Sifatlarning oddiy daraja shakli. Belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darjalar uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi. Masalan; qizil, chiroyli, sariq kabi.
Sifatlarning orttirma daraja shakli. Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiradigan sifat shakli orttirma daraja shakli deyiladi. Sifatlarning orttirma daraja shakli quyidagi yo‘llar bilan hosil bo‘ladi: 1) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan: eng, g‘oyat, juda, nihoyatda, bag‘oyat so‘zlar keltiriladi: juda qizil, g‘oyat shirin; 2) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo‘g‘ini tovush o‘zgarishi bilan takrorlanadi: bus-butun, kap-katta, to‘ppa-to‘g‘ri kabi.
Sifatlarning qiyosiy daraja shakli. Belgining me’yordan biroz oz yoki ko‘p ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq qo‘shimchasi yordamida yasaladi. Masalan; balandroq, yaxshiroq, uzunroq, shirinroq kabilar
Kuzatishlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ona tili darsliklarida besh va undan ortiq tarkibli termin-birikmalar uchramaydi hamda sodda terminlar va termin-birikmalar yetakchi o‘rinda bo‘lgani holda, qo‘shma va juft terminlar miqdori juda kamchilikni tashkil etadi. Ona tili darsliklarida mavjud lingvistik terminlar tizimidagi murakkab terminlarning aksariyati umumnutqda erkinso‘z birikmasi sifatida ham ishlatiladi va ular tarkibidagi har bir lug‘aviy ma’noli birlik o‘z avtosemantikligini saqlab qoladi. Faqat bir ilmiy-lingvistik tushunchani anglatishi, ba’zilarining boshqa tillarga bir so‘z bilan tarjima qilinishi kabi xususiyatlar ularni termin-birikmalar safiga kiritishga asos bo‘ladi.
Terminologik korpus, terminologik ma’lumot bazalari yaratishda terminni modellashtirish asosiy bosqichlardan sanaladi va bu jarayonda ham, terminni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda ham murakkab tarkibli terminlar turli qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa tilshunoslik terminologiyasi oldiga lingvistik terminlarni qayta ishlash, tizimlashtirish va tartibga solish vazifasini qo‘yadi.
Maktab darsliklarida keltirilgan mavzular asosida darslarni tashkil qilish jarayonida o‘qituvchi o‘tiladigan mavzuni o‘quvchiga to‘liqroq, tushunarliroq tarzda bo‘lishi uchun to‘g‘ri pedagogic usul tanlay olishi zarur. Biz quyida 6-sinf “Ona tili” darsligidagi ayrim mavzularni o‘qitish uchun bir qancha usullarni amaliy jihatdan tavsiya qilamiz.
Darslikda keltirilgan “Otlarning tuzilishiga ko‘ra turlari” mavzusi asosida dars tashkil qilish va unda interfaol usullardan foydalanish borasida so‘z yuritamiz.
Darsni tashkil qilishda dastlab o‘qituvchi o‘quvchilarga dars mavzusini e’lon qiladi. O‘quvchilar uchun bu yangi tushuncha emas, chunki ular quyi sinflarda ot so‘z turkumi mavzusi borasida ma’lum tushunchaga ega bo‘lganlar. Dastlab o‘quvchilardan ot so‘z turkumi haqida o‘zlari biladigan ma’lumotlari o‘qituvchi tomonidan so‘raladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtirgan holda umumiy tushunchani og‘zaki bayon qiladi.
Shundan so‘ng o‘qituvchi darsning asosiy qismiga o‘tadi. Bu mavzu o‘qituvchining bayoni usuli asosida olib boriladi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga mazkur mavzuni sodda, aniq, ravon qilib batafsil tushuntirishi talab etiladi.
Dastlab otlarning tuzilishiga ko‘ra turlari haqidagi umumiy ma’lumot beriladi.
Ot so‘z turkumi shaxs, narsa va hodisalarning nomini bildirib, kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bizga oldingi darslardan ma’lumki, otlar nimani atab kelishiga ko‘ra shaxs otlari, narsa otlari, faoliyat-jarayon otlari, o‘rin-joy otlari kabi turlarga bo‘linadi. Masalan; shaxs otlari: Salima, ona, Bobur; narsa otlari: gul, darxt, daftar, kitob, olma; o‘rin-joy otlari: Toshkent, bog‘, maktab; faoliyat-jarayon otlari: gulchilik, terim, dehqonchilik kabi. Otlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi to‘rt guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |