53
Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1982-yilda Gretsiya va 1986-yilda Ispaniya hamda
Portugaliya qabul qilindi.
YESA 1954- yilda Buyuk Britaniya tashabbusi bo‘yicha
YIH ga parallel
tashkilot sifatida tuzildi. Dastlab, unga Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya,
Norvegiya, Portugaliya,
Shvetsiya, keyinchalik Islandiya va Finlandiya qabul
qilindi. Lekin, 1973- yilda mazkur tashkilot tarkibini Buyuk Britaniya va Daniya,
1986- yilda esa Portugaliya tark etdi. Shunga qaramasdan uning tarkibidagi
mamlakatlar savdo aloqalarini rivojlantirishni davom ettirdilar. YESA da YIH dan
farqli o‘laroq, davlatlarning suveren huquqlari saqlanadi.
YIH ga a’zo mamlakatlar 1986-yilda yagona Yevropa aktini qabul qildilar.
Unda 1957-yilda «Umumiy bozor»ni barpo qilish to‘g‘risidagi Rim shart-
nomasining asosiy talablari yana bir bor qo‘llab-quvvatlandi hamda 12
mamlakatning yagona bozorga o‘tishi bo‘yicha yo‘l belgilandi.
Keyinchalik
YIH «Yevropa Hamjamiyati», 1991-yilning dekabr oyidan boshlab esa
«Yevropa Ittifoqi» (YI) deb atala boshlandi. Xuddi shu yili Maastrix shahrida
(Niderlandiya) «Yevropa o‘n ikkiligi», «Siyosiy va valuta-moliya Ittifoqi»
to‘g‘risidagi shartnomalar qabul qilindi. Ikkinchi shartnomaga binoan 1998-yil-
ning 1-yanvar kuni Ittifoqning barcha mamlakatlarida yagona valuta – YEVRO
muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda YEVRO bilan AQSH dollari quvvati
o‘rtasida katta farq kuzatilmayapti. 1995-yilda Avstriya, Shvetsiya, Finlandiya
YI a’zolari bo‘ldilar. Uning tarkibiga 1998 – 2003-yillarda Sharqiy Yevropaning
qator mamlakatlari (Polsha,
Vengriya, Chexiya va boshqalar) qabul qilindi.
Bugungi kunda YI tarkibi 28 davlatdan iborat.
G‘arbiy yarimsharda 1989-yilidan beri AQSH va Kanadada «Erkin savdo»
haqidagi Shimoliy Amerika kelishuvi (NAFTA) faoliyat ko‘rsatmoqda. NAFTA
mamlakatlari yagona valuta barpo qilish, tashqi siyosat hamda xavfsizlik
siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlashmaganlar. Lekin NAFTA YMD hajmi
bo‘yicha YI va boshqa tashkilotlardan ustun turadi.
Yuqorida nomi keltirilgan tashkilotlardan tashqari Yevropa Iqtisodiy Ham-
korlik va Taraqqiyot Tashkiloti 1967-yildan beri faoliyat ko‘rsatib kel moqda.
AQSH, Kanada, G‘arbiy Yevropaning ko‘pchilik
mam la katlari, Yaponiya,
Finlandiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi nu fuzli mamlakatlar bu
tashkilot a’zolaridir. Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN)
rivojlanayot gan mamlakatlar asosida tuzilgan hamda integratsiya xususiyatlari
chuqur rivojlangan tashkilot hisoblanadi. Uning tar kibida
Indoneziya, Malayziya,
Singapur, Tailand, Filippin va Bruney kabi mamlakatlar bor. Ushbu tashkilotning
yaqin kelajakdagi asosiy maqsadi erkin savdo zonasini tashkil qilishdan iboratdir.
54
1980 –1981-yillarda Janubiy Amerikadagi 10 ta davlat ishtirokida Lotin
Amerikasini Integratsiyalashtirish Assotsiatsiyasi tuzilgan. Uning asosiy maq-
sadi umumiy bozorni tashkil qilishdan iboratdir. Tarkibida ikki subregional:
And mamlakatlari va La-Plata mamlakatlari guruhlari rasman barpo etildi.
Avstraliyaning tashabbusi bilan 1989-yilda Osiyo – Tinch okeani regionida 12
mamlakatni yagona maqsad yo‘lida birlashtirgan «Osiyo – Tinch okeanining
iqtisodiy kengashi» integratsiya tashkiloti tuzildi.
Uning tarkibiga AQSH,
Kanada, Yaponiya, Avstraliya, shuningdek, ASEAN a’zolari
hamda Koreya
Respublikasi, Meksika va keyinchalik Rossiya kirdi.
Yuqorida qayd etilgan regional tashkilotlar bilan bir qatorda, jahon xo‘jaligida
juda ko‘p tarmoqli iqtisodiy guruhlar mavjud. Shularning ichida 13 mamlakatni
o‘zida jamlagan «Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti» (OPEK) eng
muhim integratsiya guruhi hisoblanadi.
Keyingi vaqtda fanda iqtisodiyotning uch turi: 1) agrar; 2) industrial; 3) post-
industrial turlari mavjudligi haqida ma’lumot berilmoqda. Dunyoda sanoat ta-
raq qiyoti yuz bergan XVII–XIX asrlargacha bo‘lgan davrda iqtisodiyotning
agrar turi hukmron edi. Keyinchalik sanoat turining ahamiyati osha bordi va bu
jarayon hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Shu bilan birga, dunyo miqyosida
iqtisodiy faol aholining salkam yarmi qishloq xo‘jaligida band ekanligini esdan
chiqarmaslik lozim. Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnat bilan band aholining
deyarli 60% i qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: