Agrokimyoning ekologik muommolari


O’simlik maxsulotlarida nitratlarning ruxsat etilgan eng yuqori konsentrasiyasi



Download 0,99 Mb.
bet36/38
Sana01.03.2022
Hajmi0,99 Mb.
#476328
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
маъруза матни

O’simlik maxsulotlarida nitratlarning ruxsat etilgan eng yuqori konsentrasiyasi.

Ekin (hosilning tovar qismi)

Namuna soni, dona

Hosilning tovar qismidagi nitrat miqdori, mg/kg NO3

Ruxsat etilgan eng yuqori eng yuqori konsentrasiya mg/kg NO3

Tomat

655

85

60

Kartoshka

900

78

80

Sabzi

507

209

300

Xuraki lavlagi

199

1246

1400

Piyoz

928

379

400

Bodring (yopiq grunt)

7205

283

150

Karam (oqbosh)

1263

892

300

Tarvo’z

615

65

45

Qovun

594

125

45



Har xil o’simlik turi va organlarida nitratlar miqdoring tipik tebranishi

O’simlik turi, organ

Nitratlar, mg/kg NO3 hul massasida

O’rug’, don

1

Sabzavot mevasida, tomat

20-100

Bodring

20-300

Loviya

80-822

Ildiz va tuganak mevalilar, kolrabi

205-1685

Kartoshka

10-150

Sabzi

30-800

Turp

261-2300

Turneps

250-2300

Bargli sabzavotlar boshli kasalat

312-3520

Ismaloq

349-3890

Kolrabi

232-4430

Sabzi

96-4730

Raps

60-4200

Organik o’g’itlar tuproq va o’simlikka kompleks ta’sir ko’rsatadi. Ular tuproq unumdorligining asosiy faktori bo’lgan gumus manbai hisoblanadi. Va tuproqning unumdorligi, fizik-kimyoviy, agrofizik va biologik hoskasalariga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Makro va mdiroelementlar, karbonat angidrit manbai sifatida go’ng dehqonchilikda biogen elementlar balansini yaxshilaydi, qishloq xo’jalik ekinlari maxsuldorligini oshdiradi va sifatini yaxshilaydi.
Suyuq go’ngni ruxsat etilgan eng eqori chegarasini bilish yoki aniqlash juda muhim. Bu me’yor tuproq hossasi va unumdorligi, go’ngning kimyoviy xossasi va unumdoriligi ekinlar bilan oziq elementlarning olib chiqib ketilishgiga va boshqa faktorlarga bog’liq. Agar o’simliklar o’g’itlar bilan tushadigan oziq elementlardan kam miqdorda ularni olib chiqib ketsa, unda oziq moddalar tuproqdan ko’p miqdorda yuviladi va sizot suvlarini ifloslantiradi. Bundan tashqari tuzlarning yuqori konsentrasiyasi, ayniqsa suv tanqis va qirg’oqchil yillari ekinlar hosildorligini kamaytiradi. Chip-podzol tuproqda makkajo’xori ekinida tushamasiz go’ng tarkibida 5 xil 160; 320; 480; 640 va 800 kg/ga miqdorda azot bo’lgan dozalarda o’rganiladi. Birinchi va ikkinchi dozalar makkajo’xori yashil massa hosilini yuqori darajada oshirdli. Lekin keyingi dozalari hlsilni ishonarli ortishini taminlamadi va iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamada. Shu bilan birga yem-hashak sifatini nitratlar miqdorini keskin oshirish hisobiga pasaytirdi(Miniyev, Vasilyev, 1976). Ko’p adabiyotlar asosida shu narsa ma’lum bo’ldiki har yili qo’llaniladigan go’ngning o’rtacha yillik dozasi bir ga yerga 200 kg azot ekvivalentidan oshmasligi kerak. AQShning makkajo’xori pochsida go’ngni shunday dozada qo’llash tavsiya etiladiki bunda bir ga yerga har yili 112 kg/ga azot tushadi. (Zvehr1994). AQShning Illinoys shtatida suyuq go’ngning eng yuqori dozasi 50-70 t/ga suyuq cho’chqa gungi dozasi 25-37 t/ga tovuq axlati 10-20 t/ga bo’lishi qabul qilingan. So’g’orish suvlari bilan suyuq go’ng qo’llanilganda sug’orishning mumkin bo’lgan eng yuqori normasini to’g’ri aniqlash kerak. Bo’nda turoq keragidan ko’p namlanib ketmasligi, yer betida suv oqimi bo’lmasligi, suvlarning go’ng bilan ifloslanishi yoki nitratlarni suv bilan sizot suvlarigacha yuvilib borishi ro’y burmasligi kerak. Sug’orishning optimal me’yori 50 mm hisoblanadi. Tushamasiz go’ngni qo’llashning optimal muddati katta amaliy ahamiyatga ega, kum va kumloq tuproqlardan boshqa barcha tuproqlarda tushamasiz go’ng kuzda qo’llaniladi. Ortiqcha namlanadigan tuproqlarda ham suyuq go’ng buhorda berilishi kerak. Ohirgi yillarda oqova suvlar chukmasi va maishiy chiqindilar kompost sifatida dehqonchilikda keng ishlatilmoqda, lekin bu o’g’itlar nitratlar va toksik elementlarning ortikcha miqdori bo’planishi hisobiga qishloq xo’jalik maxsulotlarinng sifatini sezilarli pasaytirishi mumkin. Ularning barchasi qishloq xo’jalagida ishlatish nuqtai nazardan jiddiy kamchiliklarga ega, chunki ular kimyoviy tarkibini xilma-xilligi bilan farqlanadi. Ko’pincha ularda toksik elementlarning miqdori mikroorganizmlar ancha yuqori bo’ladi. Ular inson va hayvonlar uchun ma’lum bir xavf tug’diradi. Shuning usun oqova suvlar chukindisi va boshqa chiqindilarni yuqori dozada qo’llash sizot suvlarida nitratlar miqdorini ortishiga, tuproq xossalarini yomonlashtiradigan, unumdorligini pasaytiradigan balasit jumladan toksik elementlar to’planishiga olib keladi. Buning oqibatida qishloq xo’jalik ekinlari maxsuldorligi va sifati pasayadi. Shuning uchun ular qo’llanilishi ustidan nazorat o’rnatilishi kerak. Shahar oqova suvlari chukmasiga mineral o’g’itlar kabi umumiy baho berilmasligi kerak, chunki ularning kimyoviy tarkibi bir xil emas, balki keskin o’zgarib turadi. Ular ketma-ket surunkali qo’llanilganda tuproqqa toksik elementlar miqdorini oshirib yuboradi. Bunda tuproqda toksik kimyoviy elementlar akkumiliyasiyalanadi. Bu tuproq unumdorligi, mikrobiologik aktivligi, hamda o’simliklarning o’sish va rivojlanishiga, og’ir metallar miqdori oshishi hisobiga o’simlik maxsuloti sifatiga salbiy ta’sir qiladi. O’simliklarga ttoksik elementlar o’tishi va ularni o’simlik xo’jalik foydali qismida ruxsat etilgan eng yuqori konsentrasiyagacha tuplanish imkoniyatlarini bilash kerak. Daryo suvidagiga nisbatan kimyo kombinati oqova suv tarkibida nitratlar birikmalari 5,3 marta ammiakli azot miqdori 10 marta, sulfatlar 4,6 marta, xloridlar 5,4 marta, natriy ioni 2,8 marta ko’p. Odatdagi suv bilan sug’orilgan makkjo’xori donidagiga nisbatan ushbu suvlar bilan sug’orilgan makkajo’xori doni tarkibida nitratlar miqdori 1,3 marta ko’p bo’ladi. Shuning uchun suyultirilmagan kimyoviy kombinat oqova suvlari bilan sug’orish mumkin emas.
Oqova suvlar chukmasi va tuproqda og’ir metallarning ruxsat etilgan maksimal miqdori mg/kg quruq modda hisobida.

Metall

Oqova suv chukmasi

Tuproq

Qo’rg’oshin

1200

100

Kadmiy

20

3

Xrom

1200

100

Mis

1200

100

Nikel

1200

100

Simob

25

2

Rux

3000

300

AQShda dala tajribasi o’tkazilib unda soya ekinida kompostlangan oo’ova suv chukindisi 25, 50, 100, 200 t/ga dozada o’rganildi. Bundan tashqari 50 t/ga OSCh dagi og’ir metallar miqdoriga ekvivalent bo’lgan rux, mis, qo’rg’oshin, kadmiy, xrom tuzlari alohida. qo’llanildi .Oqova suvlari cho’kindisini (OSCh) qo’llash soya xosili va o’simlikda azot miqdoriga kam ta’sir etadi. Bunda o’simlik ildizidagi tuganaklar massasi oqova suvlar cho’kindisi (OSCh) dozasi ortishi bilan kamaydi.O’simlikdagi makro va mikro elementlar konsentrasiyasi o’zgardi, lekin bu o’simlik doni va vegetativ qismida turlicha amalga oshadi. Agar kadmiyning umumiy yutilishi nazoratga nisbatan 113 % ga ortgan bo’lsa ,donda kaliyning to’planishi 33% ga ko’payadi.Soya tamonidan xromning umumiy yutilishi nazoratga nisbatan 25 ga ortadi,lekin donda xromning to’planishi o’zgarmadi. Bu tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatdiki,kadmiy va xromning ko’p qismi vegetativ organlarda,ya’ni soya bargi,poyasi,novochog’ida bo’ladi.Kadmiy soya bargida rux to’planishini kuchaytiradi,mis esa rux va kadmiyni o’simlikdagi konsentrasiyasini kamaytiradi.


Shunday qilib OSCh,turli xil sanoat va maishiy chiqindilarni o’g’it sifatida ishlatish,ayniqsa almashlab ekishda muntazam yuqori dozada qo’llash ular kimyoviy tarkibini,doimiy agrokimyoviy,sanitar-gigiyenik nazorat qilishini,tuproqda toksik elementlarni to’planishi va ularni o’simlikka yutilishini tekshirib turishni talab etadi.
O’simliklar uchun elementlar konsentrasiyasining toksiklik darajasi bo’yicha quyidagi gradasiyalar taklif etilgan.

  1. Tolerant konsentrasiya-o’simlik organzimida biokimyoviy jarayonlarning normal borishi uchun kerak bo’ladigan optimal diapozondan yuqori darajadagi element konsentrasiyasi,lekin bu konsentrasiya o’simlikka salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

  2. Yosh nihol,o’simlik va vegetativ va reproduktiv organlari (donli ekinlar doni va somoni) hosilini kamaytiradigan konsentrasiya normal ko’rsatishlarga nisbatan foiz xisobida beriladi.

  3. Letal konsentrasiya-bunda umumiy o’simlik soniga nisbatan nobut bo’lganlari foiz xisobida.

  4. Yem-xashak va oziq ovqat mahsulotlarida ruxsat etilgan eng yuqori konsentrasiyadan ko’p miqdorda o’simlikda to’planishiga olib keladigan elementning tuproqdagi konsentrasiyasi.

O’simlikka qo’rg’oshinni o’tishini o’simlik yer ustki qismida uning to’planishini pasaytiradigan asosiy faktorlar bu tuproqda gumusning yuqori miqdori, rN ni ortishi,singdirish sig’imini yuqori bo’lishi,harakatchan fosfor miqdori yuqori bo’lishi,nordon tuproqlarni oxaklash hisoblanadi



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish