Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Birinchi guruhga
sanoatning 
eski tarmoqlari
kiradi. Bularga toshko‘mir, 
temir rudasini qazib chiqarish, metallurgiya, vagonsozlik, elektrovoz-tep-
lovozsozlik, kemasozlik, to‘qimachilik kiradi. Ular barcha davlatlar va 
mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga va joylashishiga katta 
ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Ikkinchi guruhga
yangi tarmoqlar deb ataluvchi avtomobilsozlik, rangli 
metallurgiya, plastmassalar, kimyoviy tolalar, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi 
tarmoqlar kiradi. Ularning ahamiyati jahonda ancha yuqori.
Uchinchi guruhga
eng yangi tarmoqlar kiradi. Bular mikroelektronika, 
elektron hisoblash texnikasi, atom va aerokosmonavtika, optika, organik sintez 
kimyosi, mikrobiologiya va boshqa tarmoqlardir. Ularning asosiy xususiyati 
fantalab tarmoqlar ekanligidir. Bu sohalarni, odatda, 
yuqori texnologiya
tarmoqlari 
ham deyishadi va u FTI davrining hosilasi hisoblanadi.
Hozirgi davrda uchinchi guruh sanoat tarmoqlari eng tez va barqaror rivojlanish 
sur’atlariga ega bo‘lib, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya 
kabi yetuk rivojlangan mamlakatlarda ishlov beruvchi sanoat yalpi mahsulotning 
35 – 40% ini bermoqda. Mazkur guruh sanoat tarmoqlarining yana bir xususiyati 
ularning, asosan, iqtisodiy rivojlangan va yangi industrlashgan davlatlarda 
rivojlanganligidir. Shu sababli ularning jahon sanoati geografiyasiga ta’siri 
to‘xtovsiz ortib bormoqda. Shu bilan birga, sanoat umuman ancha murakkab 
tarkibga ega.
Yoqilg‘i-energetika sanoati turli yoqilg‘i (neft, gaz, ko‘mir va boshqalar) va 
elektr energetika (issiqlik, gidro, atom elektr energetikasi) tarmoqlarini o‘zida 
birlashtiradi.
Birlamchi energiya resurslari (neft, gaz, ko‘mir, yonuvchi slanes, torf va 
boshqalar)ning jahonda ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmi doimo o‘sib 
bormoqda.
Tarmoqning muhim xususiyatlaridan biri mahsulotlarni ishlab chiqarish va 
iste’mol qilish geografiyasi o‘rtasidagi farqning kattaligidir. Buning isboti sifatida 
raqamlarga murojaat qilaylik. Aholisi 314 mln. kishi bo‘lgan AQSH jahonning 
barcha turdagi birlamchi energiya resurslarining 1/4 qismini iste’mol qilgan 


64
holda, aholisi 3 mlrd. kishidan ziyod rivojlanayotgan mamlakatlar birgalikda 
ana shuncha energiya vositalaridan foydalanmoqda, xolos. Agar jahonda har 
bir kishiga yiliga o‘rtacha 2 tonna shartli yoqilg‘i to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu 
ko‘rsatkich AQSH da 10 tonnaga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 0,7 tonnaga 
to‘g‘ri keladi.
11- j a d v a l

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish