Agrokimyoning ekologik muommolari


O’g’itlarning tuproq, xossalariga salbiy ta’siri



Download 0,99 Mb.
bet34/38
Sana01.03.2022
Hajmi0,99 Mb.
#476328
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
маъруза матни

O’g’itlarning tuproq, xossalariga salbiy ta’siri
Tuproq biosfera zanjirining muhim xalqasi bo’lib, u kiritiladigan o’g’itlarnig murakkab ta’siriga uchraydi va qo’yidagi o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin:
1) tuproq muhitning nordonlashuvi yoki ishqoriylashishi;
2) agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalarining o’zgarishi;
3) ionlarning almashinib yutilishi yoki tuproq eritmasiga siqib chiqarilishi;
4) biogen va zaharli elementlarning yutilishi;
5) gumusning parchalanishi yoki tutshanishi;
6) tuproq va o’g’it tarkibidagi oziq, moddalarning yutilishiga kumaklashish yoki qarshilik qilish;
7) elementlar mobilizasiyasi yoki immobilizasiyasining o’zgarishi;
8) ionlar antagonizmi yoki sinergizmining namoyon bo’lishi va shu asosda o’simliklar oziqlanishiga ta’sir kursatishi.
Tuproqda ohak kiritilishi nordon tuproqlar muhitini mu’tadillashtiradi, muntazam ravishda fiziologik nordon yoki ishqoriy o’g’itlarni qo’llash tuproq muhitining o’zgarishiga sezilarli ta’sir kursatadi.
Mineral o’g’itlar tuproqdagi ayrim elementlarning holatiga kuchli ta’sir qiladi. Masalan, tuproqda fiksasiyalangan fosfor undagi ruxning harakatchanligini cheklaydi. Lekin shu bilan bir qatorda fosforli o’g’it­lar marganes, mishyaq qo’rg’oshin, vanadiy va stron­siy kabi elementlarning harakatchanligini oshiradi. Mazkur elementlarning, jumladan qo’rg’oshinning yem-hashak tarkibidagi miqdori 10—15 mg/kg dan oshib ketsa, chorva mollariga salbiy ta’sir kursatadi.
Fosforli o’g’itlar o’z tarkibida turli miqdorda rux tutadi. Avstraliyada tayyorlanadigan fosforli o’g’itlardagi rux miqdori 182—300 mg/kg ga yetadi. (Tuproqdagi rux miqdori 100—300 mg/kg dan oshsa, o’simliklarga zarar qiladi).
Avtomobil yullari, aeroportlar va yirik metal­lurgiya korxonalariga yaqin maydonlarda og’ir metallarning miqdori keskin oshadi.
Ma’lumki, har bir oziq elementi o’simlik tanasida, ma’lum funksiyani bajaradi va tabiiyki ularning tanqisligi yoki me’yoridan ko’pligi o’simlikning tashqi belgilarida namoyon bo’ladi. Lekin shu bilan bir qatorda oziq moddalar o’simliklarga bilvosita yul bilan ham ta’sir kursatadi. Tadqiqotlarning natijalariga ko’ra o’g’it tarkibidagi azot o’simliklardagi zamburug’ kasalliklarning kuchayishiga yordam beradi. Masalan, R.funiculosum zambururining faolligi azotli o’g’itlar ta’sirida kuchayadi. Ammiakli selitra vilt kasalligining jadalligiga boshqa azotli o’g’itlarga nisbatan ko’proq yordam beradi. Shuningdek ammoniy sul­fat Fusarium OphiobolusVerticullium kabi bir kator kasallik tug’diruvchilarning faolligini susaytirishi ham tadqiqotlar asosida isbotlangan.
O’simliklarning oziq elementlari bilan ta’minlanganligi va ularga zarar yetkazadigan hasharotlar soni o’rtasida ham. muayyan bog’liqlik mavjud. O’simliklar kaliy bilan yaxshi ta’minlanmagan sharoitlarda ularga hasharotlar katta zarar yetkazadi.
Tuproq hosil bo’lishi va unumdorligida mikroorga-nizmlarning roli katta. 1 g soglom va unumdor tuproq tarkibida 3 mlrd, ga yaqin mikroorganizm bo’lib, ular plazmasining massasi yarim metrli tuproq qatlamida 8—12 t/ga ni tashkil etadi. Ular ekinlarning vegeta­siya davrida 18-27 marta urchiydi. 1 ga maydonda 5—6 mln. dona yomg’ir chuvalchanggi uchraidi. Tuproqdagi tirik organizmlar turli-tuman vazifalarni bajaradi: ona jins va organik moddalarni o’z tanalaridan o’tkazadi, tuproqni yumshatadi va donadorlashtiradi, atmosferadagi molekulyar azotni fiksasiyalaydi, fiziologik faol moddalarni sintezlaydi. Lekin tuproqlarni noto’g’ri ishlash, ayniqsa, kimyoviy moddalar (mineral o’g’itlar va pestisidlar) ga haddan tashqari ruju qo’yish oqibatida tuproqdagi mikroorganizmlar soni keyingi 50 yil ichida 3 marta kamayib. 1 g tuproqda o’rtacha 0,7— 1,0 mlrd, donani tashkil etmokda.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish