Agrokimyoning ekologik muommolari


Qishloq xo’jalik ekinlaridan mineral o’g’itlar



Download 0,99 Mb.
bet33/38
Sana01.03.2022
Hajmi0,99 Mb.
#476328
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
маъруза матни

Qishloq xo’jalik ekinlaridan mineral o’g’itlar
hisobiga olinadigan qo’shimcha hosil, t/ga (M. P. Petuxov va b.,1979)



Ekin turi

Qo’shimcha hosil, t/ga

Ekin turi

Qo’shimcha hosil,t/ga

Don

1-1,3

Meva-cheva

1,7-2,0

Paxta(xom ashyo)

0,6-0,8

Qandlavlagi

6,5-7,0

Kartoshka

5-7,5

O’zum

3,0-3,2

Sabzavot va poliz

10-12

Hashaki ildiz mevalilar

6-8,0

Respublikamizning sug’oriladigan maydonlarida o’g’itlar samaradorligi yaqqol ko’zga tashlanadi. 1932 yilda paxta hosildorligi 7-8 s/ga dan oshmagan bo’lsa, xozirgi kunda, gektariga 11-12 s mineral o’g’itlar ishlatish hisobiga bu ko’rsatkich 25-28 s/ga ni tashkil etadi
( -jadval).


O’zbekistonda mineral o’g’itlardan foydalanish
ko’rsatkichlari (Respublika loyixa-qidiruv agrokimyo, 1998)



Yillar

Paxta hosili,



Azotli


o’g’itlar



Fosforli


o’g’itlar

Kaliyli


o’g’itlar






s/ga

jami,
t

g’o’zaga,
kg/ga



Jami,
T

g’o’zaga,
kg/ga

Jami,
T

g’o’zaga,
kg/ga

1985

27,0

680,13

242,0

300,03

101,0

185,07

69,0

1988

26,2

743,44

247,0

442,3

132,0

220,21

73,0

1992

24,8

580,3

233,0

329,08

121,0

109,5

50,0

1997

22,6

661,8

234,0

192.7

71,0

95,7

42,0

Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi(ba’zi hollarda 60-70 % i) mineral o’g’itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o’g’it qo’llash bilan bog’liq 1 so’mlik sarf-harajat 2-3 so’m bo’lib hosil bilan qaytadi, g’o’zani o’g’itlashda esa bu ko’rsatkich 8-9 so’mni tashkil etadi.


O’g’itlardan olinadigan iqtisodiy samara tuproq-iqlim sharoitlari, o’g’itlarni me’yori, muddati va yuksak agrotexnika tadbirlari asosida qo’llash bilan uzviy bog’liq.
1980 yilda dunyo bo’yicha 111,7 mln t mineral o’g’it ishlatilgan bo’lsa, XXI asrning boshlariga kelib, xalqaro amaliy tizimli tahlil instituti (IIASA) hisobi bo’yicha 287 mln t ga, BMT qoshidagi Sanoat taraqqiyoti tashkiloti (UNIDO) ma’lumoti bo’yicha 307 mln t mineral o’g’it tayyorlanadi. 2015-2020 yillarga kelib bu ko’rsatkichlar 2-3 marta oshadi. Xozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga 145 kg, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 23 kg mineral o’g’it to’g’ri keladi.
Qishloq xo’jaligini imkon qadar mexanizasiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirish va meliorasiyalash asosida jadal rivojlantirish Respublikamiz agrar siyosatining asosi hisoblanadi. Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab o’g’itlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, ular assortimentini yaxshilash, ‘’...qishloq xo’jaligini zarur mineral o’g’itlar, o’simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta’minlashni nafaqat tubdan o’zgartirish, balki agrokimyo qoidalariga qat’iy amal qilishda talabchanlikni oshirish, ularni qo’llash madaniyatini yuksaltirish lozim’’ligiga jiddiy e’tibor berildi.
1996 yilning 7 avgustida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ‘’Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida agrokimyo xizmati ko’rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’ gi qarori ham Dehqonchilikni kimyolashtirishni kuchaytirishda muhim qadam bo’ldi.
Xozirgi kunda Respublikamizda 5 ta o’g’it zavodi ( Chirchiq, Olmaliq, Navoiy, Samarqand, Qo’qon ) faoliyat ko’rsatmoqda. O’g’it ishlab chiqarish va ishlatishning to’xtovsiz ortib borayotganligi munosabati bilan ularning samaradorligini oshirish kimyo sanoati va qishloq xo’jaligining birinchi navbatdagi vazifasi bo’lib qoldi. O’g’it ishlab chiqarishning o’sishi, asosan, yuqori konsentrasiyali va kompleks o’g’itlar hisobiga amalga oshirilmoqda. Bunday o’g’itlar ishlab chiqarilayotgan o’g’itlar yalpi miqdorining 90% dan ortig’ini tashkil qiladi.Bu hol o’g’itlarning fizik massasini kamaytirishga, ularni tashish, saqlash va tuproqqa kiritishga sarflanadigan mehnatni tejashga imkon beradi.
Mineral o’g’itlarning fizikaviy-mexanikaviy xossalarini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Granulalangan, donalari mustahkam va bir o’lchamli o’g’itlarni saqlash va tuproqqa kiritish ma’lum afzalliklarga ega. Qishloq xo’jaligida kimyolashtirishning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga doir ( omborlar qurish, ularni mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash va boshqalar) zaruriy chora-tadbirlar qo’llanilmoqda. Bu hol o’g’itlarni zavoddan dalaga qadar bo’lgan yo’lda isrof bo’lishini keskin kamaytirish, ulardan o’z vaqtida va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Respublikamizda o’g’itlardan foydalanishni tashkil etish va nazorat qilishda Respublika loyiha-qidiruv agrokimyo stansiyasi, uning viloyatlardagi shaxobchalari va boshqa tashkilotlar katta ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Atmosfera asosan sanoat va transport chiqindilari bilan ifloslanadi. Mineral o’g’itlarning atmosfera tarkibiga ta’siri uncha kuchli bo’lmasada, baribir namoyon bo’ladi.
Tuproqda o’g’it kiritilgandan keyin ma’lum fursat o’tgach, atmosferada azot, fosfor va oltingugurt birikmalari uchraydi.
Atmosferaga azotli birikmalarning chiqshi ko’proq denitrifikasiya va azotli o’g’itlarning tuproqdagi karbonatlar bilan ta’sirlashishi natijasida sodir bo’la­di. Denitrifikasiyada asosan N2 va N2O, kamroq N0 va N02 birikmalari hosil bo’ladi.
Sobiq Ittifokda amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida o’g’itlar tarkibidagi azotning denitrifika­siya natijasida isrof bo’lishi o’rtacha 24%ni tashkil etish aniqlangan.
Denitrifikasiya jadalligi ko’proq azotli o’g’it turiga bog’liq bo’lib, selitralar tarkibidagi azot bu jarayonga nisbatan osonroq chalinadi. Shuningdek tuproqni sifatsiz ishlash, o’g’itlarni noto’g’ri qo’llash va boshqa omillar denitrifikasiya jarayonini tezlashtiradi.
Azot o’g’itlarni boshqa turdagi o’g’itlar bilan birgalikda qo’llash denitrifikasiya jadalligini kamaytiradi.
Atmosferaga mahalliy o’g’itlarni noto’g’ri qo’llash va saqlash kuchli ta’sir kursatadi. Tushamasiz go’ngni ochiq-sochiq saqlash atmosferaga ko’p miqdorda NN3 va N2ni chiqishga sabab bo’ladi. Atrof-muhit yokimsiz hid bilan tuyinadi.
Yirik shoxli qoramol va cho’chqa larning tushamasiz go’ngti noto’g’ri saqlanganda kuchli bakterial zararlanishlar yuzaga keladi. Masalan, cho’chqa xonalardan 100 m olisda, 1 m3 havo tarkibida 8263 ta mikrob mavjud bo’lib, ammiak miqdori 3—4 mg (konsentrasiyaning me’yoriy chegarasi 0,2 mg/m3), vodorod sulfid miqdori 0,112 mg (KMCh—0,008 mg/m3)ni tashkil etadi. 400 m .olisda bu raqamlar 2 marta kamayadi. cho’chqa chilik xo’jaligi tuproqdarining yuza 15—25 sm qatlami zararli bakteriyalarga juda boy. Ma’lumotlarga ko’ra, 108 ming bosh cho’chqa mavjud bo’lgan chorvachilik majmuidan soatiga 1,5 mlrd, mikrob, 159 kg ammiak 14,5 kg vodorod sulfid va 25,9 kg chang atmosferaga kutariladi. Shuning uchun ham 400—500 ming bosh parrandasi bor fermalar atrofida 2,5 km, 10 ming bosh qoramoli mavjud molxonalar atrofida 3,0 km, cho’chqaxonalar at­rofida esa 5 km lik sanitar-himoya zonalari ajratiladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish