5A111201 – O‘zbek tili va adabiyoti Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiy a ilmiy rahbar: Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Boltayev M. Samarqand 2022



Download 138,35 Kb.
bet9/42
Sana22.07.2022
Hajmi138,35 Kb.
#835667
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
Magistrlik ishining oxirgi varianti

I.3. Bob bo‘yicha xulosa
O‘zbek tilshunoslik terminologiyasi ham boshqa tillar terminologiyasi singari doimo tashqi va ichki manbalar asosida boyib rivojlanib borayotganligini yuqoridagi tadqiqotlardan ko‘rish mumkin. O‘zbek tilshunoslik terminologiyasining shakllanish va taraqqiyot jarayoni shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi: 1- bosqich – 1920- 1940- yillarni qamrab oladi va ona tilida bir qadar sodda darslik va qo‘llanmalarning yaratilishi hamda tilshunoslik terminlarining to‘liq shakllanmaganligi bilan xarakterlanadi. 2- bosqich – 1940-1990- yillarni o‘z ichiga oladiva rus grammatikalari asosida milliy grammatikalarni yaratish, tilshunoslik terminologiyasining barqororlashuvi bilan ajralib turadi. 3- bosqich – respublika mustaqilligi yillaridagi taraqqiyot bosqichi bo‘lib, milliy darsliklar yaratish barobarida o‘zbek tilshunoslik terminologiyasini ham milliylashtirish harakati bilan avvalgi bosqichlardan farqlanadi. O‘zbek tilshunoslik terminologiyasi mustaqillik yillaridan oldin va keyin bir qacha tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan.
Umuman olganda, o‘zbek tilshunosligida grammatikani o‘ranish o‘tgan asrning 20- yillarida Fitratning sayi –harakatlari tufayli yaratilgan “ Sarf “ ( arabcha sarf- turlanish, tuslanish ) va “ Nahv” ( arabcha nahv- tomon; chekka; sintaksis ) darsliklaridan boshlandi. Shu tariqa o‘zbek tili tilshunoslik terminlari shakllana boshladi.

IKKINCHI BOB
AZIM HOJIYEVNING “O‘ZBEK TILINING LINGVISTIK
LUGʻATI”NING LEKSIKOGRAFIK TAHLILI
II.1. Lugʻatining tuzilishi.
Ilm-fanning barcha sohalari bo‘yicha davr talablariga javob beradigan terminologik tizimlarni va u asosida terminologik lugʻatlar yaratish shu soha olimlari oldida turgan eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu bilan birga, bularni amalga oshirish nihoyatda murakkab va katta kuch talab qiladigan ish ekanligi ham shubhasiz.
Umuman olganda, terminologiyaga oid barcha ishlarning muvaffaqiyatli hal etilishida har bir sohaga oid terminlarni to‘la qamrab oladigan terminologik lugʻatlarni tuzib, tayyorlashda o‘zi atayotgan tushunchaning, narsa-hodisalarning mohiyatini qay darajada, to‘gʻri, to‘la va aniq ifodalashini belgilab olish muhimdir. Bu bilan muayyan bir terminning talabga qanchalik javob berishi va javob bermasligi aniqlab olinadi. Ana shunday lugʻatlar yaratilmaguniga qadar terminologik tizimdagi har xil salbiy hodisalar, masalan, ayni bir tushunchani ifodalash uchun birdan ortiq terminning qo‘llanish holatlari va , aksincha , bir necha hodisalarni ifodalash uchun bir terminning qo‘llanishi, hodisaning mohiyatini to‘la aniq ifodalay olmaydigan terminlarning mavjud bo‘lishi kabi va boshqa salbiy hodisalar davom etaveradi. Bunday nomaqbul hodisalarni esa ilm-fanning xohlagan sohasiga oid adabiyotlarda – ilmiy ishlardan tortib darslik va qo‘llanmalarda, uslubiy ishlarda, shuningdek, boshqa manbalarda ham ko‘plab uchratish mumkin.
Demak, har bir sohaga oid tushunchalarni iloji boricha to‘la qamrab oladigan, hodisaning mohiyatini to‘gʻri, to‘la va aniq aks ettiradigan terminlarni qamrab oladigan izohli terminologik lugʻatlarni yaratish muayyan soha mutaxassislarining eng birinchi vazifalaridan biri hisonlanadi. Tilshunoslikning lugʻatshunoslik sohasida o‘zbek tilshunos olimlaridan Sh.Raxmatullayev, A.Gʻulomov, N.Mamatov, E.Begmatov, R.Shukurov va boshqalar ilmiy-amaliy faoliyat olib borganlar hamda bu borada sezilarli ishlarni amalga oshirganlar.
Tilshunoslik terminlari bo‘yicha samarali ish olib borgan atoqli tilshunosdan biri Azim Hojiyev bu sohaning rivojlanishi va taraqqiyoti uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shagan olimlardan biri hisoblanadi. Biz dissertatsiyamizning mazkur bobida Azim Hojiyevning “O‘zbek tilining lingvistik lugʻati“ asarini imkoniyatimiz doirasida tahlil qilishga harakat qilamiz.
Tilshunos olim Azim Hojiyevning ushbu asari o‘zbek tilining tilshunoslik terminlari izohlangan dastlabki izohli lugʻat hisoblanadi. Lugʻatda izohlanayotgan terminning izohini berishdan oldin uning qaysi tildan olinganligi haqida ma’lumot keltirilgan.
Tilshunos olim Azim Hojiyev o‘zbek tilshunosligi bilan shugʻullanadigan yosh olimlar, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari, aspirantlar, magistrantlar, talabalar, o‘quvchilari uchun o‘zbek tilining qonun-qoidalari, grammatik qurilishi, leksik, morfologik, fonetik, fonologik xususiyatlarini ifoda etuvchi terminlarini to‘plab, birinchi marta o‘zbek tili lingvistik terminlarining izohli lugʻatini “O‘qituvchi” nashryotida 1985-yil chop ettirdi[28.1985]. Bu lugʻat o‘zbek tilshunosligida ishlatilib kelinayotgan terminlarning asosiy qismini qamrab ololmaganligi va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilshi munosabati bilan chuqur tahrir qilinib, qayta nashr etilishi kun tartibiga qo‘yildi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tilimizning mamlakatimizda barcha sohalarda qo‘llanish huquqini berdi. U turmushimizning barcha sohalarida, ayniqsa ilm-fanning barcha sohalarida qo‘llanadigan bo‘ldi, maktabdan tortib oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek guruhlarida barcha fanlar o‘zbek tlilda o‘qitilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, har bir sohaning asosan o‘zbekcha so‘zlardan iborat terminolgiyasini yaratish masalasini kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Azim Hojiyev aynan mana shu masalalarni inobatga olgan holda lingvistik terminlar lugʻatini qayta ishlab, to‘ldirib, keng qo‘llanishda bo‘lmagan terminlarni chiqarib, ruscha, ruscha-baynalmilal terminlarni, imkon darajasida bo‘lsa-da, qo‘llanishda bo‘lgan yoki yangidan yaratilgan o‘zbekcha terminlar bilan almashtirib, lug‘atni qaytadan ishlab chiqdi.
Azim Hojiyev yaratgan ushbu lingvistik terminlarning izohli lugʻati o‘zbek tilshunosligida qo‘llanib kelinayotgan barcha terminlarini o‘z ichiga qamrab olmaydi, albatta. Lugʻatga amaliyotda eng ko‘p qo‘llanib kelinayotgan terminlar kiritilgan. Bunda, avvallo, maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun nashr etilgan darsliklar, turli tipdagi qo‘llanmalarda faol ishlatib kelinayotgan terminlar kiritilagan. Shunindek, oliy o‘quv yurtlarida tishunoslikning barcha sohalari bo‘yicha o‘qiladigan kurslarda, tilshunoslikka oid ilmiy ishlarda tez-tez uchrab turadigan terminlar ham kiritilgan.
Lugʻat so‘zligini belgilashda, ya’ni u yoki bu terminni lugʻatga kiritish- kiritmaslikda uning o‘zbek tiliga oid adabiyotlarda, tilshunoslik kurslari bo‘yicha o‘qish-o‘qitish ishlari jarayonida qo‘llanish-qo‘llanmasligiga, qo‘llanish darajasiga e’tibor berilgan. Aniqroq qilib aytganda, o‘zbek tilida bor, shu tilga xos hodisalarni va barcha tillar uchun umumiy hodisalarni ifodalovchi terminlargina lugʻatga kiritilgan. Boshqa tillarga oid bo‘lgan hodisalarni ifodalovchi terminlar lugʻatga kiritilmagan. Masalan, o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan hodisalarni bildiruvchi аблаут, артикль, аорист kabi terminlar lugʻat tarkibiga kiritilmagan.
Ayrim hodisalarning o‘zbek tilida ma’lum belgilari bo‘lsa yoki shu hodisaning bor-yo‘qligi haqida fikrga kelinmagan bo‘lsa, ularni atovchi terminlar lugʻatga kiritilgan va ularga ma’lum izoh, tushuntirishlar berib o‘tilgan.
Lugʻatni tuzishda o‘sha davrdagi ilmiy adabiyotlar va maqolalardagi ilmiy-nazariy fikr-mulohazalardan ham foydalanilgan. Lugʻat 1700 ga yaqin terminni o‘z ichiga olgan. Terminlar lugʻatda qat’iy alifbo tartibida berilgan, bu esa foydalanuvchilarga anchayin qulaylik yaratadi. Ushu lugʻat tarkibiga kiritilgan terminlar izohini muallif iloji boricha to‘laroq yoritib berishga harakat qilgan.
Umuman olganda, lingvistik lugʻatlar haqida gapiriladiganda, tilning ijtimoiy hodisa ekanligi, shu tufayli mazkur soha ko‘pgina ijtimoiy sohalar bilan aloqador ekanligini e’tiborga olish lozim.
Tilshunoslik – tillar, ularning turli o‘ziga xos jihatlari, qoidalari, qonunlari, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan. Bu, umuman, tabiiy inson tili, dunyoning barcha tillari uchun xos xususiyat hisoblanadi. Tilshunoslik ilmiy va amaliy kabi turlarga bo‘linadi. Ko‘pincha tilshunoslik ilmiy tilshunoslik deb tushuniladi. Shu tufayli uning tuzilmasi ham murakkab, tilshunoslik ichki tuzilish jihatidan katta-katta bo‘limlardan tashkil topadi. Shuningdek, bu bo‘limlarning o‘ziga xos terminologik tizimi mavjud.
Mukammal tilshunoslik terminlari lugʻatlarida tilga oid va til bilan bogʻliq barcha atamalar o‘z izohini topishi lozim. Bunday lugʻatlar orqali tillarning milliy va xalqaro miqyosdagi nomi, har bir atamasi etimologik izohi bilan birga yoritib borilishi ko‘zda tutiladi. Zero, tilshunoslik ham ijtimoiy, ham aniq fan sifatida qat’iylikni talab etadi. Tilshunoslik terminlari lugʻati esa tildagi atamalardan togʻri foydalanishda qo‘l keladi.
Tilshunoslikning ichki bo‘limlari uchun yaratilgan alohida lugʻatlar ham mavjud bo‘lib, ularda ko‘proq sof ilmiylikdan ko‘ra, ijtimoiy ommaboplik muhum o‘rin tutadi. Tilshunoslik terminlarini shu soha vakillari to‘la anglashi shart, zero tilshunoslikdagi ko‘plab muhum asarlar sof ilmiy uslub asosida yaratilgan. Bu lugʻat bilan tanish bo‘lgan ilm toliblari tilning mohiyatini to‘laligicha anglashda qiyinchilikka uchramaydi. Azim Hojiyevning ushbu lugʻatida ham aynan tilshunoslikka oid terminlar izohini to‘laroq ochib berishga harakat qilingan. Bu lugʻatdan foydalanuvchilarning safi kundan kunga ortib bormoqda. Bu lugʻat o‘z zimmasiga olgan vazifani to‘la o‘tab kelmoqda.
Mustaqillik yillarida bu lugʻat ustida bir qancha tilshunoslar ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. Jumladan, Ne’mat Mahkamov va Ixtiyor Ermatovlar bu lugʻatni qaytadan tahrirlab, 2013-yilda “Fan” nashriyotida chop etdilar. Bu lugʻatning oldingisidan farqi, birinchidan, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchidan, izohlar umumta’lim maktablari, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun yaratilgan ona tili darsliklarida qo‘llanilgan lingvivistik terminlarini to‘liq qamrab olgan. Ushbu lugʻatdan ham hozirgi kunda keng foydalanib kelinmoqda.
Azim Hojiyevning ushbu lingvivistik terminlar lugʻatida ham boshqa terminologik lugʻatlarda bo‘lgani singari terminlar alifbo tartibi bilan berilgan. Boshqa tillardan o‘zlash o‘zlashgan terminlar qavs ichida qaysi tildan, qanday so‘z yoki til unsurlari asosida o‘zlashganligi ko‘rsatilgan. Fikrimizni aniq misollar bilan dalillashga haraakat qilamiz. Masalan: Fonetika (yun. phonetike – tovushga oid < phone – tovush ). Lugʻatda bu terminning ikkita ma’nosi aks ettirilgan. 1. Tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil bo‘lish usullari va akustik xususiyatlarini; bo‘gʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlari va sh.k.larni o‘rganuvchi bo‘limi. Tilning tovush tarkibini o‘rganishda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga ko‘ra fonetikaning quyidagi turlari farqlanadi. 1) umumiy fonetika (q) ; 2) tarixiy fonetika (q) ; 3) qiyosiy fonetika (q) ; 4) eksperemental fonetika (q).
2. Ma’lum tilga xos tovushalarning artukulatsion (fiziologik) va akustik xususiyatlari, muayyan tilning fonetik tuzilishi: O‘zbek tili fonetikasi. Rus tili fonetikasi[60. 122-b].
Azim Hojiyev tilshunoslik terminlarini tushunarli tarzda izohlab bergan. A.Hojiyev “Lingvistik terminlarning izohli lugʻati”ni [60. 1985] oradan o‘n yetti yil o‘tib, qayta ishladi, lugʻatni mukammalashtirish yo‘lidan bordi va o‘n bir bosma taboqli “Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati”ni [60. 168] nashr ettirdi. Ushbu lugʻat “So‘zboshi”, “Lugʻatning hajmi va tuzilishi”, “Shartli qisqartmalar”, “Asosiy qism”, (Alifbo bo‘yicha joylashtirilgan terminlarning izohi), (Ko‘rsatkich” – qisqacha o‘zbekcha-ruscha terminologik lugʻat) qismlaridan iborat bo‘lib, lingvistik terminlar quyidagicha izohlangan:

Download 138,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish