5A111201 – O‘zbek tili va adabiyoti Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiy a ilmiy rahbar: Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Boltayev M. Samarqand 2022



Download 138,35 Kb.
bet2/42
Sana22.07.2022
Hajmi138,35 Kb.
#835667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Magistrlik ishining oxirgi varianti

MUNDARIJA

Ishning umumiy tavsifi

6-10

I bob. O‘zbek terminologiyasi va tilshunoslik terminlarining o‘rganilishi.

11

1.1. O‘zbek terminologiyasi tarixidan.

11-19

1.2. O‘zbek tilshunosligida tilshunoslik terminlarining o‘rganilishi.

19-32

1.3. Bob bo‘yicha xulosa.

332-33

II bob. Azim Hojiyevning “O‘zbek tilining lingvistik lugʻati”ning leksikografik tahlili.

34

2.1. Lugʻatning tuzilishi.

34-41

2.2. Lugʻatining so‘zligi va terminlar izohi.

41-52

    1. Bob bo‘yicha xulosalar.

52

III bob. “Ona tili” darsliklarida qo‘llanilgan lingvistik terminlar va ularning ta’lim jarayonida tutgan o‘rini

53

3.1. 5-sinf “Ona tili” darsligida qo‘llanilgan terminlar.

53-72

3.2. 6-sinf “Ona tili” darsligida qo‘llanilgan terminlar.

73-87

    1. Bob bo‘yicha xulosa.

87

IV. Xulosa

88-90

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

92-95

ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Tadqiqotning dolzarbligi. Xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy, ma’naviy qadriyatlarining bugungi kundagi e’zozi uning azaliy orzusi bo‘lgan istiqlol bilan bogʻliq. Taraqqiyotimiz omili bo‘lgan ilm-fan sohasida keyingi yillarda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganligini alohida ta’kidlash kerak. Ayniqsa, ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomining berilib, qonun qabul qilinishi, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosining amalga tadbiq etilishi bilan bog`liq ishlarning tezlashtirilishi, mazkur qonunlarning amalga tadbiq qilinishini ta’minlash, tilimizni ona tili va davlat tili tarzida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan Prezident farmonlari va qarorlari tilshunoslar oldida turgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Prezidentimizning mazkur qonunlar ijrosi bu borasida bildirgan fikr-mulohazalari ilmiy-metadalogik asos sifatida ilm-fanning barcha jabhalari qatori tilshunoslik ilmi oldida ham hozirga qadar erishilgan yutuqlarni xolisona baholash, bugungi kun muammolarini aniq belgilash hamda kelajakda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalarni zamonaviy tilshunoslik talablari darajasida olib borish kabilarni belgilab berdi.
Tilshunosligimizda bugungi kungacha o‘zbek tilining tarixi, fonetik tizimi, shevashunosligi, lugʻat tarkibi, grammatik qurilishi, mazmuniy-uslubiy xususiyatlari, lingvopoetik imkoniyatlarini tadqiq etish bo‘yicha bir qator salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bugungi kunda o‘zbek tilini turli nuqtayi nazardan o‘rganish bo‘yicha ta’lim tizimining hamma bosqichlariga mo‘ljallangan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar, seriyali ilmiy maqolalar to‘plamlari yaratilgan, til sathlarining eng dolzarb muammolariga bagʻishlangan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Ana shunday dolzarb muammo va mavzulardan biri, shubhasiz, o‘zbek tilshunosligi terminologiyasini tartibga solish, rivojlantirish, dunyo standartlari darajasida tadqiq etishdir.
Ma’lumotlarga qaraganda, sobiq ittifoq davrida 2500 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari faqat terminologiya bo‘yicha yoqlangan. Ittifoq tarqagandan buyon o‘tgan 30 yil mobaynida terminologiya tadqiqotlarining soni undan ham ko‘paygan bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda ham terminologiyaga oid tadqiqotlar sobiq ittifoq davrida ham, mustaqillik yillarida ham goh sohaviy terminologiya, goh ijtimoiy-texnik terminologiya nomlari bilan ko‘plab e’lon qilingan. O‘zbekistonda ham, undan tashqarida ham terminologiya muayyan lugʻat, shaxsiy kuzatuvlar asosida bajarilgan, biroq hozirgacha maktab darslikalrida tilshunoslik terminlarining ahamiyati borasida maxsus tadqiqot olib borilmagan.
Ushbu magistrlik dissertatsiya ishimiz tilshunoslik terminlarining ona tili ta’limida tutgan o‘rni borasida bo‘lib, terminlarning shakl va tuzilishiga ko‘ra turlarga ajratgan holda tahlil qilish, umumta’lim maktablarida ona tili ta’limi jarayonida tutgan ahamiyati, ularni o‘quvchilarga tushuntirish orqali mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqotimiz obyekti qilib 5-, 6-sinf “Ona tili” darsliklarida qo‘llanilgan tilshunoslik terminlari, ularning fan doirasida va ta’lim tizimidagi ahamiyati qay darajada ekanligi tahlili asos qilib olingan.

Download 138,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish