Sideratlarning tuproqdagi oziq moddalar tarkibiga ta’siri. Yozgi va kuzgi muddatlarda siderat ekin qilib gorox+moyli turp yoki gorox+arpa bilan aralash va gorox sof holda eqilgan da gumus miqdorini eng yuqori (1,13-1,16%) bo’lishini ta’minladi. Siderat ekinlar aralash holda eqilgan da S:N nisbati qulay bo’lib, o’simlik massasining gumifikasiyalanishi ortdi.
Kuzgi va yozgi muddatlarda siderat ekin qilib gorox sof holda eqilgan da N-NO3 (18,8-23,56 mg/kg) miqdori eng yuqori, nisbatan ko’p (13,8-18,26 mg/kg) to’planishi siderat ekin qilib gorox+moyli turp eqilgan da kuzatildi. Tuproq tarkibida harakatchan fosforni eng ko’p (35,4-38,4 mg/kg) to’planishi yozgi va kuzgi muddatlarda raps sof holda, gorox+moyli turp eqilgan da qayd etildi. Kuzgi sideratlar harakatchan fosfor miqdorini sezilarli o’zgartirdi. Sideratlar ta’sirida N-NO3 ni ko’payishi harakatchan fosfor miqdorini oshirdi. Harakatchan kaliy miqdori siderat ekin qilib raps va gorox+moyli turp eqilgan da (312,5-319,6 mg/kg) eng yuqori bo’ldi.
Siderat ekinlarning kartoshka navlar o’sishi, rivojlanishi,
hosildorligi va urug’lik sifatiga ta’siri
Fenologik Kuzatish. Yozgi siderat variantlarida o’rganilgan kartoshka navlar unib chiqishi ekilgach 11-19 kunlari kuzatilib, urug’lik tuganaklarda dala unuvchanlik 98,3-99,8% ni tashkil etdi. Nazoratga nisbatan siderat variantlarida navlar bo’yicha urug’lik tuganaklarning dala unuvchanligi 1,6-2,5% yuqori, unib chiqishi 3-6 kun, shonalash 3-5, gullash 1-5 kun oldin Kuzatilib, o’suv davri 3-8 kunga uzaydi. O’rganilgan kartoshka navlari bo’yicha eng yuqori dala unuvchanlik (99,8-99,9%), unib chiqish (5 kun oldin), shonalash va gullash (4-5 kunga ziyod) hamda o’suv davrining davomiyligi (6-8 kunga o’zun) siderat sifatida gorox qo’llanilganda, siderat uchun gorox+moyli turp eqilgan da nazoratga nisbatan dala unuvchanlik 2,5-2,9% ga, unib chiqish 3-4 kun oldin, shonalash va gullash 3-5, o’suv davri 6-7 kunga o’zayganligi aniqlandi.
Kuzgi sideratlarda kartoshka o’rtatezpishar Sante va Kondor navlari o’rganilganda ham eng yuqori ko’rsatkichlar siderat sifatida gorox eqilgan da qayd etilib, nazoratga nisbatan urug’lik tuganaklarda dala unuvchanlik 2,3% ga, unib chiqish 3 kun oldin, shonalash va gullash 2-5, o’suv davri 2-6 kunga o’zayishi, nisbatan yuqori dala unuvchanliq unib chiqish, shonalash, gullash va o’suv davrining uzayishi siderat sifatida gorox+moyli turp, gorox+arpa eqilgan da qayd etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |