1.49 kishilik qatorda Humoyun boshidan hisoblaganda 18-o‘rinda tutibdi.Humoyunning qator oxiridan hisoblaganda o‘rnini toping.
2.Bugun Samadbek ustozdan koyish eshitmaslik uchun o'quvchilar yoki vazifa qilib berilgan testlarni to'liq bajarishi yoki berilgan 10 betlik uy ishini to'liq bajarish kerak!
Maftuna: Men testlarni ham 10 betlik vazifani ham bajardim, endi aniq ustoz meni koyimaydilar
Sirojiddin: Men uyimizda chiroq o'chganligi sababli faqat testlarni bajara oldim, endi ustoz meni koyiydilar
Yuqoridagi ma'lumotga ko'ra kim bu yerda haqligini toping
3.Lavash mazali bo‘lishi uchun unga pishloq va biroz qalampir qo‘shish kerak. Alisher: men tayyorlagan lavashim Amerika pishlog‘ili,drmak lavashim mazali chiqadi. Otabek: mrn lavashimga qalampir qo‘shmadim,mening lavasbemaza chiqadiyov. Kim haq?
4.Sinfda 60 ta o‘quvchi bor. Qizlar soni o‘g‘il bolalardan 2 marta ko‘p. Sinf jadvalida Kamol yuqoridan 17-o‘rinni egalladi. Agar jadvalda Kamoldan yuqorida 9 nafar qiz bola bo‘lsa,jadvalda Kamoldan keyin nechta o‘g‘il bola bor?
5.Quyidagi ketma ketlikni mantiqiy davom ettiring.
2,12,30,?,90
6.Quyidagi mantiqiy ketma ketlikni davom ettiring
5,10,13,26,29,58,61,?
7.Bobur PRMAKTAB so‘zini yozmoqchi. U har kuni bitta harf yozadi. U yozishni chorshanba kuni boshladi. Qaysi kuni u oxirgi harfni yozadi?
8. Salim bir yarim soat olfin o‘rnidan turfi. Uch yarim soatdan keyin u poezdgabuvisinikiga boradigan poezdga chiqadi. U poezd jo‘nnashidan qancha vaqt oldin o‘rnidan turdi?
9.Shahnoza Po’latdan kichik, Komil Po’latdan yosh, Tohir Shahnozadan kichik, lekin eng kichik
emas.Ularning ismini yoshiga qarab, kattadan kichik tartibda yozib chiqing.
10.Keyingi guruh harflarini toping?
cabh….daci….eadj….faek…. __?
11.Agar birinchi va ikkinchi gaplar to’g’ri bo’lsa, uchinchi gap to’g’ri, xato yoki aniqlab
bo’lmasligini toping.
1) Sohibjon Loladan uzunroq.
2) Lola Jahongirdan bo’yi pastroq.
3) JahongirSohibjondan uzunroq
12.Bolalar futbol o’ynab, derazani sindirishdi. Uy egasi chiqib, kim sindirganiligini so’radi.
Ali oynani Vali sindirganini, Vali esa Soli sindirganini aytdi.Soli esa deraza oynasini o’zi
sindirganini aytdi. Uchala bola gapi yolg’on bo’lsa, oynani kim sindirgan?
13.Uchta guldonda jami 21 atirgul bor. Birinchi va ikkinchi guldonda 16 ta, birinchi va
uchinchi guldonda 12 ta atirgul bor. Eng ko’p gulli guldonda eng kam gulli guldondan
qancha ko’p gul bor?
14.Likopchada olma, nok va apelsin bor. Likopchadan ularni necha usulda olish mumkin?
Mevalarni oldinma-ketin faqat bittadan olish mumkin
15.Podshoning ajoyib bog’i bor ekan. Podshoni davolagan tabib xizmati evaziga boryo’g’i bog’dagi olmalardan bir donasini olishga ruxsat so’rabdi.Podsho ruxsat beribdi.
Bog’ uchta devor bilan o’ralgan bo’lib, bog’ga kirish uchun uchta eshikdan o’tish kerak
ekan. Tabib bog’ga kirish uchun birinchi eshikdan kirayotganda qorovul: “ Bu eshikdan
qaytib chiqayotganda qo’lingdagi olmalarning yarmini menga qoldirasan”, debdi.
Ikkinchi va uchinchi eshikdagi qorovul ham huddi birinchi eshikdagi qorovulning gapini
aytibdi.
Tabib shu bog’dan bitta olmani qiziga olib borishi uchun bog’dan nechta olma olishi
kerak?
16.Quyidagi ketma-ketlik ma’lum bir mantiqqa asoslanadi. So’roq belgisi o’rnida kelgan
sonni toping.
1, 1, 3, 15, 105, __?
17.Dunyoda ichishga toza suvi yoʻq boʻlgan odamlar juda koʻp.
+
Iflos suvni ichish insonning sogʻligiga zarar yetkazishi mumkin.
+
Oʻz aholisining sogʻligi haqida qaygʻurish hukumatlarning vazifasidir.
=
–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Yuqoridagi chiziq oʻrnida quyidagi jumlalardan qaysi biri boʻlishi kerak?
A Odamlar iflos suv ichmasligi kerak.
B Hamma soʻglom boʻlishga harakat qilishi kerak.
C Koʻp odamlar toza suv topish uchun uzoq yoʻl bosishiga toʻgʻri keladi.
D Hukumatlar hech qachon oʻz vaziflarini bajarmaydilar.
E Hukumatlar oʻz aholisi toza suv bilan taʻminlashi kerak.
18.Oxirgi olingan imtihonda Mansur hamma savollarga toʻgʻri javob berganini eshitgan
Sobir “Koʻrdingmi? Mansur imtihonda qalloblik qilganini bilgan edim” dedi.
Sobirning aytgan gapi toʻgʻri boʻlsa, bundan quyidagi xulosalardan qaysi birini chiqarish
mumkin?
A Imtihon juda qiyin boʻlgani uchun unda hech kim hamma savolga toʻgʻri javob bergan
boʻlishi mumkin emas edi.
B Mansur qalloblik qilmasa, imtihonda hamma savolga toʻgʻri javob berishi mumkin
emas edi.
C Ushbu imtihon Mansur va Sobirlarning sinfi topshirgan imtihonlar ichida eng qiyini edi.
D Mansur birorta imtihonda savollarning hammasini ishlay oladigan darajada aqlli emas.
E Mansur bundan oldingi imtihonlarda ham qalloblik qilgan edi.
19.Togʻning baland choʻqqisiga koʻtarilishga tayyorgarlik koʻrayotgan alpinistlarga
yoʻlboshlovchi “Ertalabki soat 4:00 gacha toqqa koʻtarilishni boshlamaganlar choʻqqiga
yetib bora olmaydi”, - dedi.
Agar yoʻlboshlovchining bashorati toʻgʻri boʻlsa, quyidagilardan qaysi biri toʻgʻri boʻlishi
kerak?
A Ertalabki soat 4:00 dan oldin toqqa koʻtarilishni boshlagan hamma alpinistlar
choʻqqiga yetib bora oldilar.
B Ertalabki soat 4:00 dan oldin toqqa koʻtarilishni boshlagan baʻzi alpinistlar choʻqqiga
yetib bora olishadi.
C Ertalabki soat 4:00 dan keyin toqqa koʻtarilishni boshlagan alpinistlarning hech qaysisi
choʻqqiga yetib bora olishmadi.
D Choʻqqiga yetib borgan alpinistlargina toqqa ertalabki soat 4:00 dan dan oldin
koʻtarilib boshlagan edilar.
E Choʻqqiga yetib bora olmagan hamma alpinistlar toqqa ertalabki soat 4:00 dan keyin
koʻtarila boshlagan edilar
20.Fermerning sigirlari, qo’ylari va tovuqlari soni bir-biriga teng. U qo’ylarining yarmini va
tovuqlarining uchdan birini sotib, oʻrniga 10 ta echki va 3 ta sigir sotib oldi. Hozir
fermerda jami 39 ta hayvon bor.
Hozir fermerning sigirlari soni nechta?
21.Sarvar va Oygul ota-onalari haqida gaplashayaptilar. Sarvar: “Mening ota-onam oʻta
qattiqqoʻl. Men uyga vazifalarimni tayyorlab boʻlmagunimcha kompyuterda
shugʻullanishga yoki koʻchada oʻynashga ruxsat berishmaydi. Menimcha ular men uyga
vazifamni qachon tayyorlashni oʻzim hal qilishimga ruxsat berishi kerak. Men nima qilish
kerakligini oʻzim yaxshiroq bilaman” - dedi.
Quyidagi faktlardan qaysi biridan Sarvarning daʼvosini yaxshiroq asoslashda
foydalanish mumkin?
A Sarvarning ota-onasi uning dangasaligi va uyga vazifa tayyorlashning oʻrniga oʻynashi
xush koʻrishini bilishadi.
B Sarvarning maktabidagi koʻp oʻquvchilar uyga vazifalarini maktabdan uyga yetib
borishi bilanoq qilishlari kerak boʻladi.
C Oygulga ota-onasi uyga vazifani kechki ovqatdan keyin qilishga ruxsat berishadi.
D Sarvar maktabdan keyin charchaydi va ozroq dam olgandan keyin yaxshiroq ishlashi
mumkin.
E Bolalarning maktabda darslarni yaxshi oʻzlashtirishlarida ularning uyga vazifalarni oʻz
vaqtida tayyorlashi katta yordam beradi.
22.Har birining rangi qizil yoki sariq boʻlishi mumkin boʻlgan uchta shar bilyard stoli ustida
bitta toʻgʻri chiziq ustida yotibdi. Aziz birinchi turgan, qizil rangli sharni urdi. U shar
oʻrtadagi sharga urilib, uni harakatga keltirdi va bu shar oxirida turgan, rangi sariq
boʻlgan sharga tegdi.
Bu maʻlumotlarga asoslanib, quyidagi maʻlumotlardan qaysi biri aniq toʻgʻri ekanini ayta
olamiz?
A Sharlarning faqat bittasi qizil edi
B Qizil shar harakatlanib borib, sariq sharga urildi
C Sariq shar harakatlanib borib, qizil sharga urildiD Sharlarning faqat bittasi sariq edi
E Yuqoridagilar haqida fikr bildirish uchun yetarli maʻlumot berilmagan
23Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassisining fikriga ko‘ra, raqs darslari maktab o‘quv
dasturining muhim qismi bo‘lishi lozim va maktab o‘quvchilari sport darslariga qancha vaqt
sarflashsa raqs darslariga ham shuncha vaqt sarflashlari kerak.
Quyidagi gaplarning qaysi biri sizning ushbu mutaxassis fikriga qo‘shilishingizga asos bo‘la
oladi?
A Raqs bolalarning aqliy qobiliyatlarini yaxshilaydi.
B Ba‘zi bolalar sport bilan shug‘ullanish uchun kerakli uskunalarni sotib ololmaydilar.
C Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassisi malakali raqs o‘qituvchisi hisoblanadi.
D Raqs ilgari maktablarda o‘rgatilgan.
24. Aziz, Bobur, Karim va Dilshod bir sport jamoasida o‘ynashadi. Murabbiy to‘satdan ularga shunday
dedi: “Agar Aziz ertaga o‘ynamasa, Bobur o‘ynaydi. Agar Aziz o‘ynasa, unda Karim Dilshodning
o‘rniga o‘ynaydi.”
Demak, agar Bobur ertaga o‘ynamasa, jamoadagi qolgan uch o‘yinchidan qaysilari o‘ynaydi?
A Faqat Aziz
B Faqat Dilshod
C Aziz va Karim
D Karim va Dilshod
25.Muqimiy teatrida mazkur oyning 12-sanasi (chorshanba)dan 29-sanasi (shanba)gacha spektakl
namoyishi rejalashtirilgan. Spektakl har kuni kechki payt namoyish qilinadi. Chorshanba va
shanba kunlari esa tushlik paytida ham spektakl namoyish qilinadi.
Muqimiy teatrida ushbu spektakl jami necha marta namoyish qilinadi?
A 21
B 22
C 23
D 24
Do'stlaringiz bilan baham: |