5A111201 – O‘zbek tili va adabiyoti Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiy a ilmiy rahbar: Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Boltayev M. Samarqand 2022



Download 138,35 Kb.
bet20/42
Sana22.07.2022
Hajmi138,35 Kb.
#835667
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
Magistrlik ishining oxirgi varianti

Bob bo‘yicha xulosa
Tilshunoslik terminlarining fan doirasida tutgan o‘rni juda ham ahamiyatli va soha rivoji uchun katta hissa qo‘shuvchi omillardan biri hisoblanadi. Tilshunoslik sohasidagi o‘zgarish va rivojlanishlarni shu soha doirasiga kirib kelayotgan yangi terminlar orqali kuzatish mumkin. Lugʻatda terminlarning alifbo tartibida joylashtirilganligi lugʻatdan foydalanishda anchayin qulaylik yaratadi. Terminlarning tuzilish jihatidan qanday unsurlar asosida va qaysi tillargan kelib chiqqanligi haqida ham lugʻatda batafsil ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Terminlarning etimoni (kelib chiqishi) va ifodalagan tushunchasi atroflicha izohlangan, yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun qo‘shimcha misollar yordamida izohlangan. O‘zbek tilshunosligi sohasiga doir terminlarining bajaradigan vazifalari va ularning tuzilishi haqida lugʻat orqali yetarlicha ma’lumotga ega bo`lish mumkin.
UCHINCHI BOB
ONA TILI” DARSLIKLARIDA QO‘LLANILGAN LINGVISTIK
TERMINLAR VA ULARNING TA’LIM JARAYONIDA TUTGAN O‘RINI
III.1. 5-sinf “Ona tili” darsligida qo‘llanilgan terminlar
Xalqimiz uchun azaldan farzandini ilmli, hunarli, el koriga yaraydigan inson etib tarbiyalash eng ustuvor maqsad va vazifalardan hisoblangan. Shu sababli ham ajdodlarimiz ularni o‘qitishga alohida ahamiyat qaratganlar va bu borada amaliyotda o‘ziga xos metodlardan ham unumli foydalanganlar. Har qanday davrda ham yosh avlodning bilimli bo‘lishi nafaqat ularning, balki butun bir mamlakatning kelajagini belgilab beradi desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi va bu ayni haqiqatdir. Yosh avlodning har tomonlama barkamol, yetuk farzand bo‘lishlari uchun, eng avvalo, ularni o‘z yurtiga sadoqat, ona tiliga muhabbat ruhida tarbiyalamog‘imiz darkor. O‘z tili va yurtini sevgan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi.
Millatning hayoti til bilan chambarchas bog‘liq ekanligi va bu ikki tushuncha doimo bir birini taqazo qilishi barchamizga ma’lum. Til qadimdan kishilar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv vositasi bo‘lib kelgan. Shunga ko‘ra u ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Til vositasida fikrlaymiz va boshqalarga shu fikrlarimizni yetkazamiz. Tilni xalq yaratadi va unga sayqal beradi. Yosh avlodga ona tilini o‘qitish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatishda o‘qituvchi-murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan ona tilimizga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Aynan shu kundan boshlab jamiyatimizda ona tilimizning obro‘-e’tibori yanada yuksaldi. Tilimizga davlat tili maqomi berilgandan so‘ng barcha davlat ishlari, ish yuritish hujjatlari, majlislar o‘zbek tilida olib boriladigan bo‘ldi.
Mustaqillik tufayli esa bu ish yanada jadallashdi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng milliy qadryatlarimizni, tariximizni o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi va keng imkoniyatlar yartildi. O‘zbek tilining xalqaro nufuzini ko‘tarish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Shu munosabat bilan dastlab maktablarda ona tili ta’limining sifatli olib borilishiga ahamiyat qaratildi. Maktab darsliklari tubdan o‘zgartirilib, milliy tilimizning yuksalishi uchun dastlabki harakatlar boshlandi. Maktablarning ona tili darsliklariga milliy madaniyatimizga xos bo‘lgan misollar yordamida millatimizning, tilimizning tarixiga doir muhim ma’lumotlar kiritilib, qayta-qayta nashrdan chiqarildi. Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, yosh avlod ongida ona tilimizga bo‘lgan chuqur muhabbat va sadoqatni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
Biz tadqiqotimizning mazkur bobida 5- va 6-sinf ona tili darsliklarida keltirilgan tilshunoslik terminlarining maqsadli qo‘llanishi xususida imkonimiz doirasida so‘z yuritamiz va o‘quvchilarga ona tilini o‘qitishda yuksak samara beradigan yangi interfaol usullardan namunalar keltirib, ulardan dars jarayonida unumli foydalanish yuzasidan tavsiyalarimizni havola etamiz.
Dastlab 5-sinf ona tili darsligida keltirilgan tilshunoslik terminlariga ahamiyat qaratamiz. Darslikda keltirilgan tilshunoslik terminlaridan bir qanchasini tahlil qilishga harakat qilib ko‘ramiz.
Til. 1. Nutq tashkil etib, fikr, his-tuyg‘u, istak kabilarni ifodalashda xizmat qiladigan fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimi: kishilar orasida asosiy va eng muhim aloqa-aralashuv, fikrlashuv quroli bo‘lib xizmat qiladigan ijtimoiy hodisa. 2. Nutqning u yoki bu uslubiy belgilari bilan ajralib turuvchi turi: So‘zlashuv tili. Gazeta tili. Adabiy til [60. 105-b].
Darslikda dastlab o‘quvchi e’tiboriga Til termini keltirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga til nima ekanligi haqida ma’lumot keltirilgan va tilning inson hayotigadi ahamiyati misollar asosida, hikmatli so‘zlar misolida tushuntirilgan. Bunda endigina ona tili haqidagi umumiy ma’lumotlarga ega bo‘layotgan o‘quvchi tushunishi uchun mos bo‘lgan ta’riflar orqali izohlangan.
Til kishilar o‘tasidagi aloqa-aralashuv qurolidir. Shunga ko‘ra u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til vositasida fikrlaymiz va boshqalarga o‘zimizning fikr-mulohazalarimizni yetkazamiz. Tilni xalq yaratadi va unga sayqal beradi [ 54. 3-b].
So‘z. Leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan ko‘rinishi. O‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, obyektiv narsa-hodisalar haqidagi tushunchani, ular o‘rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatlarni ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo‘llanadigan eng kichik nutq birligi [ 60. 105-b].
So‘z termini haqida darslikda ma’lumot berilmagan, ya’ni bu termin izohi keltirilmagan. Lekin har bir “Ona tili” fani o‘qituvchilari dastlab o‘quvchilarga so‘z va uning qudrati haqida ma’lumot berib o‘tishi tabiiy hol va fikrlarini jonli misollar, ma’lumotlar yordamida tushuntirsalar, o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari sari tashlangan dadil qadam bo‘ladi. Dars jarayonoda o‘qituvchi o‘quvchilarga eng go‘zal so‘zlarga misollar keltirish vazifasini bersa, o‘quvchilarning so‘z haqidagi tushunchalari yanada boyiydi.
Ot. Predmetlik ma’nosini bildiruvchi so‘zlar turkumi va shu turkumga oid muayyan so‘z. Predmetlik grammatikada juda keng tushuncha bo‘lib, kishi (odam, inson), narsa (paxta, suv), hodisa(to‘polon, kurash) va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Otlar ma’no jihatidan va ifodalaydigan xususiyatiga ko‘ra a t o q l i o t va t u r d o sh o t, a n i q o t va m a v h u m o t, y a k k a o t va j a m l o v ch i o t kabi turlarga bo‘linadi [60. 77].
Sifat. Predmet belgisini bildiruvchi so‘zlar turkumi. Grammatikada belgi so‘zi keng tushunchali bo‘lib, u rang, maza-ta’m, hajm, xususiyat va shu kabilarni bildradi: qizil, shirin, keng, sevimli, qudratli va b. [ 60. 91-b].

Download 138,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish