Ekin turlarining tuproqdan yuviladngan azot miqdoriga ta’siri
(Shkonde, 1979)
Ekin turi
|
Tuproqda kiritilgan N me’yori, kg/ga
|
Isrof bo’lgan N miqdori, kg/ga
|
O’tloq
G’alla ekinlari Chopiqtalab ekinlar Sabzavot ekinlari
|
175
64
126
270
|
20
43
68
82
|
Amerikalik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga qaraganda, shudgorlab tashlab qo’yilgan maydonlardan ekin bilan band paykallarga nisbatan ko’proq oziq moddalar yuviladi.
Keltirilgan mulohazalardan azotning yuvilishi jadal ketadigan regionlarda dehqonchilikning o’ziga xos tizimlarini qo’llash va birinchi navbatda donli hamda ozuqabop ekinlarni almashlab ekishga jiddiy e’tibor berilishi lozim degan xulosa kelib chiqadi.
Sug’oriladigan sharoitlarda o’g’it qo’llash muammolari
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqdan ko’p miqdorda oziq moddalar isrof bo’ladi. Sug’orish tarmoqlarining nomukammalligi oqibatida oqava suvlarning aksariyati dars va boshqa suv havzalariga tashlanadi. Ular bilan birga o’g’itlar tarkibidagi oziq moddalarning bir qismi tuproqdan mosuvo bo’ladi.
Turli o’g’itlar tarkibidan yuviladigan oziq moddalar mikdori bir xil emas. Kuzatishlar asosida superfosfat tarkibidagi fosforning amalda yuvilmasligi aniqlangan bo’lsa, eng ko’p oziq moddalar ammiakli selitradan (20 mg/l NO-3 va 0,2 mg/l MN+4) yuvilishi isbotlangan. Bu ko’rsatkich ammoniy sulfat va mochevinada mos ravishda NO-3, - 3,5 va 10 mg/l; MN+4 — 1,6 va 2,7 mg/l ni tashkil qilgan.
1 ga maydondan o’rtacha 0,8-1,0 kg/ga (yengil mexanikaviy tarkibli tuproqlarda bir muncha ko’proq fosfor yuvilishi e’tirof etilgan.
Azotli o’g’itlar tarkibidagi nitrat shakldagi azot sug’orma suvlar ta’sirida oson yuviladi va atrof muhitni ifloslantiradi. Nitratlarning yuvilishi erta bahor va kech kuzda sezilarli darajada kuchayadi, Quruq iqlimli sharoitlarda sug’orishdan keyin nitratlar tuproq kapillyarlari bo’ylab yuqori ko’tariladi. Shu bois dehqonchilikda azotli o’g’itlarni kiritish muddatlari hamda ammiak shakldagi azotning nitrifikasiyalanish jadalligini bilish katta amaliy ahamiyatga ega. Azot nitratli — azotli o’g’itlar tarkibidan boshqa turdagi azotli o’g’itlarga nisbatan ko’proq yuviladi.
Suyuq holatdagi azotli o’g’itlar tuproqning yuza qatlamlariga kiritilganda, ko’p miqdorda azot yo’qoladi. Qumoq tuproqlarda suvli ammiak (NN4ON) 10—12 sm, suyultirilgan ammiak (NH3) 16 sm, chuqurlikka kiritilganda, azotning isrof bo’lishi kuzatilmaydi. Og’irmexanikaviy tarkibli tuproqlarda bu kursatkich 7—8 va 12—14 sm ni tashkil etish lozim.
Fosforli o’g’itlar qiyin eriydigan shaklda bo’lgani, kaliy tuproq singdirish kompleksi tomonidan almashinib singdirilganligi sababli o’simliklarning iddiz tizimi tarqalgan qatlamdan juda kam yuviladi.
Fosfor va kaliyning tuproqda fiksasiyalanishi juda tez (1—2 kecha-kunduz ichida) sodir bo’ladi. Bunda fosforning ko’p qismi (60—70%) kiyin o’zlashtiriladigan shaklga o’tadi. Bu jarayon birinchi navbatda o’g’itning fizikaviy holatiga bog’liq bo’lib, odatda ko’kunsimon holatdagi fosforli o’g’itlar donador o’g’itlarga nisbatan tuproq bilan ko’proq muloqotda bo’ladi va tabiiyki, tezroq qiyin o’zlashtiriladigan shaklga o’tadi.
Fosforli va kaliyli o’g’itlar ekishgacha tuproqning yuza qatlamlariga kiritilsa yoki qo’shimcha oziqlantirish sifatida qo’llanilsa ularning asosiy qismi o’simliklar tomonidan o’zlashtirilmaydi. Shu bois fosforli va kaliyli o’g’itlar yillik me’yorining 50—60 % i kuzgi shudgor ostiga kiritiladi.
Tuproqlarning mexanikaviy tarkibi, suv rejimi va o’g’it me’yoriga bog’liq ravishda 1 ga maydondan o’rtacha 1—30 kg azot 0,4—60 kg kaliy, 4—60 kg oltingugurt, 3—90 kg magniy va kam miqdorda fosfor yuviladi.
O’g’itlarni nourin qo’llash va sug’orishni noto’g’ri amalga oshirish okibatida ko’p miqdordagi nitratlar sizot suvlariga kushiladi yoki yuvilib suv havzalariga kelib tushadi, qaysiki ekologiyani buzadi. Lekin o’g’itlarni ilmiy, ilg’or agrotexnikaviy tadbirlar asosida qo’llash atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ekinlardan mul va sifatli hosil yetishtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |