Topshiriq. O‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib, ularga shahar va davlatlar uyasiga kiruvchi so‘zlarni topish so‘raladi. Bu topshiriqni bajarishda “Nilufargul” texnologiyasidan foydalansak ham bo‘ladi. Buning uchun avval o‘quvchilarga o‘yin sharti tushuntiriladi. Ya’ni doska ikkiga bo‘lnib, ikki tarafiga ikkita asos va unga 19 tadan gulbargchalar chiziladi.
Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi tanlanib olinadi. Har bir o‘quvchiga o‘z nilufargulidagi gulbargchalarga ko‘proq sifatlarni yozish tushuntiriladi. Shartni bajarish uchun o‘quvchilarga 2 daqiqa vaqt ajratiladi, o‘yin oxirida g‘olib guruh aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
Topshiriqni quyidagicha bajarish mumkin:
I guruh. Sodda va qo‘shma sifatlarga: shirin, keng, nafis, sariq, qizil, xushbo‘y, devqomat va boshqalar.
II guruh. Juft va takroriy sifatlarga: baland-past, egr-bugri, yaxshi-yomon, katta-katta, yangi-yangi va boshqalar.
Natijada ona tilining qanchalik qudratga ega ekanligi hamda ona tili tushunchalar kaliti ekanligi, usiz hech narsa qilib bo‘lmasligini o‘quvchilarga eslatib o‘tish kerak.
Bilimlarni mustahkamlash uchun “Bugungi darsning eng faol guruhi va eng a’lochi o‘quvchisi” o‘yinini o‘ynaymiz. Buning uchun, eng avvalo, o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib olamiz. Taxminan 5-6 guruhga bo‘lish maqsadga muvofiq. Eng yaxshi guruh va eng yaxshi o‘quvchini aniqlash uchun o‘quvchilarning bir necha xil topshiriqlarni bajarishlari talab etiladi.
O‘quvchilarga quyidagi shartlar e’lon qilinadi:
Blits-so‘rov.
Zinama-zina.
Eslab qol.
Klaster.
Eng yaxshi savol.
Hot cheyr.
I bosqich. Blits-so‘rov metodi. Bu metodda o‘quvchilarga savollar beriladi. Ular savollarga “ha” yoki “yo‘q” deb javob beradilar. Shuning uchun savollarni umumiy so‘roq gaplar ko‘rinishida berish kerak. Metodning ahamiyatli tomoni shundaki, yangi mavzu o‘tilganda shu darsning o‘zidayoq o‘quvchilarning mavzuni qay darajada tushunganliklarini bilish mumkin. Bu usulda savollarga javob berish o‘quvchilarga unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Mashg‘ulotni davom ettirib, o‘quvchilarga quyidagi topshiriqni beramiz. Bu topshiriqni bajarish jarayonida klaster ta’limiy usulidan foydalansak ham bo‘ladi. Bunda yuqoridagi so‘zlardan foydalanamiz. Ya’ni yuqoridagi sifatga oid so‘zlarni asos qilib olamiz va uning atrofida shunga kirvchi boshqa so‘zlarni yozib chiqamiz (bu so‘zlarning barchasi aylana diagramma ichida bo‘ladi).
Bunday vositalar o‘quvchilarda sifat turiga mansub ma’lum so‘zarni o‘z xotirasidan ko‘proq qidirib topishlariga hamda atrof-muhitga, shu bilan birga, ularni tilimizda qanday ifodalanishiga ko‘proq e’tibor berishimiz uchun asosiy omil bo‘ladi.
Bundan tashqari, ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilar xotirasida yana ham ko‘proq saqlanishida hamda bunday so‘zlarni o‘z o‘rnida ishlatib, o‘z so‘z boyligini yanada oshirishlariga sabab bo‘ladi. Shu tariqa o‘quvchilar navbatdagi topshiriqni ham faollik bilan bajaradilar.
Navbatdagi topshiriq esa “Eng yaxshi savol” deb nomlanadi. Chunki endi shart bir oz o‘zgartirilib, guruhlar bir-biriga, o‘zlariga-o‘zlari savol beradilar va eng yaxshi savol bergan guruh aniqlanadi hamda o‘qituvchi har bir shart ballarini hisoblab boradi. Barcha shartlar oxirida eng ko‘p ball to‘plagan guruh aniqlanadi hamda rag‘batlantiriladi.
Savol-javoblar shu tariqa davom etadi va har bir guruhning bali o‘qituvchi tomonidan hisoblab boriladi. Bunday topshiriqlar yangi mavzuni takrorlash va bu orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutqini shakllantirishga asos bo‘ladi. Mavzuni xotirada mustahkamlash uchun o‘quvchilarga yana quyidagi topshiriqni beramiz. Bu topshiriqni bajarishda “Hot cheyr” usulidan foydalanamiz.
“Hot cheyr” (qizg‘in stul) usulining mohiyati shundan iboratki, doska oldiga bitta stul qo‘yiladi. O‘quvchilardan biri doskaga taklif qilinadi. O‘quvchi o‘tirgach, o‘qituvchi mavzuga oid savollar beradi. Savollar tezkor ko‘rinishida ham, mantiqiy savollar ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, stulda o‘tirgan o‘quvchiga boshqa o‘quvchilar ham savollar berishi mumkin. O‘yinda savollar tezkorlik bilan, ammo tushunarli qilib berilishi kerak. Savollar qizg‘in tarzda amalga oshirilsa, o‘yin shartiga mos tushadi.
Yuqoridagi blits-so‘rov usulining savollarini bersak ham bo‘ladi. Chunki, unda savollar tezkorlik bilan berilishini talab qiladigan xarakterdadir. Bu usul o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Ko‘pincha o‘quvchilarda doskaga chiqqanda hayajonlanish tufayli savolga javob bera olmaslik holati ham kuztiladi. Aynan shuning oldini olishda “Hot cheyr” usuli qo‘l keladi. O‘quvchilar stulga o‘tirib, hayajonlarini bosib olgan holda, savollarga tutilmasdan javob berishlari mumkin. Shu tariqa bir necha bosqichlardan iborat bo‘lgan o‘yin yakunlanadi va eng faol guruh hamda ushbu guruhdagi eng a’lochi o‘quvchi aniqlab olinadi, ular rag‘batlantiriladi.
Bunday o‘yin va topshiriqlar o‘quvchilarni zukkolikka, topqirlikka o‘rgatadi va, bundan tashqari, ular o‘tilayotgan yangi mavzuni yana ham ko‘proq va aniqroq tushunishlariga yordam beradi. Bu esa ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga hamda boyitishga xizmat qiladi.
Biz dars o‘tishda foydalanish uchun tavsiya qilgan usullar o‘quvchilarning dars jarayoniga bo‘lgan qiziqishini orttirishi bilan bir qatorda, ularda uyadoshlar haqida bilim va ko‘nikmalarning shakllanishiga ham yordam beradi.
Mazkur bobda maktab darsliklaridagi ayrim terminlarning izohi va ulaning fandagi ahamiyati borasida so‘z yuritishga harakat qildik va ayrim mavzularni o‘quvchilar xotirasida yaxshiroq saqlab qolishlari uchun bir qancha usullarni taklif qildik.
Tilshunoslikka oid terminlar o‘quvchilar xotirasida yaxshi saqlanib qolishi uchun har bir o‘tgan dars jarayonining qay darjada tashkil qilinganligi bilan bog‘liq deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |