4-seminar
O`simliklar fiziologiyasi.
O`simliklar butun Yer yuziga tarqalgan bo’lib,
faqat quruqlikda emas balki
ko’l, daryo, dengiz va okeanlarda, ba’zan ancha katta chuqurliklarda ham o’sadi.
Yashil o`simliklar havodan karbonat angidrid gazini o’zlashtirib, yashil
pigment-xlorofill yutgan Quyosh nuri yordamida (yorug’da)
biriktirish
xususiyatiga ega. Fotosintez yoki uglerod assimilyastiyasi deb ataladigan bu
jarayon natijasida o`simliklar tanasining tuzilishi va hayot faoliyatining saqlanishi
uchun zarur bo’lgan organik moddalar hosil bo’ladi.
Fotosintez natijasida atmosferaga ajralib chiqadigan juda ko’p miqdordagidagi
kislorod planetamizda hayotni saklab turadi, chunki o`simliklar, hayovonlar va
odamning nafas olishi uchun kislorod zarur.
O`simliklar, hayvonlar va odam nafas olish jarayonida
karbonat angidrid
gazini ajratadi, bundan tashqari, nobut bo’lgan organizmlarning chirishi, yonish va
achish jarayonlarida ham bu gaz atmosferaga chiqadi. Biroq, atmosferada karbonat
angidrid gazining zaxipasi ortib ketmaydi, chunki o`simliklar fotosintez natijasida
har yili bu gazning qarib 175 milliard tonnasini o’zlashtirib, uni organik modda
hosil qilishda sarflaydi. Shunday qilib, o`simliklar karbonat
angidridning biogen
aylanishida ishtirok etib, uni assemilyastiya jarayonida sarflaydi. Bundan tashqari
o`simliklar qurib, chiriganda ham karbonat angidrid atmosferaga o’tadi.
Yashil o`simliklar juda ko’p karbonat angidrid o’zlashtirib, milliard tonnalab
organik modda hosil qilib va havoga nihoyatda ko’p kislorod ajratib, planetamiz
tabiatini tubdan o’zgartiradi.
Yashil bo’lmagan o`simliklar ham moddalarning o’zgarishida ishtirok etadi.
Ular o`simlik va hayvonlarning nobut bo’lgan
qoldiqlarida yashab, murakkab
organik moddalarni bir muncha oddiyroq mineral moddalarga parchalaydi. Bu
moddalarni yuksak o`simliklar oson o’zlashtiradi.
Azotning biogen aylanishi jarayoni ham o`simliklar yordamida sodir bo’ladi.
Bu jarayonning mohiyati shundan iboratki, tuproq bakteriyalarining
ayrim turlari
atmosferadan erkin azotni o’zlashtirib, o’z tanasining oqsil moddalarini tuzish
ularning tanasidagi azot tuproqda turli o’zgarishlarga uchrab, ammiak va element
holidagi azot shaklida atmosferaga qaytadi. Boshqa hollarda,
alohida tuproq
bakteriyalari ta’sirida azot saqlovchi organik moddalar va ammiak asta sekin nitrat
kislota to’zlariga aylanadi, undan yuksak o`simliklar mineral. O`simliklar boshqa
ko’p moddalarning, masalan, oqsillar va bir qancha birikmalar tarkibiga kiradigan
fosfor va oltingugurtning biologik aylanishida ishtirok etadi. O`simliklar nobut
bo’lib, tanasi parchalanib ketgandan keyin bu elementlar qaytadan tuproqqa
tushadi.Shunday qilib, agar Yer yuzida o`simlik qoplami bo’lmaganda edi organik
olamning boshqa formalari yashashi mumkin bo’lmas edi.
O`simliklar inson hayotida ham katta ahamiyatga ega.
Ular tarkibidagi
organik moddalar (oqsillar, uglevodlar, moylar) ni inson non,
sabzavot, meva
shaklida istemol qiladi, yoki ular mollarga beriladi.
Inson o`simliklardan qurilish materiallari, gazlama to’qish uchun tola, qog’oz
buyumlar uchun xomashyo, yoqilg’i sifatida foydalanadi. Ulardan ko’p dorivor
vositalar, oshlovchi va buyuk moddalar, kauchuk, efir moylari, turli kimyoviy xom
ashyolar va boshqa ko’p moddalar ham olinadi.
Topshiriq
Mavzu yuzasidan dars ishlanma tayyorlang va yuklang
Mavzu yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar topib yozing va yuklang