6-mavzu
O’g’itlarning xossa-xususiyatlari va sifatining ekologiyaga ta’siri. O’g’itlarni qo’llashda tuproq xossalarini hisobga olish.
REJA
O’g’itlarning fizik xossalari va uni ekologiyaga ta’siri
O’g’itlarni qo’llashda tuproq xossalarini hisobga olishning ahamiyati
O’g’itlash tizimiga rioya qilish va ekologiya
Tayanch tushunchalar: O’g’it, xossa-xususiyat, fizik xossa, gigroskopiklik namlik, qovushqoqlik, sepiluvchanlik, granulametrik tarkib, granula mustahkamligi, zichliq suvda eruvchanlik, amorf, kristal, sifat, ekologiya, o’g’itlash tizimi, tuproq hossalari, mexanik tarkib, gumus miqdori, tuproq tipi, tipchasi, iqlim, o’simlik, mahsulot sifati, oziqlanish, singdirish sig’imi, kislotalik
Atrof-muhit bir-biri bilan chambarchas bog’langan tabiiy va antropogen obyekt va hodisalar majmuidan iborat bo’lib, uning asosiy kategoriyalari jumlasiga antropogenez, texnogenez, texnogen ekotizim, geosfera, biogeosfera, biogeosenoz kabilarni kiritish mumkin. Qishloq xo’jalik korxonalari, dala, yem-hashak va sabzavot ekinlarini almashlab ekish, toq tut va daraxtzorlar antropogen asosli agronomik ekotizim hisoblanadi, inson ularga meliorasiya, o’g’itlash, agrotexnikaviy tadbirlar, nav va boshqalar bilan ta’sir ko’rsatadi.
Ma’lumki, mineral o’g’itlar kimyoviy moddalar jumlasiga kirib, ma’lum darajada gigroskopiklik xususiyatiga ega. Shu bois ular maxsus nam o’tkazmaydigan kraft yoki polietilen xaltalarda saqlanishi va tashilishi lozim. Lekin ko’p hollarda mineral o’g’itlar ochiq (to’kma) usulda moslashtirilmagan avtoulov va traktor tirqamalarida tashilmoqda, ko’p miqdorda mineral o’g’itlar isrof bo’lmokda.
Hisob-kitoblarga ko’ra, tabiiy fosfatlarni qazib olish jarayonida 25-30% xom-ashyo yer ostida qolib ketadi. Fosforit rudasini birlamchi va ikkilamchi boyitish (yuvish, maydalash, flotasiya qilish) jarayonida qazib olingan xom-ashyoning 30% ga yaqini isrof bo’ladi. Tabiiy fosfatlardan superfosfat, fosfat kislota va konsentrlangan o’g’itlar olish jarayonida yana 5-6% fosfor yo’qoladi. Tayyor o’g’itlarni tashish, saqlash va tuproqda kiritishdagi isrofgarchilik taxminan 10-15% ni tashkil qiladi.
Temir yo’l stansiyalarida o’g’itlar nobudgarchiligi o’rtacha 0,13-3,6% ga teng bo’lib, bu kattalik o’g’itlar qoplab tashilganda 1,0-2,6%ni, to’kma usulda esa 1,98- 3,6% ni tashkil etadi.
O’g’itlarning isrof bo’lishi ularni saqlash usuli bilan uzviy bog’liqdir. Maxsus o’g’it omborlarida bu kattalik 2,55% ni tashkil etsa, ochiq-sochiq holatda saqlanganda 11,1% gacha yetadi.
O’g’itlar vagondan to’g’ridan-to’g’ri omborga tushirilsa, nobudgarchilik «vagon-avtoulov-ombor» zanjiridagiga nisbatan 2-2,5 marta kamayadi.
Yuklash, tashish va tushirish jarayonlarida o’g’itlarni segregasiyasi oshadi, paykalga bir tekis taqsimlanmaydi va samaradorligi pasayadi.
O’g’it sochish moslamalarini to’g’ri sozlash o’g’itlar isrofgarchiligini kamaytirishda muhim o’rin tutadi. O’g’it sochishdagi notekislik 20-25% dan oshganda ko’chat qalinligidagi bir tekislik buziladi, bug’doy hosilining pishib yetilishi 3-6 kunga kechikadi, shoxlanishi sust kechadi, donning bo’liqligi pasayadi.
Almashlab ekishni tashkil etish va to’g’ri joriy qilish o’g’itlar isrofgarchiligini oddini olishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bunda paykallarni ekin bilan band bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nishonlagan ionlar (15M) bilan o’tkazilgan tadqiqotlar asosida tuproqdan gaz holatda mosuvo bo’ladigan azotning 10% ga yaqini ekin ekilmagan va o’g’it yuza kiritilgan paykallarga to’g’ri kelishi, ekinlar bilan band bo’lgan maydonlarda bu ko’rsatkich 0,5% ni tashkil qilishi aniqlangan.
Turli qishloq xo’jalik ekinlari tuproqdan oziq moddalarni yuvilishiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bu masalada asosiy ekin turlarini quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: sabzavotlar > ildiz mevalar > don ekinlari >o’t o’simliklari ( -jadval).
-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |