Samaradorligin



Download 30,67 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi30,67 Kb.
#543517
Bog'liq
3-bob to\'liq


Erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini to’liq holda qiymat ko’rsatkichlari bilan o’lchab bo’lmaydi. CHunki ijobiy o’zgarishlar nafaqat o’sha hududda, balki qo’shni hududlarda ham sodir bo’ladi. Erkin iqtisodiy zonalar nafaqat o’z maydoniga, balki zona atrofidagi hududlarga kapital mablag’lar va xorijiy valyutalar oqimini oshirish yo’li bilan ijtimoiy-iqtisodiy samara keltiradi.
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etuvchi mamlakat uchun ushbu hudud namunaviy samara ham beradi. YA’ni milliy iqtisodiyotga yuqori malakali mehnat resurslari keladi, zamonaviy texnologiyalar, nou-xaular, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish tajribasi olib kelinadi hamda mahalliy kadrlarga o’rgatiladi. Erkin iqtisodiy zonalar marketing samarasini beradi, ya’ni zonada yaxshi ishni tashkileta olgan korxonalar (firmalar) mamlakatning qolgan korxonalari uchun ishni tashkil etishda o’rnak bo’ladi. Erkin iqtisodiy zonalarda hukumat tomonidan qo’yiladigan to’siqlarni kamaytirish yo’li ham ishlab chiqarish samaradorligiga ijobiy ta’sir qiladi. Bu esa mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonini tezlashishiga yordam beradi.
Erkin iqtisodiy zonalarlar ustunligining yana bir jihati ilg’or texnologiyalarning berilishi (tarqalish)dir. U bevosita, bilvosita va raqobat samaralarini beradi:
Bevosita samara - bu erkin iqtisodiy hududlardagi korxonalarning yangi texnologiyalar tufayli zamonaviy, raqobatbardosh, sifatli va arzon tovarlar ishlab chiqarishlaridir. yarim tayyor mahsulot yetkazib beradigan korxonalarga zamon talablariga javobberadigan buyurtmalar orqali ijobiy ta’sir qilishidir;
- raqobat samarasi – bu yangi texnologiyaga o’tgan korxonalar zona ichida va zonadan tashqaridagi firmalar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirib yuboradi , buning natijasida firmalarni ilg’or texnologiyalarni qo’llashga, yangi texnologiyalar yaratish uchun ilmiy tadqiqotlar qilishga majbur qiladi.
Erkin iqtisodiy zonalar bandlik darajasini oshirish yo’li bilan ham mamlakat iqtisodiyotiga ijtimoiy-iqtisodiy samara keltiradi.
Erkin iqtisodiy zonalarning samaradorligi, birinchi navbatda, uni barpo etish siyosatining, yani hududlar siyosatining puxta ishlab chiqilganligiga hamda bu siyosatni ketma-ketlikda, to’g’ri amalga oshira bilishga bog’liqdir. Erkin iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligi, uning faoliyatini huquqiy jihatdan sifatli ta’minlanganligiga ham bog’liq. SHuning uchun erkin iqtisodiy zonalar
faoliyati samaradorligini oshirmoqchi bo’lsak, uning talablariga javob beradigan normativ-huquqiy bazani yaratish zarurdir.
Erkin iqtisodiy zonalarning yashovchanligi va samaradorligi unda joylashtirilgan korxonalarning kritik hajmiga hamda bu korxonalarning bir-biriga hamkor bo’la olish darajasiga bog’liq. CHunki bularsiz erkin iqtisodiy zonalarning o’ziga xos iqtisodiy mexanizmi ishlab ketish imkoniga ega bo’lmaydi. Bir-biriga uncha bog’liq bo’lmagan, kam sonli korxonalar odatda, erkin iqtisodiy zonalarga yetarli samara bera olmaydi. Agar zonaga chetda joylashgan korxonalar jalb qilinsa, unda xo’jalik yuritishning 2 turi – zonal va mahalliy turlari shakllanadi, bu yesa zonani boshqarishni murakkablashtirib yuboradi.
Erkin iqtisodiy zonalar samaradorligiga ta’sir etuvchi quyidagi omillarning hisobga olinishi muhim o’rin egallaydi:
- erkin iqtisodiy zonalar uchun joy tanlashda oqilona yondashuv (tanlangan
maydonda investitsiyaviy hamkorlikni olib borish uchun ob’yektiv sharoitlarning mavjudligi);
- imtiyoz va qulayliklar tizimini yaratishda xorijiy investorlar manfaatini har tomonlama hisobga olish;
- qabul qiluvchi mamlakatda qulay investitsiya muhitini saqlash kafolatining mavjudligi;
- erkin iqtisodiy zonalar zaruriy va ishchi infratuzilmasining mavjudligi
yoki uni yaratish uchun moliyalashtirish imkonining borligi;
- zona ma’muriy boshqaruv tizimining samaraliligi va o’ta moslashuvchanligi.
Umuman olganda, jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati o’z oqibatiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Ularning samaradorligi
esa erkin iqtisodiy zonalar uchun joyni to’g’ri tanlash, yo’nalishni to’g’ri tanlash, siyosiy, iqtisodiy, geografik va boshqa turli omillarni hisobga olish, xorijdan investitsiya va texnologiyani yaxshi bilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish darajasiga bog’liq. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning samaradorligi erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan ko’zlangan aniq bir maqsad qo’yilganligi, imtiyozlar tizimi qay darajada, qay tarzda tanlanganligiga ham bog’liq. Qo’yilgan maqsadlarning ko’pligi va noaniqligi asossiz ravishda imtiyozlar faoliyatning barcha shakllariga tarqalishiga, oxir-oqibatda zona ishida hech qanday samara bermasligiga olib keladi.
Erkin iqtisodiy zonalarning shaklidan biri bo’lgan, AQSH hukumatining uy-joy va shahar rivojlanishi departamenti tomonidan boshqariladigan “tadbirkorlik zonalari”dan 357 tasining xo’jalik faoliyati tahlili quyidagilarni ko’rsatdi: ishlovchilarning 34%i ishlov berish sanoatida, 27%i chakana savdoda, 19%i xizmat ko’rsatish sohalarida, qolganlari esa moliya xizmati, qurilish, transport, kommunikatsiya va ulgurji savdo bilan band ekan. Eng ko’p ishlov berish sanoatida ish joylari yaratilgan. Zonalarning 33 foizida bandlik milliy darajasidan yuqori bo’lgan1.
Zonalarda eng yaxshi samara bergan choralar quyidagilardan iborat bo’lgan:
- iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantirish
– ijtimoiy farovonlikni o’ziga mo’ljal qilib olgan zonalarga nisbatan rag’bat va imtiyozlarning aniq bir tizimiga ega bo’lgan zonalar ancha muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan;
- davlat va mahalliy soliqlarni kamaytirish, investitsiya uchun kreditlar
berish;
- sotish, mulk, aylanma mablag’lar soliqlarini kamaytirish;
- ish joylarini kreditlash dasturlari;
- mahalliy hokimiyatning qatnashuvi va manfaatdorligi.
Tadqiqotchilar erkin iqtisodiy zonalarning samarali faoliyat yuritishi uchun quyidagilarni muxim deb xisoblashmoqda:
- tashlandiq yerlar va ishlab chiqarishmahsuldorliga, unumdorligini tiklash;
- hudud aholisi uchun juda ko’p miqdorda ish joylarini yaratish;
- ijtimoiy va xususiy sektorlar o’rtasida kooperatsiyani rivojlantirish.
Samarasiz erkin iqtisodiy zonalar tajribasini tahlil qilib, zona faoliyatini rejalashtirish bosqichida qator yo’l qo’yilgan quyidagi xato va kamchiliklarni ham qayd etishimiz lozim:
- zona uchun muvaffaqiyatsiz joyning tanlanganligi, masalan, yer va havo transporti yaxshi rivojlanmagan joyda joylashtirilishi;
- infratuzilmaning asosiy ob’yektlarini yaratishga yetarli e’tibor berilmaslik, masalan, aloqa vositalari va energiya bilan ta’minlanganlik talab darajasida emasligi;
-zona ma’muriyati va davlat organlari o’rtasidagi integratsiya darajasining pastligi;
masalan, moliya vazirligi, bojxona boshqarmasi, soliq qo’mitasi kabilar bilan aloqalar, chunki ish yaxshi natija berishi uchun ular bilan yaxshi aloqa o’rnatish hamda shu orqali qo’llabquvvatlanishi zarur;
- zonani boshqarishda byurokratik uslublardan keng va ko’p foydalansa, ish samarasi pasayadi.
Xatolar kam bo’lishi uchun loyihani albatta obro’li, ishonchli xalqaro ekspertizadan o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu anchagina xatolarni boshlang’ich bosqichda minimumga keltirish va tuzatish imkonini beradi. Xorijiy investorlarni ro’yxatga olishdagi qiyinchiliklar, zona ustunliklarini reklama va tashviqot qilish talab darajasida emasligi va yomonligi ish samarasiga kuchli salbiy ta’sir qiladi.
YUqorigilardan kelib chiqqan xolda, Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zo- nasining (NEIIZ) faoliyati samarador- ligini quyidagi mezon ko’rsatkichlariga qarab baholash mumkin:
● xorijiy kapitalning oqimi, shu jumladan, zonada faoliyat olib borayot- gan qo’shma korxonalar soni;
● mamlakat tovarlar importiga qilinadigan xarajatlarning kamayishi;
● ishlab chiqarishning umumiy hajmida eksport mahsulotning hissasi;
● faoliyatning yangi turlariga ixti- soslashuv, shu jumladan NEIIZga xizmat ko’rsatishning rivojlanishi;
● ta’minotning yaxshilanishi, xizmat ko’rsatishning rivojlanishi;
● yangi yaratilgan ish joylari, zonada bandlik darajasining o’sishi.
Navoiy EIIZga kiritilgan va kiri- tilishi rejalashtirilgan investitsiyalar dinamikasi o’zgarishiga qarab bevosita dinamikaning ta’siri ostida, Navoiy viloyati asosiy iqtisodiy ko’rsatkichla- rining o’zgarib borishini yillar davo- mida kuzatish mumkin.
Ammo erkin iqtisodiy zonalar faoli- yatida iqtisodiy natijalarning barcha- sini aniq hisoblab bo’lmaydi, ularning ayrimlari vaqt jihatdan kechikadi yoki cho’ziladi. Bunday natijalar bilvosita natijalar yoki samara deyiladi, ularga quyidagi mezon-ko’rsatkichlarni kiritish mumkin:
● yangi texnologiyalar bilan tanishish- ning osonlashuvi;
● xo’jalik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning yangi usullarini egallash;
● mamlakatning eksport bazasini kengaytirish;
● yangi tarmoqlarning yaratilishi;
● regional nomutanosiblikning bartaraf etilishi;
● kadrlar salohiyatini saqlash va rivojlantirish (boshqa regionlar va xorijdan mutaxassislarni jalb qilish, firmalararo migratsiya va hokazo).
Xulosa qilib aytganda erkin iqtisodiy xududlar samaradorligini o’lchash ancha murakkab masaladir. CHunki uning ijobiy ta’siri nafaqat hududda faoliyat olib borayotgan korxonalar ishining samarasiga, balki butun regionning ishi samarasiga, qo’shni regionlarga, hatto butun mamlakat iqtisodiyotiga ham ta’sir etadi. Bundan tashqari, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati darrov ijtimoiy-iqtisodiy samara(birinchi navbatda, ijtimoiy samara) bermaydi, u qandaydir vaqt lagini (kechikishini) talab qiladi. Agar erkin iqtisodiy zonalar mavjud hududlarda ishlovchilar- ning ish haqlari o’sa boshlasa, xorijdan investitsiya ko’proq kela boshlasa, ishsizlar soni kamaya boshlasa, bozorda to- var va xizmatlar ko’paya boshlasa, demak erkin iqtisodiy zona yaxshi ishlamoqda. Erkin iqtisodiy zonalar yaratishda barcha qoidalarga, talablarga rioya qilinsa hamda tayyorgarlik va tashkiliy ishlar boshidan puxta olib borilsa, uning samarali ishlashiga kafolat bor.



Download 30,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish