5A111201 – O‘zbek tili va adabiyoti Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiy a ilmiy rahbar: Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Boltayev M. Samarqand 2022



Download 138,35 Kb.
bet40/42
Sana22.07.2022
Hajmi138,35 Kb.
#835667
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Magistrlik ishining oxirgi varianti

Bob bo‘yicha xulosa
Terminlar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir. Ular ilmiy uslubda tavsiflash va nomlash vazifalarini bajaradi va bu uslubning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sanaladi. Shunga ko‘ra tilshunoslikka oid terminlar ilmiy terminlar sirasiga kiradi.
Demak, matktab darsliklarida keltirilgan tilshunoslikka oid terminlar ta’lim jarayonida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunday terminlarni o‘quvchilar xotirasida yaxshiroq saqlanib qolishlari uchun darsni tashkil qilish jarayonida tanlangan usullar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarga dars jarayonlarida terminlar haqida umumiy ma’lumotlar berib borilsa va ularning ilm-fan sohasidagi ahamiyati ham aytib o‘tilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Har qanday fan o‘zining maxsus terminlari bilan ajralb turadi, bu terminlar uning rivoji va taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Barcha tillar boshqa billar bilan doimo aloqada rivojlanadi va bu tabiiy hol hisoblanib, bunda tillar bir-biriga o‘zining ma’lum darajada ta’sirini ham o‘tkazadi. Bunday aloqalar natijasida o‘z qatlamiga xos terminlar bilan bir qatorda, tillar uchun umumiy bo‘lgan tilshunoslik terminlari ham paydo bo‘ladi. Bunday terminlar, albatta, tilshunoslik uchun, ona tili darslari ta’limi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

XULOSA
Umuman olganda, terminalogik tizimlar boshqa til tizmlaridan farqli ravishda ilmiy tushunchalarni tasniflash, tizimlashashtirish va belgilash jarayonida yuzaga keladi. Terminologiyaning tizimli ekanligini til doirasidan chiqmay turib asoslab bo‘lmaydi. Terminologiyadagi tizimlilik, birinchi navbatda, ilmiy bilimning o‘zi tizimli ekanligi va iyerarxik tarzda tuzilganligi bilan aloqadordir.
Terminologiyaga oid barcha masalalarning muvaffaqiyatli hal etilishida har bir sohaga oid terminlarni to‘la qamrab oladigan terminologik lugʻatlarni tuzishda har bir terminning o‘zi atayotgan tushuncha, narsa-hodisa mohiyatini qay darajada to‘g‘ri, to‘la va aniq ifodalashini belgilab olish muhimdir. Bu bilan har bir terminning talabga qanchalik muayyan javob berishi yki javob bermasligi aniqlanadi. Ana shunday lugʻatlar yaratilmaguniga qadar terminologik tizimdagi har xil salbiy hodisalar, ya’ni ayni bir tushunchani ifodalash uchun birdan ortiq terminning qo‘llanishi yoki aksincha, bir terminning bir necha hodisalarni ifodalash uchun qo‘llanishi, hodisaning mohiyatini to‘la aniq ifodalay olmaydigan terminlarning mavjud bo‘lishi va boshqa shu kabi salbiy hodisalar davom etaveradi. Bunday nomaqbul hodisalarni esa ilm-fanning xohlagan sohasiga oid adabiyotlarda ­­­ – ilmiy ishlardan tortib darslik va qo‘llanmalarda, shuningdek , boshqa manbalarda ham ko‘plab uchratish mumkin.
O‘zbek tilshunosligi terminologiyasi ham boshqa tillar terminologiyasi singari doimo tashqi va ichki manbalar asosida boyib rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. O‘zbek tilshunosligi terminologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti jarayoni shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi: 1-bosqich – 1920- 1940-yillarni qamrab oladi va ona tilida bir qadar sodda darslik va qo‘llanmalarning yaratilishi hamda tilshunoslik terminlarining to‘liq shakllanmaganligi bilan xarakterlanadi.
2-bosqich – 1940-1990-yillarni o‘z ichiga oladi va rus tili grammatikasi asosida milliy grammatikalarning yaratilishi, tilshunoslik terminologiyasining barqororlashuvi bilan ajralib turadi.
3- bosqich – respublika mustaqilligi yillaridagi taraqqiyot bosqichi bo‘lib, milliy darsliklar yaratish barobarida o‘zbek tilshunosligi terminologiyasini ham milliylashtirish harakati bilan avvalgi bosqichlardan farqlanadi. O‘zbek tilshunosligi terminologiyasi mustaqillik yillaridan oldin va keying davrda ham bir qacha tilshunos olimlar tomonidan o‘rganilgan. Chunonchi, o‘zbek tilshunosligida lingvistik terminlarning o‘rganilishi va tadqiq etilishida Fitrat, Q.Ramazon, Munavvarqori, Sh.Rahimiy, Elbek kabi olimlar faoliyat boshlagan bo‘lishsa, keyinchalik tilshunos olimlar A.Hojiyev, I.R.Ermatov, D.Xudoyberganova, Sh.M.Hamroyevalarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Tilshunoslik terminlarining fan doirasida tutgan o‘rni juda ham salmoqli va soha rivoji uchun katta hissa qo‘shuvchi omillardan biri hisoblanadi. Tilshunoslik sohasidagi o‘zgarish va rivojlanishlarni shu soha doirasiga kirib kelayotgan yangi terminlar orqali kuzatish mumkin.
Biz o‘rgangan tilshunoslik terminlari lugʻatlarida terminlarning alifbo tartibida joylashtirilganligi ulardan foydalanishda anchayin qulaylik yaratadi. Shuningdek, lig‘atlarda terminlarning qaysi tillargan olinanligining qayd etilishi ham terminlar tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Terminlarning etimoni (kelib chiqishi) va ifodalagan tushunchasi atroflicha va qo‘shimcha misollar yordamida izohlangan. O‘zbek tilshunosligi sohasiga doir terminlarining bajaradigan vazifalari va ularning tuzilishi haqida lugʻat orqali yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Tilshunoslik terminlari ona ta’limi tizimida muhim o‘rin tutadi. Har qanday davrda ham ma’lum bir sohani o‘qitishda shu sohaga doir ilmiy terminlardan foydalanilishi tabiiy hol. Bu esa, ma’lum soha mohiyatini yanada to‘laroq va kengroq tushunib yetish imkoniyatini beradi.
Umuman olganda, biz mazkur tadqiqotimiz orqali tilshunoslik terminologiyasi tizimiga oid ilmiy ishlarda, ta’lim jarayonida tilshunoslik terminlarining qo‘llanilishi, tutgan o‘rni, amaliy materiallar bilan bog‘liqlik jihatlari va ahamiyati, terminlarning tuzilishiga ko‘ra turlari haqida o‘rta umumta’lim maktablarining 5-, 6-sinf “Ona tili” darsliklari misolida mulohaza hamda bugungi kun ona tili ta’limi jarayonida tilshunoslikka oid terminlarning ahamiyati borasida so‘z yuritishga harakat qildik. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim sifatiga juda katta ahamiyat qaratilmoqda, bu esa o‘qitish samaradorligini yanada oshirish va bu jarayonga yangicha yondashishni talab qilayotgan muhim masalalardan biridir.
Tilshunoslik terminlarini maktab o‘quvchilari tomonidan chuqur o‘zlashtirishlariga yaqindan ko‘maklashish uchun amaliy darslarda ular haqida kengroq tushuncha berish barobarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ham tavsiyalar berildi. Ayniqsa, terminlarni tuzilishiga ko‘ra guruhlarga ajratib o‘rganish va ularni o‘quvchilarga sodda, oddiy, tushunarli tarzda yetkazish ishimizning asosiy yangiligi bo‘ldi.


Download 138,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish