincha umumlashtirishga moyil bo’ladi. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlarni kiritishimiz mumkin: - tadbirkorlik; - tejamkorlik; - hisob-kitoblilik; - yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqalar. Ko’rsatilgan barcha sifatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina o’smir amaliy tafakkurini rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1 sinfdanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim. O’smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishni yo’lga qo’yishi umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o’smir ijrochi rolida emas, balki, boshqaruvchi, mustaqil yo’l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o’zi "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 1047 ishtirokchi bo’lgan takdirdagi rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda tadbirkorlikni rivolantirishda ko’prok mustaqillikning berilishi o’smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o’smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko’proq ularning qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib borish orqali amalga oshirish mumkin. O’smirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini shakllatirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham bog’liq. Barcha o’smirlarni ham tez yo’llab, tez harakat qilishga o’rgatish mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan yechishning umumiy qoidalariga o’rgatib borish mumkin.
5. Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini
qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. SHuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi. Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi. Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan boshlanadi.
Tafakkur muammosini ko‘rib chiqqan A.A.Smirnov tafakkur va aqliy jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam ko‘rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o‘zgacha bo‘ladi. Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o‘z oldimizga hech qanday maqsad qo‘ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‘langan bo‘ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko‘p hollarda inson toliqqan bo‘lib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi.
Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz. Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.
Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat. Tafakkurning ikki darajasi mavjud:fahm-farosat – abstraksiyalardan foydalanish o‘zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‘ladigan oddiy tafakkur, sog‘lom fikr, tafakkurning boshlang‘ich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‘g‘ri tuzish, dalillarni qat’iy tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql(dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qo‘llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‘lgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati,
Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy- oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‘taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |