Mavzu:Buyuk Britaniya Turizmini o`ziga xosligi
REJA:
Buyuk Britaniya mamlakati haqida
Britaniyani uziga tortuvchi shaharlari
Britaniya turizimini rivojlanishi
Britaniya turizimini rivojiga iqtisodiyotini tasiri
“Buyuk Britaniya “nomi turli mamlakatlar fuqorolarining kundalik nutqida, shuningdek,reklama,ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalarda keng qo`llaniladi.To`liq shakli –Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi.Bu aytilishi noqulay bulganligi sabab faqat ilmiy,siyosiy va boshqa rasmiy holatlarda qo`llaniladi.Ko`pincha mamlakatning Buyuk Britaniya qisqartirilganidan foydalanishadi.Buyuk Britaniya o`zining arxitekturasi va tarixi bilan mashhurdir.
Poytaxti London hisoblanadi.Buyuk Britaniya hududi 1706,8km2
maydonni egallaydi. Buyuk Britaniya aholisi 8538689 kishini tashkil etadi.
Aholi punkti orolning janubiy – sharqiy qismida ,Shimoliy dengiz yaqinida ,Temza daryosini og`zidagi vodiyda joylashgan.Shahar 33 ta ma`muriy tumanga bulingan.
Mamlakat esa 4 ta ma`muriy –siyosiy qismga bo`lingan:Uels, Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya va Angliya hududlaridan iborat.Ular Buyuk Britaniya orolida va qo`shni orolning Shimoliy qismida joylashgan.Buyuk Britaniyaning yagona quruqlik chegarasi qirollik tarkibiga kiruvchi Shimoli Irlandiya va mustaqil Irlandiya respublikasini ajratib turadi.Bu davlat tarkibiga kichig arxipelaglar ham kiradi:masalan , Shetland va Orkney orollari , Arran va Uayt dir. Buyuk Britaniya orol davlatdir.Mamlakat janub – g`arbiy qismida yog`ingarchilik tez buladi va qishda qor tez eriydi,shuning uchun iqlim juda yumshoq.
Buyuk Britaniya hududida ko`llar, daryolar, tog`li va tekisliklar ko`p.Mashhur joylardan biri Britaniya orollaridagi eng kata hisoblangan yangi Lochness ko`li : uning maydoni 388km2 ga tengdir.Buyuk Britaniya orolining janubiy qirg`og`ida bu mamlakatni qit`a bilan bog`laydigan ingliz kanali Eurotunnel bor.uning uzunligi 50 km, shundan 38km suv ostida joylashgan.Buyuk Britaniya zamonaviy va yaxshi rivojlangan davlatdir.Turizimi ham uziga xosdir. Tarixiy obidalari turistlarni o`ziga tortadi.Bu davlatda turizimni barcha turlari diyarli rivojlangan.Suv turizimi,tog` turizimi, agra turizm va boshqalari keng rivojlangan.Mahalliy aholi ingiliz tilida gaplashadi,bu narsa mamlaktda rasmiy va xalqaro maqomga ega .Shuning uchun turistlar mehmonhonalar,aeroportlar, do`konlar va boshqa tashkilotlarning barcha xodimlari bilan ushbu tilda muloqot qilishlari mumkin buladi.Ingiliz tilini bilmaydigan sayohatchilar uchun gid- tarjimon bilan sayohatlar mos keladi.
Eng mashhur ingliz dialektlaridan biri bu kokney –Londonda asosan aholining o`rta va quyi qatlamlarida keng tarqalgan iboralarning noto`g`ri talaffuzi va qofiyalanishiga asoslangan soddalashtirilgan nutqdir.
Butun mamlakat bo`ylab hisob-kitoblar funt sterlingda amalga oshiriladi. Agar kerak bo`lsa do`konlar, mexmonxonalar va boshqa muassasalarda xalqaro to`lov tizimlarining plastik bank kartasi orqali to`lash mumkin . Sayohat qilishdan oldin,siz funt sterlingda oz miqdorni tayyorlashingiz yoki mamlakatga kelganingizda , maxsus punktlarda yoki banklarda naqd pul almashtirishingiz kerak.
Buyuk Britaniya din erkinligi mavjud. Shu bilan birga, aholining qariyib 71,6 foizi xristian dinini qabul qilgan,2,7 foizi islomni,1 foizi esa hinduizmni qullab quvatlaydi.Ateistlar soni 15,5 foizi tashkil qiladi.Mamlaktda davlat maqomiga ega cherkov –Angliya cherkovi mavjud.Barcha xristian konfessiyalari orasida eng kattalari anglikanlar,katoliklar, presviteianlar,ellikchilar hisoblanadi.Buyuk Britaniya vaqtida ham Evropa va Rossiya poytaxti o`rtasidagi vaqtining farqi +3 soatni tashkil qiladi.
Buyuk Britaniya Evropani shimoli-g`arbida joylashgan bo`lib,Buyuk Britaniya orolini Irlandiya orolini bir qismini va shu qatorda kichik orollarni egallaydi. Ushbu orollar tizimini Irlandiya va Shimoliy dengizlar va Atlantika okeani yuvib turadi.Britaniya orollarining qirg`oq chizig`I juda chuqurlashgan, shuning uchun dengiz tashish uchun noqulay bulgan kuplab tabiiy portlar mavjud.Ilgari,ushbu afzallik mashur ingliz flotini qurish va yetkazib berish uchun ishlatilgan. Buyuk Britaniya orolining relyefi asosan tekis va pasttekislikdir, ammo orolning shimoliy va g`arbiy qismida tog` tizimlari kuzatilgan , eng baland joyi 1343 metr.Bu joylardagi daryolar qisqa –Severn eng uzun daryo bo`yiga ega .Uning uzunligi 390 km.Buyuk Britaniyadagi eng kata ko`l bu Loch Ness ko`li hisoblanadi.Buyuk Britaniya xaritada bir butun bolib ko`rinishiga qaramay ,tarixiy jihatdan rivojlangan to`rt mintaqaga bo`lingan bo`lib asosiy shtat London tomonidan nazorat qilinadi.Dastlab ,faqatgina Angilya mavjud edi, keyinchalik unga mintaqaning qolgan qismi qo`shildi va bugugi kunda malum bo`lgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning Birlashgan Qirolligini tashkil etdi.Shuning uchun bitta davlat doirasida harakatlanib , mahalliy aholining arxitukturasi, madaniyati va milliy qiyofasidagi farqlarni kurish mumkin buladi.
Britaniya orollari yaqinidan oqib o`tuvchi Gulf Stream tufayli Buyuk Britaniya iqlimi nam va yumshoq. Mahalliy aholi qishda ham sovuqqa duch kelishmaydi,lekin tez tez Britaniyada o`ziga xos belgisiga aylangan yomg`irlar va tumanlar bor.Ammo bu degani har kuni nam buladi degani emas- bahor va yoz oylarida yomg`ir tezda quyosh bilan almashadi.Britaniya iqlimi mo`tadil dengiz iqlim bo`lib , o`rtacha havo harorati +11C ,o`rtacha yog`in miqdori 800mm atrofida.Iqlimda yana ocean oqimlari ta`siri juda kuchli. ASosiy qismi tekisliklardan iborat,shimolda past tog`lar ham bor.Eng baland joyi Skeyfel-Payk tog`i-978m. Asosiy daryolari :Temza,Severn, Tayn.O`rmonlar mamlakat hududini 4foizini tashkil etadi.U yerda eman, qoraqayin, qarag`ay, shumtol, qora qarag`ay daraxtlari o`sadi. Hayvonlardan tulki, bo`ri ,olmaxon,tipratikan, bug`u,suvsar kup uchraydi.Qushlardan kaklik,o`rdak, qarg`a, yovvoyi,kabutar,karkurlar keng tarqalgan.XX asrning 2-yarmiga qadar aholining ocean ortiga ommaviy ravishda kuchib ketishiga qaramay mamlakat aholisi tez o`sdi.Lekin keyingi paytlarda aholini tabiiy o`sishiningsezilarli darajada pasayishi natijada ingliz millatining qarishi sezilmoqda.Buyuk Britaniya qarish koeffisenti 11 foiz,o`lim10 foiz,1 ayolga 1.6 bola tug`ri kelyapti.O`rtacha umr kursatkichi 75 -80 yoshni tashkil qiladi.Aholini 80 foizi ingilizlar ,qolganini shotlandlanlar,uelsliklar,irlandlar tashkil etadi.Davlat tuzumi konstitutsion monarxiyadir. Buyuk Britaniyaning eng katta va eng zich joylashgan qismi-Angilya .Shotlandiya.Shotlandiya mamlakatining shimolida joylashgan .U tog` va ko`llar, xushmanzara vodiylar o`lkasi.Shotlandlar jo`r bo`lib qo`shiq aytishga va raqs tushishga ishqiboz .Xalq sayillarida mesh surnayda ijro etiladigan musiqa yangraydi; shotlandlarning milliy kiyimlari, ayniqsa, erkaklarning kilt deb ataladigan katak-katak g`alati. Shotlandiya po`lat va kemalar ,ko`mir va elektr energiyasi ,yirik portlar mamlakati hamdir . Edinburg (asosiy shahri) va Glazgo shaharlari hamda ularning atroflari zavod, shaxta, fabrikalar va kemasozlik korxonalari mavjud.Tumanli Albion yoki Buyuk Britaniya sayohatchilari orasida mashhur bulgan joy. Britaniya har biri urf odatlari bilan mashhur bulgan to`rt qismni o`z ichiga olgan qirollikdir.Britaniya sayohatchilar uchun juda kup diqqatga sazovor joylari ,tasirchan gotika uslubidagi qasrlar noyob ikki qavatli avtobuslar,ingliz oshxonalri mavjud.Britaniya eng kup tashrif buyuradigan mamlaktlardan biri U yerga boorish uchun viza olish uchun ariza topshirishingiz kerak. Britaniya konsuli ariza tuldirishda electron usuldan foydalanishadi.Angilyaga shoshilinch vizalar istisno holatlarda masalan,og`ir kasalligi,qarindoshlarini o`limi va shoshilinch tibbiy yordam olish uchun beriladi.Britaniya vizasiga murojat qilgandan sung hujjatlarni uz vaqtida olish uchun holatni kuztishiz kerak.
Britaniyani London shahrida joylashgan Britaniya muzeyidr. U mamlaktaning eng yirik va dunyodagi eng qadimiy yaxshi muzeylardan biridir.Ushbu taniqli muzey Misr,Yunoniston,Rim Evropa galeriyalariga ega hisoblandi.Britaniya muzeyi eng kup tashrif buyuradigan joy. O`rtacha tashrif buyuruvchilar soni yiliga 5,5 millionni tashkil etadi.Londondagi metroga keladigan bulsak dunyodagi eng qadimiy metro hisoblanadi va qadimiy yodgorlikdir.Uning birinchi linyasi 1863 yilda ochilgan.Chuqur tunellarining shakli tufayli londonliklar ushbu transport turiga quvur “The Tube”laqabini berishgan.
Buyuk Britaniya sayyohlar uchun talab kata bulgan shaharlari mavjud.Bu joylar tabiiy,tarixiy va memoriy diqqatga sazovor joylari bilan ajralib turadi.Qulay iqlim ,rivojlangan infratuzilma va qiziqarli dam olish uchun barcha imkonoyatlar bor.
London- mamlakat poytaxti-shahar me`morchiligida o`z izini qoldirgan boy va qiziqarli tarixga ega.Bukingem saroyi,Big Ben,Trafalgar,Tower Bridge,Hyde park,-bular poytaxt mehmonhonalar ko`rishga moyil bulgan asoosiy obyektlardir.London bo`ylab kuplab restoran va kafelar,mehmonhona va yotoqhonalar tarqalgan.Shuning uchun ovqatlanish va dam olish uchun eng yaxshi joyni toppish oson.Madam Tyusso mumi muzeyi,Warner Brothers studiyasi, va Garri Potter Muzeyiga tashrif buyurishga arziydi.
Edinburg-Shotlandiya poytaxti va Firth of Forthning janubiy qirg`og`ida joylashgan .Odamlar bu yerga xarid qilish uchun kelishadi,buning uhun eng yaxsh joy- Princess street.Edingburg qalasi, milliy rasmlar galeriyasi, qirollik muzeyi,Shotlandiya zamonaviy galeriyasi – bularning barchasi shahar buylab sayr qilishda ajoyib maskanlar hisoblanadi.
Bristol-mamlakat janubida joylashgan va Avon daryosidagi yirik port hisoblanadi.Sayyohlar Klifton osma koprigiga qarashlari,yaqin atrofidagi Bristol g`orlariga borishlari kerak,ularning eng mashhuri Gigant g`or deb ataladi.Brunel`s SS Great Britian bug`yulovchi layneri muzeyi ,hayvonot bog`i,Bristol muzeyi va san`at galeriyasi va Klifton rasadxonasidagi kavisli oyna qiziqish uyg`otadi.Siz WHiteladies Road va west End park kuchasida shuningdrk port yaqinida joylashgan restoran va barlarida ovqatlanishingiz mumkin.
Liverpul Angilyaning shomliy-g`arbiy sohillidagi,Mersi daryosining og`zida joylashgan port bulib,u 1960-yillarda afsonaviy The Beatles guruhining tug`ilgan joyi sifatida butun dunyoga mashhur bulgan.Liverpul to`rtligining ishiga bag`ishlangan muzeydan tashqari shaharda siz shahar meriyasini,Anglikan va katolik soborlarini,Vellington ustuni kurishingiz mumkin,shuningdek shahar buylab harakatlanadigan Superlambanan haykalini kurishingiz mumkin.bu bir vaqtni uzida ramziy manoni anglatadi.Levirpul nafaqat Beatles tarixi bilan diqqatga sazovor joylar,balki me`moray yodgorliklari bilan ham mashhur.
Kembrij Yevropadagi eng qadimiy ta`lim markazlaridan biridir.Universited binolariga sayohatchilar tashrif buyurishi mumkin,ammo kirish pullik va imtihon davrida(may va iyun) oylarida muassasa tashrif buyuruvchilar uchun yopiq.Shuningdek,qiziqarli san`at ko`rgazmalri va qadimiy artefaktlar namoyish etadigan Arxeologiya va Antrapologiya muzetiga tashrif buyurish kerak.Kembrij talabalari o`rtasida eshkak eshish musobaqalri tez tez utkaziladi.
Uels –janubiy g`arbida joylashgan Buyuk Britaniyani bir qismidir.Anglesi orollari,Llin qirg`og`I,Gover yarim oroli ayniqsa guzal tabiati bilan ajralib turadi.Beaumaris,Karnarvon,Xarlek,Chirk qal`asi milliy botanika bog`lari-bularning barchasi sayohaychilarni uziga jalb qiladi.Vala Offa buylab trekking qilish mumkin va butun yulning uzunligi 270km.Ushbu marshurtni taxminan 11kun ichida bajarishingiz mumkin,bu faol turizm uchun maquldir.Angilya buylab qirg`oqlarida suv sport va ochiq havoda uynash,mamlakatning istalgan joyida siz guzal hudud buylab sayr qilishingiz mumkin.
Mamlakatda kuplab tarixiy va madaniy,memoriy diqqatga szovor joylar kup va mashurdir. Katta shaharlarda sayyohlar tungi klublarda konsertlarda va partiyalark kabi boshqa uyin kulgular ham topiladi.shuning uchun turli qiziqishlarga ega insonlar dam olishi mumkin buladi.Angliya tarixiy va me`moray obyektlarga boy .
Stounhenj-ulkan toshlarda yasalgan tosh konstruksiya.Arxitiktura ob`yekti Eymsberi shahridan g`arbga va Solsberidan 13km shimolda ,Uiltshir Grafligida joylashgan.Toshlar aylana shaklida joylashtirilgan va g`ayrioddiy kompleks hosil qiladi.Strukturaning Yoshi bir necha ming yilni tashkil etadi va butun dunyodan olimlar uning kelib chiqish tarixini urganmoqdalar.Busayyohlaruchun mashhur, chunki u bilan juda ham sirli afsonalar bog`langan.Yuqoridan qaralganda Stonehenj juda sirli va g`ayrioddiy kurinadi.
Tower qal`asi Londonning tarixiy markazida ,Temzaning shimoliy qirg`og`ida joylashgan.Qattiq qal`a ulug`vor kurinadi va o`zining tarixiy va o`ziga xos memorchiliki bilan sayohatchilarni o`ziga tortadi.Qal`a minoralarini balandligi 30m ga yetadi.Qurilishi 1066 yilda boshlangan. Dastlab bino mudofa inshoati bulgan.Keyinchalik turli vaqtlarda hayvonot bog`I,rasadxona,qamaqxona, qirollik xazinasi bulgan.
2019 yil Britaniyaga 2.2mln chet ellik tashrif buyurgan.Bu esa 2018 yilga nisbatan 7foiz kam.2019 yildagi tashrif buyuruvchilar 1.2milliard funt sterling sarfladilar.Shu yili Buyuk Britaniyada yashovchilarni 4.1millionga yaqini xorijga chiqdi.O`tgan yilga nisbatan 1 foizga kupdir.2019 yilda Britaniya aholisi chet elga safar qilish uchun 2.4 milliard sarfladilar.Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchilar bu yerga tashrif buyuruvchilarga nisbatan kuproq chetga chiqadilar.Visit Britaniyaning raisi Kristofer Rodriges Buyuk Britaniya turizimini iqtisodiy tanazzuli natijasida “uzoqroq turistlar”tomonidan majbur qilingan ushbu sohadagi 50,000mingdan ortiq ish o`rinlari yuqotilishi uchun o`zini kuchaytirishi haqida ogohlantirdi.Buyuk Britaniyaning mehmondustlik sohasi mehmonxonalar va restoranlardagi daromadlardan 4milliard funt sterling(5.7 milliard aqsh dollar) miqdordagi zararni yanada oshirmoqda, deya xabar beradi dunyo sanoat jurnali HOTELS.Shuningdek ingliz turizimini boshqa mofaqiyatsizliklari qatoriga kirli hojathonalar, qonga buyalgan choyshablar kiradi.”Bizda odamlar eng sifatli bulmagan holda qochib qutuladigan davrni boshdan kechiradilar.”dedi Britaniya Independent gazetasida .Rodriges shunday dedi”Ba`zi odamlar xizmat kursatish sohalarida bo`lish uchun tug`ilishadi, va ba`zi odamlar xizmat kursatish sohalarida mijozlar sifatida tug`ilishadi”Buyuk Britaniyada tashrif buyuruvchilarni hisobga olgan holda bu davr mobaynida tashrif buyuruvchilar soni14 foizga oshdi,ish tashriflari 4 foizga kamayib ,do`stlar va qarindoshlar bilan tashrif 1 foizga kamayganini kurishimiz mumkin.Shuningdek O`zbekiston bilan ham munosabatlar o`rnatildi 1991 –yildan boshlandi.1993-yil 17-19 iyun kunlari Buyuk Britaniya qirolichasini qizi Malika Anna O`zbekistonga tashrif buyurdi .Tashrif davomoida xalqimiz madaniyati va urf odatlari bilan tanishdi.Samarqandni ziyorat qildi. 15- oktyabr kuni Britaniya tashqi va hamdo`stlik ishlar vaziri D.Xog rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi.22-25 noyabr kunlari O`zbekiston Prezidenti I.Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrif buyurdi.U yerda bosh vazir J.Meyjor bilan uchrashdi,sung mamlakat qirolichasi YelizavittaII uchrashdi.Bugungi kunda 50dan ortiq korxonalar Buyuk Britaniya va O`zbekiston o`rtasida faoliyat yuritmoqda . 1997-yildan O`zbekiston Buyuk Britaniya Rj-85 samalyotini sotib ola boshladi. Hozirgi kunda Buyuk Britaniya O`zbekiston munosabatlari Sh.Mirziyoyev davrida ham rivojlanmoqda.Buyuk Britaniyada bir kunda barcha asosiy diqqatga sazovor joylarni kurishni iloji yo`q,lekin siz qoladigan shahar bo`ylab sayr qilish arziydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |