Aholi bu – ma’lum hududda yashovchi va uzluksiz tabiiy ko’payish orqali yangilanib boradigan odamlar to’plami.
Aholi statistikasining birinchi va muhim vazifalaridan biri bu aholi sonini aniqlash va uning hududlar, yashash joylari bo’yicha joylashishini o’rganishdir. Aholi sonini aniqlashda aholi ro’yxati boshlang’ich manba hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida O’zbekistonda 1926, 1939, 1959, 1970 va 1989 yilda aholi ro’yxati o’tkazilgan.
Aholi soni va tarkibi statitikasi
Aholi ro’yxatining natijalari ma’lum bir sanaga va aniq bir momentga aholi soni to’g’risida ma’lumot beradi. Aholi ro’yxati o’tkaziladigan davrlar oralig’ida so’nggi aholi ro’yxatiga va aholi tabiiy hamda mexanik xarakatiga asoslanib, hisob yo’li bilan aniqlanadi:
bu erda: A0 - aholining yil boshidagi soni; Atug ' - joriy yilda tug’ilganlar soni; Ao'l - joriy yilda o’lganlar soni; Akel - joriy yilda kelganlar soni; Aket - joriy yilda ketganlar soni.
Aholi soni aniqlanayotganda ikki xil kategoriyadagi aholi soni hisobga olinadi: Doimiy aholi – bu hisob o’tkazilayotgan vaqtda mazkur hudda bo’lish, bo’lmasligidan qat’iy nazar istiqomat qiluvchilar soni.
Aholi soni aniqlanayotganda ikki xil kategoriyadagi aholi soni hisobga olinadi: Doimiy aholi – bu hisob o’tkazilayotgan vaqtda mazkur hudda bo’lish, bo’lmasligidan qat’iy nazar istiqomat qiluvchilar soni.
Mavjud aholi – mazkur hududda doimiy istiqomat qilish yoki qilmasligidan qat’iy nazar hisob o’tkazilayotgan vaqtda hududda mavjud bo’lgan aholi.
DA – doimiy aholi soni: MA – mavjud aholi soni; VY – vaqtincha yo’q bo’lgan aholi soni; VYa – vaqtincha yashayotgan aholi soni.
Aholining o’rtacha sonini aniqlashda turlicha metodlardan foydalanish mumkin.
1. Agar aholi soni faqatgina yilning boshi va oxirida keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni oddiy arifmetik formula yordamida hisoblanadi:
2. Agar aholi soni bir yilichidagi oylar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi