Nutq tovushlari. Nutq a’zolarining artikulyatsiyasi bilan hosil bo‘luvchi eng kichik nutq birligi. [ 60. 72-b].
Harf. Nutq tovushlarini (fonemalarni) yozuvda ifodalash uchun xizmat qiluvchi shakllar. Har bir harf asosan bir tovush (fonemani) ifodalaydi. Ba’zi harflar ikki tovushni ham ifodalashi mumkin: я, ю, е kabi. Shuningdek, bir tovush (fonema) birdan ortiq harf bilan ifodalanishi mumkin. Mas.; o‘zbak alifbosidagi ng harflari bilan bitta burun tovushi ko‘rsatiladi. Harflar ikki xil bo‘ladi: 1) b o sh h a r f, 2) k i ch i k h a r f. [ 60. 72- b].
Unli tovush. Og‘iz bo‘shlig‘da hech qanday to‘siqqa uchramay hosil bo‘ladigan, tarkibi ovozdan iborat bo‘ladigan (shovqin deyarli ishtrok etmaydigan) tovush. O‘zbek adabiy tilida 6 ta unli fonema bor: a, e, i, u, o, o‘. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtroki) nuqtayi nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida ikki hodisa farqlanadi: 1) tilning yotiq (yonlama) harakati; 1) tilning tik harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra unlilar ikki turga bo‘linadi: 1) t i l o l d i y o k i o l d q a t o r u n l i l a r i ; 2) t i l o r q a y o k i o r q a q a t o r u n l i l a r i .
Tilning tik harakatiga ko‘ra unlilar 3 turga bo‘linadi: 1) y u q o r i k o‘ t a r i- l i sh u n l i l a r i; 2) o‘ r t a k o‘ t a r i l i sh u n l i l a r i ; 3) q u y i (p a s t) k o‘- t a r i l i sh u n l i l a r i.
Labning holatiga (ishtroki)ga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi: 1) l a b l a n g a n u n l i l a r , 2) l a b l a n m a g a n u n l i l a r.
Hosil bo‘lishida og‘iz bo‘shlig‘ining keng yoki tor bo‘lishiga qarab unlilar uch turga bo‘linadi; 1) k e ng u n l i, 2) o‘ r t a (o‘ r t a k e ng) u n l il a r , 3) t o r u n l i l a r.
Tovushning hosil bo‘lishiga ketadigan vaqtning miqdoriga ko‘ra unlilar ikki turga bo‘linadi; 1) ch o‘ z i q u n l i, 2) q i s q a u n l i [60. 116-b].
Makatab darlsigida unli tovushlar mavzusida unli tovushlarga quyidagicha ta’rif berilgan:
Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi; unli tovushlar va undosh tovushlar.
O‘pkadan chiqayotgan havo o‘g‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramasa, unli tovush hosil b’ladi. Tilimizda oltita unli tovush bor: a, o, e, o‘, u, i. [ 54. 23-b].
Undosh tovush. Og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchrab paydo bo‘ladigan, tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovush. Ularning talaffuzida havo oqimi siqilib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay o‘tadi. Ana shular natijasida turli jihatdan bir-biridan farqli undosh tovushlar hosil bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undoshlar 24 ta b, d, f, g, h , j, dj, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng.
Undosh tovushlar quyidagi nuqtayi nazarlardan tasnif qilinadi: 1) ovoz va shovqinning ishtrokiga ko‘ra; 2) hosil bo‘lish o‘rniga (nutq a’zolarining ishtrokiga) ko‘ra; 3) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra [ 60. 116-b].
Nutq a’zolari. Nutq tovushlari hosil bo‘lishida ishtrok etuvchi a’zolar. Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida ishtrok etish darajasiga ko‘ra nutq a’zolari ikki asosiy turga bo‘linadi: f a o l n u t q a’ z o l a r i , n o f a o l n u t q a’ z o l a r i [ 60. 71-b].
Nutq a’zolari. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtrok etadigan inson a’zolariga nutq a’zolari deyiladi. Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi; 1) o‘pka, 2) tog‘aylar, 3) un paychalari, 4) og‘iz bo‘shlig‘i, 6) burun bo‘shlig‘i, 7) til, 8) lablar, 9) tishlar [ 54. 27-b].
Do'stlaringiz bilan baham: |