Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Savol va topshiriqlar
1. Geografik mehnat taqsimoti nima? Unga xos xususiyatlar to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti nimani anglatadi?
3. Jahon xo‘jaligining asosiy markazlari to‘g‘risida so‘zlab bering.
4. Xalqaro iqtisodiy integratsiya nima? Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar haqida so‘zlab 
bering.
15-§. mamlakatlarda xo‘jalikning hududiy tuzilishiga 
fan-texnika inqilobining ta’siri
Tayanch iboralar
Hudud omili, iqtisodiy-geografik o‘rin omili, tabiiy resurs omili, transport omili
mehnat resurslari omili, fantalab omil, ekologik omil.
FTI ning xo‘jalikning hududiy tarkibiga bo‘lgan ta’siri ishlab chiqarish 
kuchlarini joylashtirish omillari orqali amalga oshmoqda. Ular quyidagilardan 
iborat:
hudud omili
. Hudud jamiyat faoliyati amalga oshiradigan geografik mu-
hitning muhim omillaridan biridir. Hudud qanchalik katta bo‘lsa, u xilma-xil 
tabiiy resurslarga shuncha boy bo‘ladi. Bu esa aholi va ishlab chiqarishni oqilona 
joylashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Rossiya, Kanada, AQSH, Xitoy, Avstraliya, Braziliya, Hindiston hududi 
katta mamlakatlar hisoblanadi. Mazkur mamlakatlar hududi ayrim yirik qismlar: 
iqtisodiy rayonlar, makroregionlar, regionlarga bo‘linadi. Va, aksincha, ko‘pchilik 
kichik mamlakatlarda hududning yetishmasligi katta va murakkab muammoni 
keltirib chiqarmoqda. Ayrim hollarda xo‘jalikning hududiy tarkibiga uning shakli 
va boshqa hududiy jihatlari katta ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy-geografik o‘rin omili.
Umumiy tarzda iqtisodiy-geografik o‘rin – 
bu biror-bir joy, shahar, mamlakat yoki regionning undan tashqarida joylashgan 
hamda qandaydir iqtisodiy ahamiyat kasb etuvchi tabiiy yoki inson mehnati 
faoliyati natijasida barpo qilingan obyekt yoki obyektlarga nisbatan munosabatidir. 
Iqtisodiy-geografik o‘rin vaqt davomida o‘zgarib turuvchi tarixiy kategoriyadir.
Iqtisodiy-geografik o‘rin, asosan, umumiy integral munosabat bo‘lib, u:
a) 
markaziy
; b) 
ichkarida joylashgan
; d) 
qo‘shni hududda joylashgan
; e) 
dengiz 
sohilida joylashgan
o‘rinlarga bo‘linadi.
Markaziy iqtisodiy-geografik o‘rin, odatda, juda ko‘p qulayliklar bilan 
ajralib turadi. Markaziy o‘rin davlatlarning poytaxtlari uchun muhim taraqqiyot 


59
va samarali boshqarish omili hisoblanadi. Shuning uchun ham ko‘pchilik olim 
va mutaxassislar mamlakatlar va regionlarning geografik markazini aniqlashga 
intilganlar.
Biron-bir hududning ichkarisida (chetida) joylashgan obyektning iqti sodiy-
geografik o‘rni, ko‘pincha, noqulay deb baholanadi. 
Biron-bir mamlakatning boshqa qo‘shni mamlakatga nisbatan aniqlangan 
iqtisodiy-geografik o‘rni barqaror siyosiy vaziyat mavjud bo‘lgan sharoitda 
xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining chuqurlashishi nuqtayi nazaridan ijobiy 
baholanadi. Shunday vaziyat G‘arbiy Yevropada mavjud. Lekin Afrika, Lotin 
Amerikasi, Osiyodagi qator regionlarda qo‘shnichilik munosabatlari, ko‘pincha, 
urush, o‘zaro kelishmovchiliklar bilan belgilanmoqda (sobiq Yugoslaviya, 
O‘rta va Janubiy Osiyo, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Markaziy va Sharqiy Afrika va 
boshqalar).
Dengiz sohilida joylashgan mamlakatlarning iqtisodiy-geografik o‘rni deyarli 
har doim iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning muhim omili hisoblangan (Gretsiya, 
Italiya, Rim, Venetsiya, Genuya, Ispaniya, Portugaliya, Nider landiya, Buyuk 
Britaniya va hokazo). Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda dunyoda mavjud 
barcha yirik va katta shaharlarning 40 % i dengiz sohilidan 50 kilometrgacha 
cho‘zilgan hududda joylashgan.
Aholisining soni 5 mln. va undan ortiq bo‘lgan 55 ta shahardan faqat 14 tasi 
(Chikago, Parij, Moskva, Mexiko, Dehli, London, Pekin, Bogota, Uxan, Qohira, 
Tehron, Madrid, Guyyan, Detroyt) materik ichkarisida, qolgani dengiz sohilida 
joylashgan.
Iqtisodiy-geografik o‘rni obyektning transport-geografik o‘rni, sanoat-
geografik o‘rni, agrogeografik o‘rni, tashqi bozorga nisbatan geografik o‘rni 
va boshqalar asosida aniqlanadi. Iqtisodiy-geografik o‘rin uch bosqichda: 
mikrogeografik o‘rin, mezogeografik o‘rin, makrogeografik o‘rinni aniqlash yo‘li 
bilan baholanadi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish