5A111201 – O‘zbek tili va adabiyoti Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiy a ilmiy rahbar: Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Boltayev M. Samarqand 2022



Download 138,35 Kb.
bet30/42
Sana22.07.2022
Hajmi138,35 Kb.
#835667
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
Magistrlik ishining oxirgi varianti

Topshiriq: berilgan gaplar tarkibidagi shakldosh so‘zlarni topib, ularning ma’nolarini ayting. 1. Endigina bargak yozgan tolzordan mayin shamol esdi. Otaxon patnisga bir hovuch bargak, bir siqim mayiz, 5-6 tayoq qo‘ydi. 2. O‘ng qo‘li bilan asta peshanasidagi terni artdi. Abdurahim pishgan qirmizi olmalarni savatga terdi. 3. Koinot bizga o‘z sirlarini ochmoqda. Boshqa sayyoradan kelgan sirli mehmonlarning kosmik kemasi kumushsimon sir bilan qoplangan edi. 4. Ahmad o‘zga sayyoralik – yot odamlarga temilib qoldi. Ominaxon darslrini tayyorlab bo‘lgach, uyquga yotdi.
O‘quvchilar avval shakldosh so‘zlarni topadilar. Shundan keyin ushbu so‘zlarning ma’nolarini izohlaydilar.

  1. Bargak – daraxtning bargi.

Bargak – o‘rik qoqisining bir turi.

  1. Ter – peshana teri.

Ter – biron narsani termoq, harakat ma’nosida.

  1. Sir – yashirin, masalan davlat siri.

Sir – idishning ustki qoplangan qismi.

  1. Yot – begona ma’nosida.

Yot – yotmoq harakat ma’nosida.
4. Paronimlar. Talaffuzi va yozilishi bir-biriga juda yaqin, lekin ma’nolari farqli bo‘lgan so‘zlar. Paronimlar talaffuzda bir-biridan unchalik farqlanmasa-da, ammo bir tovush bilan farqlanadigan so‘zlardir. Masalan: yod – yot, falak – palak, bop – bob, xalos – xolos, bol – pol kabi.
Topshiriq: berilgan gaplar tarkibidagi paronim so‘zlarni topib, ularning ma’nolarini ayting. Ancha yillar avval nufuzi – obro‘-e’tibori baland bir fabrikaning direktori ikki xodimini Afrika bozorlarini o‘rganish uchun yubordi. Birinchi xodim bu yer aholisini sinchiklab o‘rgandi va xo‘jayiniga axborot berdi: “Bu yerdan bizga hech qanday foyda yo‘q, nufusi (aholisi) juda qashshoq ekan, yalangoyoq yurarkan. Topgan foydamizdan ham judo bo‘lmaylik.”
Birinchi xodim bilan yondosh yo‘lga chiqqan ikkinchi xodim masalaga o‘zgacha yondashdi. U qaytganida bergan ma’lumot quyidagicha edi:”Biz oyoq abzali tikamiz. Imkonni qo‘ldan bermaslik kerak, shoshilaylik. Biz uchun afzal tomoni shundaki, odamlarning poyabzali yo‘q ekan”.
O‘quvchilar berilgan matnga o‘zlarining shaxsiy munosabatini bildirishi va matnga sarlavha topishlari kerak bo‘ladi. Matnda keltirilgan paronimlarga diqqat qilib, ularning ifodalagan ma’nolarini izohlaydilar.

  1. Nufuzi – obro‘-e’tibor.

Nufus – aholi.

  1. Juda – belgining me’yordan ortiqligi.

Judo – ayrilmoq.

  1. Yondosh – hamroh, yonma-yon.

Yodash – biror masalaga yondashmoq, ishga kirishmoq.

  1. Abzal – otning egar-jabdug‘i.

Afzal – biror narsaning ustun tomoni.
Dars yakunida o‘quvchilarning mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklarini sinovdan o‘tkazish uchun ularga klaster metodidan foydalangan holda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarini kataklarga joylashtirish so‘raladi.



Sinonimlar

Omonimlar


Omonimlar

So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari

Antonimlar




Paronimlar

O‘quvchilar darsda faol qatnashish darajasiga ko‘ra baholanadi. Berilgan vazifalar bajarilganligiga alohida e’tibor beriladi. Darsni bunday tartibda tashkil qilganda, mavzuning o‘quchilarga yanada tushunarliroq bo‘lishiga va ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
O‘quvchilarga mustaqil izlanishlari uchun topshiriq tarzida ona tili darslarida shu kungacha o‘tilgan mavzu materiallarida uchraydigan tilshunoslikka oid terminlar va ularning vazifalari haqida ma’lumot to‘plash vazifasi berilsa, o‘quvchilarda tilshunoslik terminlari, umuman, terminlar borasida o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga yordam beradi.

Download 138,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish