5A111201 – O‘zbek tili va adabiyoti Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiy a ilmiy rahbar: Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Boltayev M. Samarqand 2022



Download 138,35 Kb.
bet38/42
Sana22.07.2022
Hajmi138,35 Kb.
#835667
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Magistrlik ishining oxirgi varianti

Sodda otlar

Qo‘shma otlar

Juft otlar

Takroriy otlar

daraxt

qo‘ziqorin

dori-darmon

non-pon

yer

achchiqtosh

yosh-qari

choy-poy

osmon

uchburchak

qo‘ni-qo‘shni

osh-posh

yer

belkurak

ota-ona

ko‘z-po‘z

quyosh

belbog‘

aka-uka




tesha

tustovuq

qarindosh-urug‘




Shu tariqa, topshiriqni bajargan o‘quvchilar navbati bilan rag‘batlantiriladi.
Navbatdagi topshirig‘imiz o‘zlashtirishi o‘tacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘quvchilarga matn taqdim etiladi. O‘quchilar matn tarkibidagi sodda, qo‘shma va juft otlarni topib, ularni izohlab berishlari kerak bo‘ladi.
Topshiriq. Bog‘da zotli, asil olmalar, xilma-xil gilos-olchalar, kursillama nashvati, yumshoq xushbo‘y noklar, achchiq va chuchuk tuyatish anorlar va boshqa-boshqa meva daraxtlari ko‘p. Tokzorga kelsak, husayni, yakdona, shivirg‘oni, charosdan boshlab tanako‘zi, qorajanjal, bedona kishmishga qadar turli-tuman navlar bor. (Oybek)
O‘quvchilar matn tarkibidagi otlarni topib, ularni tuzilishiga ko‘ra turlarga ajratadilar.
Keyingi topshiriq esa o‘zlashtishi yaxshi bo‘lgan o‘quvchilarga taqdim etiladi. Bu shartda, o‘quvchilarga tabiat tasviri tushirilgan surat taqdim etiladi. Shu surat asosida o‘quvchilar matn tuzishlari kerak bo‘ladi va tuzgan matnlarida otlarning tuzilishiga ko‘ra turlaridan ham foydalanishlari lozim. Bu shart orqali o‘quvchilarning ijodkorlik qobilyatlari rivojlanishiga ham erishiladi. Bundan tashqari, ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilar xotirasida yana ham ko‘proq saqlanishida hamda bunday so‘zlarni o‘z o‘rnida ishlatib, o‘z so‘z boyligini oshirishga xizmat qiladi. Shu tariqa o‘quvchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha kerakli bilimlarga ega bo‘ladilar.
Bunday o‘yin va topshiriqlar o‘quvchilarni zukkolikka, topqirlikka o‘rgatadi va, bundan tashqari, ular o‘tilayotgan yangi mavzuni yanada ko‘proq va aniqroq tushunishlariga yordam beradi. Bu esa ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga hamda boyitishga xizmat qiladi.
6-sinf “Ona tili” darsligida keltirilgan sizfat so‘z turkumini o‘qitish bo‘yicha ham turli zamonaviy pedagogic usullardan foydalanish mumkin. Masalan, sifat so‘z turkumi bo‘yicha darsni tashkil qilishda quyidagi usullardan foydalanishni tavsiya etish mumkin.
Bu darsda o‘quvchilardan sifat so‘z turkumi haqida ma’lumot so‘raladi, chunki o‘quvchilar quyi sinflarda sifat haqida dastlabki tushunchlarga ega bo‘lganlar. Ular o‘z fikr-mulohazalarini bayon etib bo‘lishgach, o‘quvchilarning ma’lumotlari o‘qituvchi tomonidan umumlashtiriladi va sifat so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot beriladi. O‘qituvchi bu mavzuni ham oldingilari kabi o‘quvchilarga sodda, aniq, ravon qilib batafsil tushuntirishi kerak.
Otga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan va “qanday?”, “qanaqa?” so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarga sifat deyiladi. Masalan: chiroyli ko‘ylak, baland bino, devoriy gazeta, qiziq gap, kuzgi ekin kabi. Sifatlar tarkibiga ko‘ra tub va yasama sifatlarga bo‘linadi. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan sifatlar tub sifatlar, asos va so‘z yasovchi qismdan iborat bo‘lgan sifatlar esa yasama sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo‘shimchalar qo‘shish yoki so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Sifatlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy bo‘ladi.
Bir asosdan iborat bo‘lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi; oq, baland, shirin kabi. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo‘shma sifatlar hisoblanadi. Qo‘shma sifatlar, asosan, qo‘shib yoziladi: erksevar, ochko‘z, kulrang, mehmondo‘st, devqomat, sheryurak kabi. O‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi. Masalan: qing‘ir-qiyshiq, g‘adir-budur, egri-bugri, katta-kichik kabi. Juft sifat qismlari -u, -yu qo‘shimchalari vositasida bog‘lansa, ular ajratib yoziladi: yakka-yu yagona. Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lgan sifat takroriy sifat sanaladi. Takroriy sifatlar belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi: katta-katta, yangi-yangi.
Shundan so‘ng o‘quvchilar mavzuni qay darajada tushungan-tushunmaganligini ularga bir qancha topshiriqlar berib aniqlab olamiz. Buning uchun, eng avvalo, “Aqliy hujum” metodini qo‘llagan holda, o‘quvchilarga bir qancha savollar bilan murojaat qilamiz. So‘raladigan o‘quvchilarni shunchaki emas, balki, ma’lum bir maqsad bilan tanlash lozim. Deylik, iqtidorli o‘quvchilardan ularni yanada hushyorlikka chaqirish uchun, yaxshi o‘zlashtira olmaydiganlardan esa mavzuni qay darajada tushunganliklarini aniqlash maqsadida, tartibsiz o‘quvchilardan ularni darsga jalb qilish uchun so‘rash mumkin. Shunga qarab, bugungi darsni qanday olib borishimiz kerakligi haqida tasavvurga ega bo‘lamiz. O‘quvchilarning qay darajada o‘zlashtirganliklarini tekshirish uchun uarga quyidagi savollar orqali murojaat qilishimiz mumkin.
Savollar:

  1. O‘qituvchi: sifat so‘z turkumi deganda nimani tushunasiz?

O‘quvchi: otlarga bog‘lanib, ularning belgi-xususiyatini bildiradigan so‘zlar.

  1. O‘qituvchi: sifatlar tuzilishiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

O‘quvchi: to‘rt guruhga .

  1. O‘qituvchi: bir asosdan tarkib topgan sifatlar qanday sifatlar deyiladi?

O‘quvchi: sodda sifatlar.

  1. Qo‘shma sifatlar qanday yasaladi?

O‘quvchi: birdan ortiq asoslarning birikuvidan yasaladi.
Aynan shu savollarni ayrim o‘quvchilardan so‘aramasdan butun sinfdan yozma tarzda so‘rash ham mumkin. Buning uchun “Ham chaqqonmiz, ham dono” ta’limiy o‘yinini o‘tkizamiz.
Bunda savollar sonini 10 ta yoki undan ko‘proq qilib, yopiq test ko‘rinishida olamiz. O‘qituvchi savollarni o‘qiydi. O‘quvchilar javoblarni yozib boraverishadi. So‘ng qog‘ozlar yig‘ib olinadi. Bu hamma o‘quvchilarni qisqa vaqt ichida baholash hamda o‘tgan mavzu yuzasidan olgan bilimlari haqida real ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchilarda tezkorlikni, tez qabul qila olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Keyin esa o‘quvchilardan yangi mavzuni qay darajada tushungan-tushunmaganliklari umumiy tarzda so‘ralib aniqlanadi.
Demak, sifat so‘z turkumi belgi bildirish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlardir.
Buni tushuntirish uchun quyidagi usuldan foydalansak ham bo‘ladi.

  1. Shirin, qizil, katta, baland, go‘zal (sodda sifatlar).

  2. Erksevar, ochko‘z, kulrang, mehmondo‘st, devqomat, sheryurak (qo‘shma sifatlar).

  3. Qing‘ir-qiyshiq, g‘adir-budur, egri-bugri, katta-kichik (juft sifatlar).

  4. Katta-katta, yangi-yangi (takroriy sifatlar).

Yoki mavzuni yanada kengroq tushuntirish uchun quyidagi ko‘rgazmali qurollardan foydalansak ham bo‘ladi.
Bunda doskaga bahor manzarasi tasvirlangan surat ilinadi va o‘quvchilarga shu surat asosida sifatlarni ishtrok etkizib, matn tuzish topshirig‘i beriladi.
Shu tariqa o‘quvchilarga mavzu iloji boricha soddaroq qilib tushuntiriladi. Shundan so‘ng o‘tilgan mavzuni mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar beriladi.

Download 138,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish