47
da 3,0 mln. ga yaqin yoki aholining har 10 mingtasiga hisoblaganda 117
kishi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Ilmiy tadqiqot va tajri ba-
konstruktorlik ishlariga (ITTKI) ajratilgan xarajatlarning hajmi bo‘yicha AQSH
dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. AQSH va Yevropa Ittifoqining yetakchi
mamlakatlarida ITTKI ga ajratilgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 1,5–
3,0 % ini tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich
o‘rtacha 0,4 % dan oshmaydi. Aholi jon
boshiga hisoblaganda ITTKI
xarajatlari o‘rtacha rivojlangan mamlakatlarda 110 dollarga, rivojlanayotgan
mamlakatlarda esa atigi 1 dollarga teng.
Hozirgi fan-texnika inqilobi to‘rt asosiy jihat bilan ifodalanadi. Shulardan
birinchisi, FTI ning keng qamrovliligidir. U
jami sohalar va tarmoqlarning,
turmush tarzi, madaniyat, insonlar ruhi yatining keskin o‘zga rishiga, yangi-
lanishiga olib kelmoqda. Bugungi FTI ning belgisi bo‘lib, kosmik kema va atom
elektrostansiyasi, reaktiv samolyot va boshqa juda ko‘p turdagi buyumlar xizmat
qilishi mumkin. FTI jahondagi barcha mamlakatlar va yerning jami geografik
qobiqlariga hamda kosmik fazoga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ikkinchidan, hozirgi FTI ilmiy-texnikaviy o‘zgarishlarining benihoya ildam-
lashganligi, ilmiy kashfiyotlarning amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq
vaqtning keskin qisqarishi, mahsulot va buyumlarning juda tez ma’naviy eskirishi
hamda ularning doimiy tarzda yangilanishi bilan ifodalanmoqda.
Uchinchidan,
FTI mehnat resurslari, ishchi kuchining malakasiga bo‘lgan
talabni keskin ko‘tarmoqda. Shuning oqibatida inson faoliyatining barcha sohalarida
aqliy mehnat salmog‘i oshmoqda, ya’ni mehnatning intellektual lashish darajasi
o‘smoqda.
FTI ning to‘rtinchi muhim jihati shundan iboratki,
u Ikkinchi jahon
urushi yillarida harbiy-texnik inqilob tarzida yuzaga keldi. Bu ayniqsa, FTI
ning yutuqlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish kuchaygan «sovuq urush»
davrida yana ham chuqurlashdi. Keyinchalik, 90-yillarda sotsializm tuzumining
parchalanib ketishi munosabati bilan FTI ko‘proq mehnat unumdorligi va
samaradorligini oshirishga xizmat qila boshladi. Lekin 90-yillarning so‘nggi
davrida dunyoning juda ko‘p regionlarida olib borilgan
urush harakatlari yangi
«sovuq urush» xavfining vujudga kelishiga, harbiy xarajatlarning o‘sishiga, FTI
ning eng zamonaviy yutuqlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish jarayonining
rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Yirik olim va mutaxassislar FTI ni bir-biri bilan uzviy aloqador to‘rt tarkibiy
qism: 1) ilm-fan; 2) texnika va texnologiya; 3) ishlab chiqarish; 4) boshqa ruvdan
iborat bo‘lgan yagona murakkab tizim deb tan olmoqdalar.