Tuproq eroziyasi va o’g’itlarning isrof bo’lishi
Oziq moddalarning tuproqdan mosuvo bo’lishida suv va shamol eroziyalarining ta’siri katta. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda agrotexnikaviy tadbirlarga tula amal kilmaslik tuproq, eroziyasini yuzaga keltiradi, qaysiki faqat tuproq tarkibidagi emas, balki o’g’it bilan kiritilgandan oziq moddalarning ham asosiy qismini yuqolishiga olib keladi.
Suv eroziyasi natijasida hosil bo’ladigan jarlarning o’zi yiliga 200—300 ga unumli ekinzorlarni kishlok xo’jalik o’ramidan chikaradi. Jarlarga nisbatan tuproqlarning yuza yuvilishi keng tarqalgan bo’lib, uning ta’sirida tuproq unumdorligi keskin pasayadi, ekinzorlar zararlanadi, hosilning 10—70% nobud bo’ladi.
Yuza va chiziqsimon eroziya natijasida har ga maydondan 10—30 t gumusli qatlam yuviladi (jalalar chog’ida bu kursatgich 75—120 t/ga ni tashkil qiladi). Yuvilgan tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliy miqdori juda katta raqamlarni tashkil qiladi.
Shamol eroziyasi yetkazadigan zarar suv eroziyasidan qolishmaydi. Deflyasiya natijasida bug’doy va sorgo hosili gektariga mos ravishda 2,7 va 3,1 s/ga kamayadi.
Tuproqda o’g’it kiritish oziq moddalarni yanada ko’proq yuvilishiga sabab bo’ladi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, o’g’it kiritilmagan paykaldagi raygras ostidan 3 kg/ga azot yuvilgan bo’lsa, gektariga 200—300 kg azotli o’g’it ishlatilganda, bu kursatkich 2,5—3,0 marta ko’payadi.
Tuproqdagi kaliyning yuvilishiga paykalning o’simlik bilan band yoki band emasligi kuchli ta’sir kursatadi. Chunonchi, shudgor qilib tashlab qo’yilgan maydonning bir gektaridan 160 kg kaliy yuvilsa, ko’p yillik o’tlar bilan band paykaldan atigi 3,0 kg kaliy yuviladi.
O’g’itlarning xossa va sifatlarini yaxshilash — ekologik muammolarni yechishda muhim tadbir
Mineral o’g’itlarning agrokimyoviy, fizikaviy va mexanikaviy xossalaridagi nomukammallik salbiy oqibatlarga olib keladi.. Masalan, o’g’itlar (ayniqsa, mochevina) tuproqda yuza kiritilsa, isrofgarchilik oshadi. Hindiston va Fransiyada amalga oshirilgan tajribalarda rN va tuproq haroratining kutarilishi o’g’itlar nobudgarchiligining oshishiga sabab bo’lishi aniqlangan.
Ma’lumki, azotli o’g’itlar tarkibidagi nitratlar juda harakatchan bo’lib, yuvilishga moyildir. Lekin azotning barcha shakllari oxir-oqibat nitrat shaklga o’tadi. Mazkur jarayon ayrim omillar ta’sirida tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin. Jarayonni sekinlatishning asosiy yullaridan biri o’g’itlarni nitrifikasiya ingibitorlari(N-Serve, Extend, Am, ATG, nitropirin va boshqalar) bilan qo’llashdir. Tadkiqotlarning natijalariga ko’ra ingibitorlar ta’sirida o’g’itlar tarkibidagi azotning foydalanish koeffisiyenti 10—15% ga oshadi, isrof bo’lishi esa 1,5—2,0 marta kamayadi.
N-Serve ingibitoridan foydalanishda paxtadan 3,2, kartoshkadan 34,0, kuzgi bug’doydan 1,7 s/ga qo’shimcha hosil olingan.
Tuproqqa azotli o’g’itlar me’yoridan ortiq kiritilsa, ingibitorlarning ta’siri kamayadi yoki umuman yuqoladi.
Zamonaviy agrokimyo oldida turgan asosiy muammolardan biri sekin ta’sir etuvchi azotli o’g’itlardan foydalanishdir. Lekin bu masalada mutaxassislar yakdil fikrga kelmaganlar. Masalan, inglizlar bunday o’g’itlar ishlatilganda, tuproqning azot rejimi boshqarish mushkullashadi, shu bois ingibitorli o’g’itlar istiqbolsiz deb hisoblasalar, Germaniyada bu borada jiddiy tadkiqotlar amalga oshirilmokda. Sekin ta’sir etishni ta’minlash uchun o’g’itlar kapsula qilinadi, kapron, polietilen, parafin yoki elementar oltingugurt bilan qoplanadi, qaysiki ular oziq moddalarni o’simliklar tomonidan uzoq muddat o’zlashtirilishiga sabab bo’ladi. AQSh da o’tkazilgan tadqiqotlar asosida kapsulalangan o’g’itlardan kaliyning yo’qolishi kapsula qilinmagan o’g’itlarga nisbatan 86% kam bo’lgan. Chexoslovakiyada makkajuxori kapsula qilingan o’g’itlar bilan oziqlantirilganda, o’simlikning azot, fosfor va kaliydan foydalanish koeffisiyenta 47, 19 va 50%ni tashkil qilgan .
Mineral o’g’itlar kimyoviy tarkibini yaxshilash ham ekologik muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, aksariyat o’g’itlar tarkibida ftor, xlor, natriy va boshqa ballast moddalar mavjud bo’lib, muntazam ishlatilganda, ularning tuproqdagi miqdori oshib boradi va atrof-muhitga sezilarli ta’sir qiladi. Fosforli o’g’itlar olishda xom ashyo hisoblanadigan apatit va fosforitlarni taqqoslab kursaq tarkibidagi ftor miqdori bo’yicha sezilarli farq qiladi.
O’g’it bilan tuproqda tushadigan ftor chorva mollari maxsuddorligini pasaytiradi, rivojlanishini sekin-lashtiradi, nimjon qilib kuyadi. Insonlar salomat-ligiga ham salbiy ta’sir kursatadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida ishlab chiqariladigan fosforli o’g’itlar tarkibidagi zararli elementlar miqdori bilan farqlanadi. Masalan, Avstraliya superfosfata 170 mg/kg gacha kadmiy elementni tutsa, bu elementning miqdori Xibin apatitlaridan olinadigan o’g’it tarkibida 1,5—30 mg/kg tashkil etadi. Shu bois tarkibi yaxshilangan mineral o’g’itlarni yaratish, ishlab chiqish va dehqonchilikda qo’llash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |