5A111201 – O‘zbek tili va adabiyoti Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiy a ilmiy rahbar: Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Boltayev M. Samarqand 2022


I.2. O‘zbek tilshunosligida tilshunoslik terminlarining o‘rganilishi



Download 138,35 Kb.
bet6/42
Sana22.07.2022
Hajmi138,35 Kb.
#835667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Magistrlik ishining oxirgi varianti

I.2. O‘zbek tilshunosligida tilshunoslik terminlarining o‘rganilishi
Hozirgi o‘zbek terminologiyasining shiddat bilan taraqqiy etishi til lugʻat tarkibining boyishi va takomillashuviga olib keldi. Terminga xos belgilardan biri uning izohi va ta’rifiga oydinlik kiritish, terminning ma’noviy qurshovida mavjud qo‘shimcha semalarni yuzaga chiqarish ilm-fan tilining rivojlanishida, o‘zga sohaga oid terminologik tizimlar tarkibida yaqqol seziladi. Bugungi o‘zbek terminologiyasining boyishida yuqorida zikr etilgan jihatlar hamon ustunlik qilmoqda. O‘z qatlamining salmoqli o‘rni qatori, o‘zlashmalarning ham sezilarli mavqeyi saqlanib qolmoqda. O‘zlashmalarning til terminologiyasi boyishidagi o‘rnini birgina internet terminlari misolida ko‘rish mumkin. Olib borilgan izlanishlar o‘zbek tili internet terminologiyasining 54 %ini o‘zlashmalar, chunonchi, rus tilidan o‘zlashgan internet terminlari 31 %, ingliz tilidan aynan o‘zlashgan baynalmilal internet terminlari 23 %ni tashkil etishini ko‘rsatgan[ 12. 2019. 15-b].
Hozirgi paytda dunyo tilshunosligining diqqat markazida turli xil mavzular bilan birga terminologiya ham turibdi. Aynan shu davrda zamonaviy tilshunoslik fanida yanada keng ma’no kasb etgan va chuqurroq o‘rganilayotgan “terminologiya”ni topish mushkul vazifalrdan biri hisoblanadi. Terminologiya – maxsus leksikani o‘rganuvchi fan bo‘lib, terminlarning kelib chiqishi, shakli, ma’nosi, vazifasi va qo‘llanilishi kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi. Terminologiya zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning aktual yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi vaqtda terminologiya masalasining o‘sib borishi, bir tomondan, ilm-fanning dinamik rivojlanishi tufayli yangi tushunchalarning ko‘payib borishi sababli deb qaralsa, ikkinchi tomondan, terminlarning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va funksiyasi kabi masalalarning yetarli darajada o‘rganilmaganligi bilan bogʻliq hodisa deb izohlanadi [ 11. 2009. C 5].
O‘zbek terminologiyasi bir necha asrlik shakllanish va tarqqiy etish bosqichlarini bosib o‘tdi. Bu bosqichlarda o‘zbek terminologiyasi nafaqat o‘z ichki imkoniyatlari, shuningdek, qarindosh bo‘lmagan tillar boyliklaridan o‘rni bilan foydalangan holda rivojlanish yo‘lida davom etdi. Terminlarning shakllanish hamda yasalish yo‘llari xususida so‘z ketganda, quyidagi jihatlarni inobatga olish taqozo etiladi: a) o‘z milliy tilning tayyor leksik boyliklaridan unumli foydalanish; b) boshqa tillarning so‘z boyliklaridan o‘rni bilan istifoda etish (o‘zlashtirish); d) tayyor standart terminelementlar (o‘zbekcha va baynalmilal)ni qo‘llash; e) morfologik (affiksatsiya, abbreviatsiya), i) sintaktik (kompozitsiya) va j) semantik so‘z yasalishi vositalariga murojaat qilish.
Barcha tillardagi kabi, o‘zbek tilida ham terminlar quyidagi yo‘llar bilan hosil bo‘ladi: 1) umumtil boyligidan, ichki imkoniyatlardan foydalanish asosida: uchburchak, urgʻu, qo‘lyozma, ega, kesim, aniqlovchi, qo‘shimcha va hokazo kabilar; 2) chet tillardan tayyor terminlarni qabul qilish bilan: plyus, minus, fonema, biologiya, atlas, atom, gramm. Terminologiya keng ma’noda leksikaning bir qatlami bo‘lib ijtimoiy hayotning turli sohalarida qo‘llaniladigan terminlar majmuyidir. Terminologiya tor ma’noda fan, texnika, sport, madaniyat, adabiyot, san’at yoki ishlab chiqarish sohalariga xos terminlar yigʻindisini tashkil etadi. Fan-texnika, adabiyot, san’at va ishlab chiqarishning taraqqiy eta borishi bilan terminologiya ham rivojlanib, yangi terminlar paydo bo‘la boradi. Eskirib qolgan terminlar esa iste’moldan chiqib ketadi. Tilshunoslikda terminlarni tartibga solish masalasi har doim ham dolzarb bo‘lib kelgan. Har bir soha terminologiyasini tartibga solish bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Aytish mumkinki, boshqa sohalar kabi tilshunoslikda ham terminlarsiz ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, ayniqsa ta’lim-tarbiya bilan shugʻullanish juda mushkuldir. Shu boisdan ham tilshunoslik terminlarining ona tili ta’limida tutgan o‘rni beqiyos. Ma’lum fan, texnika, sport, sanoat yoki madaniyatga xos maxsus tanlangan so‘z yoki so‘z birikmasi termin deb ataladi. Termin ifoda etayotgan biror so‘zning mazmuni mavzuli biror adabiyotda izohlash orqali talqin qilinadi. So‘z ifodasi lingvistik termin deb hisoblanishi mumkin. “So‘z ifodasi insonning har qanday nutqi bo‘lib, u sukutdan oldin yoki keyin ifoda etilishi mumkin”. Terminlar muayyan fan yoki soha doirasidagi tushunchani ifodalab keladi. Fanlarning tabiatiga va o‘rganish metodlariga mos ravishda maxsus terminlar tanlanadi. Bunday terminlar ilmiy izlanishlarning o‘ta muhim qismi bo‘lib, tadqiqot uchun katta ahamiyatga ega. Chunki terminlar ilm-fanning, texnika, sanoat va boshqa turli sohalarning taraqqiy etishi, rivojlanishiga asos bo‘ladi. Har qanday fan doirasida unga oid ilmiy terminlarning o‘rni, albatta, beqiyos. Tilshunoslik sohasida ham terminlar doimo diqqat markazda turuvchi omillardandir. Aynan hozirgi davrda, zamonaviy tilshunoslikda terminologiya masalasi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Terminologiya zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi vaqtda terminologiya masalasining dolzarbligi, bir tomondan, ilm-fanning dinamik rivojlanishi tufayli yangi tushunchalarning ko‘payib borayotganligi sababli deb qaralsa, ikkinchi tomondan, terminlarning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va vazifasi kabi masalalarning yetarli darajada o‘rganilmaganligi bilan bogʻliq deb ham izohlanadi.
Terminlar so‘z boyligining ancha katta qismini tashkil etadi. Uning juda tez rivojlanishi ham bejiz emas. Chunki u yangi so‘zlar yasalishi doirasida iste’molda ko‘payib boradi. Tilning terminolagiyasi ko‘plab terminlar tizimidan tashkil topadi.
Har qanday rivojlanayotgan soha borki, unda albatta, yangi terminlar tanlanishi, paydo bo‘lishi, kirib kelishi tabiiy hol. Ona tilimiz lugʻati tarkibini ham turli-tuman terminlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbek tilshunosligida, xususan, uning terminologiyasi bo‘yicha bir qator doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari yozilganligi, ko‘plab ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar e’lon qilinganligi, turli sohalar terminologiyasiga doir ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilganligi bu sohaga bo‘lgan e’tiborning qay darajada dolzarbligidan dalolat beradi.
Tilshunosligimizning barcha sohalarida nazariy masalalarni tobora chuqurroq, kengroq, teranroq tadqiq etish sari dadil qadamlar tashlanmoqda, qator yangi ishlar yuzaga kelmoqdaki, ularni amaliy jihatdan iste’molga tatbiq etish ham tezlashmoqda. Turli tipdagi, ya’ni bir tilli, ikki yoki undan ortiq tilli, umumfilologik yoxud sohalarga oid terminologik lugʻatlarning nashr etilayotganligini tilshunoslarimiz erishayotgan yutuqlarining yorqin namunasi deyish mumkin.
Ma’lumki, til shu til egasi bo‘lgan millatning tarixi, adabiyoti, moddiy-ma’naviy dunyosini butun borligʻicha o‘zida aks ettiruvchi yorqin ko‘zgu bo‘lib, uning mehnati va ijtimoiy faoliyati bilan uzviy bogʻliq ravishda rivojlanadi. Shu bois jamiyatda sodir bo‘lgan har qanday voqelik yoki o‘zgarish, birinchi navbatda, tilda o‘zini namoyon etadi. Tilning, uning lugʻat tarkibining muntazam boyib borishi jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan yangi tushunchalarni ifodalovchi yangi-yangi so‘zlar, atamalar, nomlarning vujudga kelishi hisobiga sodir bo‘ladi. Jamiyatdagi har qanday o‘zgarish, birinchi navbatda, tilning lugʻat tarkibida o‘z aksini topadi. Jamiyat taraqqiyotidagi ma’lum bir davrda u yoki bu soha terminologiyasining muayyan bir doira ko‘lamidan chiqib, umumxalq nutqida ham keng foydalanish holatlari kuzatiladi. Tilning lugʻat tarkibi, uning leksik-semantik tizimi doimo o‘zgarib boradi, ayni zamonda, jamiyat uchun keraksiz holga kelib qolgan tushuncha yoki narsa-buyum nomlarini ifodalab kelgan so‘zlar arxaik so‘z sifatida iste’moldan chiqib ketadi va uning o‘rnini yangi paydo bo‘lgan so‘zlar egallaydi. Iste’moldan chiqib qolgan so‘zlar miqdori yangi paydo bo‘lgan so‘zlarga nisbatan anchagina kam bo‘ladi.
Lugʻat tarkibining yangi so‘zlar hisobiga muntazam boyib borishi bilan til ham taraqqiy eta boradi. Tilda paydo bo‘layotgan yangi so‘zlarning ko‘pchilik qismini terminlar tashkil etadi. Bugungi kunda shiddat bilan kechayotgan fan va texnika taraqqiyoti yangidan yangi terminlarni vujudga keltiradi, ayni zamonda, terminlar ham fan va texnikaning taraqqiy etishiga zamin yaratadi.
Ma’alumki, tilda keng iste’moldagi so‘zlar asl va bir necha ko‘chma ma’nolarga ega bo‘ladi. Ko‘p ma’noli so‘zlarning aniq ma’nosi kontekstda, ya’ni gap tarkibida aniqlanadi. Bunday so‘zlar nutqning ta’sirli, jonli, ixcham va badiiy ta’sirga ega bo‘lishida nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Shu bilan bir qatorda, tilda qo‘llanish doirasiga ko‘ra cheklangan, asosan, birgina ma’noga ega bo‘lgan, birgina tushunchani ifodalovchi so‘zlar ham kam emas. Bunday so‘zlar, xususan, fan, texnika, san’at, siyosat, til va adabiyot, hunarmandchilik kabi turli sohalarda uchraydi. Bu sohalarda hamma diqqat borliqni faqat mantiq jihatdan bilishga qaratilgan. Shuning uchun fan-texnika, san’at, sport kabi qator sohalarda so‘zlarning nihoyatda aniq bo‘lishi talab qilinadi.
Ternim lotincha terminus so‘zidan olingan bo‘lib, chegara, chegara belgisi, chek ma’nolarini anglatadi. Fan, texnika va boshqa sohalarga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi termin deb ataladi. Terminlar bir ma’noli bo‘lishi, ekspressivlik va emotsionallikka ega bo‘lmasligi kabi belgilari bilan ham umumiste’moldagi so‘zlardan farqlanadi. Masalan, gap, ega, ot, son, tovush, fonema, grammatika, morfologiya kabi lingvistik terminlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Lugʻat tarkibining doimiy ravishda boyib borishi ijtimoiy hodisa sifatida til taraqqiyotining eng asosiy qonuniyatlaridan biri hisoblanadi. Leksik taraqqiyot jamiyat rivojlanishining turli davrlarida turli ko‘rinishda, turli darajada bo‘ladi. Yangi so‘z ixtiro qilinmaydi, balki tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarni o‘zaro qo‘shish, so‘zlarga yasovchi qo‘shmchalarlar qo‘shish, ya’ni tilning o‘z ichki imkoniyatlari hisobiga vujudga keladi. O‘ylab topilgan so‘zlar juda ham kam sonni tashkil etadi. Rus tilshunosi E.A.Zemskaya bu haqda shunday yozadi: “'Bir dam o‘ylab ko‘raylik, yangi so‘z eskisi bilan butunlay bogʻlanmagan holda yasaldi, deylik. U holda tilni egallash juda qiyin bir ahvolga kelib qolar yoki buning umuman imkoni ham bo‘lmas edi. Lugʻat tarkibini kengaytirish yo‘sini undan foydalanishni yanada qulaylashtirish, eng asosiysi, tildagi mavjud o‘zaro bogʻlangan so‘zlar orqali real hayotdagi o‘zaro bogʻlangan voqea-hodisalarni ifodalashdan iboratdir. Shunday qilib, so‘zlarning tildagi o‘zaro aloqasi real predmet va mavjud voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aks ettiradi'' [ 23. 1963. C 10].
Terminlarning muhim xususiyati shundaki, ular ko‘p ma’noli bo‘lmaydi. Termin sifatida qo‘llaniladigan sohada ko‘chma ma’nolarda ishlatilishi nihoyatda kam uchraydi. Masalan: ko‘pgina tillarda bo‘lgani singari o‘zbek tilida ham operatsiya so‘zi termin sifatida: 1) tibbiyot sohasida yorish, kesish, kesib olib tashlash , yangisini solish va shu yo‘llar bilan kasallikni tuzatish, davolash ma’nosida: 2) harbiy sohada biror vazifa va maqsadni amalga oshirishga qaratilgan urush harakatlari ma’nosida; 3) davlat idoralarida rasmiy muomala (masalan: bank operatsiyasi, pochta operatsiyasi kabi) ma’nolarida qo‘llaniladi. Har bir soha terminologyasining shakllanish jarayoni adabiy tilga xos bo‘lgan omonim, sinonim va boshqa leksik-semantik ko‘rinishlar bilan bogʻiiq holda kechadi. Lekin ushbu holatlar o‘zbek terminologiyasining barcha sohalari uchun bir xilda emas. Xususan, hozirgi o‘zbek ilmiy-texnik terminologiyasida avj olgan salbiy hodisalardan biri – ko‘p shakllilik, ya’ni sinonimiyadir. Bunda birgina tushunchani ifodalash uchun turli so‘z (yoki so‘z birikmalari) qo‘llanadi. Garchi bunday holat vaqtinchalik bo‘lib, terminlarni tartibga solish jarayonida bartaraf etilsa-da, ammo ma’lum davr mobaynida shu terminlardan foydalanish jarayonida turli qiyinchiliklar va chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin. Shuni alohida qayd etish kerakki, terminologiyada birgina tushunchani ifodalashda qo‘llanadigan turli terminlarni qanday atash masalasida munozaralar ham mavjud. Chunonchi, ba’zi tilshunoslar terminologiyada neytrallik bo‘lishini hisobga olib, bir tushunchani anglatuvchi turlicha ifodalarni “dublet terminlar” deb atashsa, boshqa bir qator olimlar esa uni “sinonim termin” deb ham atash mumkinligini qayd etganlar. Ba’zi olimlar esa, terminologiyadagi sinonimlik umumadabiy tildagidan birmuncha farq qilishini va shu boisdan ham ularni “dubletlar” deb aytayotganliklarini qayd etganlar. Umuman, nafaqat terminologiyada, hatto tilshunoslikda ham “sinonim”, “dublet” va “variantlilik” kabi tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari aniq belgilanmagan hamda ularni farqlash masalasi hali to‘laligicha hal etilganicha yo‘q.
O‘zbek tilshunoslik terminlarining o‘rganilishi haqida so‘z borganda, bu borada tilshunos olimlarimizning qilgan amaliy ishlarini ham ta’kidlab o‘tmoq maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirgi kunga qadar tilshunoslik terminlarini o‘zida jamlagan A. Hojiyevning “ Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati “ kitobidan unumli foydalanib kelinmoqda. Bu lugʻatni Ixtiyor Ermatov va Ne’mat Mahkamovlar qayta ishlab chiqdilar va 2013- yilda nashr ettilar. Bu lugʻatning oldingisadan farqi unda kasb- hunar kollejlari va akademik litseylar ona tili va o‘zbek tili darsliklaridagi tilshunoslik terminlari kiritolgan.
Umuman olganda, o‘zbek tilshunosligida grammatikani o‘ranish o‘tgan asrning 20- yillarida Fitratning sayi –harakatlari tufayli yaratilgan “ Sarf “ ( arabcha sarf- turlanish, tuslanish ) va “ Nahv” ( arabcha nahv- tomon; chekka; sintaksis ) darsliklaridan boshlandi. Uning “Sarf“ darsligi 1925-yilda “Nahv“ darsligi esa1930- yilda nashr etilgan[24.39-b]. 1037-yilda Q.Ramazonov va H.Qayumovlarning ham “ Sarf” asari nashr etildi. Oradan bir yil o‘tib, O.Usmon va B. Avizovlarning darsligi yuzaga keldi va u 1939- yilda qayta nashr etildi.
O‘tgan asrning 30-yiilari oxiriga qadar sarf, ya’ni morfologiya bo‘yicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ilk darsliklar yaratildi. Ilmiy izlanishlarning samarasi bo‘lgan ushu darsliklarda fonetika masalalari qamrab olingan, o‘zbek tilining morfologik xususiyatlari alohida yoritilgan va tavsiflangan. “O‘zbek tili grammatikasiga oid asarlarning yuzaga kelishi bilan, – deb yozadi Sh.Bobomurodova, – tilshunoslik terminlari shakllana boshladi. Bu borada Fitrat, Q.Ramazon, Munavvarqori, Sh.Rahimiylar qatorida, garchi grammatikaga doir asar yozmagan bo‘lsa-da, Elbekning ham alohida xizmati bor”[20. 8-b].
20- 30- yillarda o‘zbek tili morfologiyasining yartilishida fitratning alohida o‘rni borligini ta’kidlash lozim. Xususan unin “Navh” darsligida shumday deyilgan: “ So‘z- ma’no bildirgan tovushlar to‘dasidir. So‘z bo‘lish uchun ma’no bildirish, ohang va bosim egasi bo‘lishi lozim. So‘z : ot, sufat, fe’l, olmosh, ko‘makchi so‘zlar kabiqismlarga ajraladir”[24. 10-b]. So‘z turkumlarining turlari hozirgi davrdagiga nisbatan bu qadar kam tavsiflanganligini ilmiy izlanishlarning endigina boshlanganligi bilan izohlash mumkin. Qolaversa, o‘sha davr tilshunosligida so‘z turkumlari masalasining o‘rtaga qo‘yilmaganligi, ikkinchidan, o‘zbek tili leksemalari xususida aniq bir tasavvurga ega bo‘lmaganligi ham buning sabablaridandir. Shunga qaramay, Fitrat darsligida o‘z ifodasini topgan ot, sufat (sifat), fe’l, olmosh, ko‘makchi kabi so‘z turkumlarini anglatuvchi terminlarning hozirda ham qo‘llanayotganligi ahamiyatlidir. Fitratning bu darsligi nashr qilinguniga qadar ayrim maqolalar va boshqa manbalarda son o‘rnida adad, olmosh o‘nida zamir, fe’l o‘rnida ishlik kabi terminlardan foydalanilgan edi. Lekin ularning “umri” qisqa bo‘ldi, ya’ni boshqa terminlar bilan almashtirildi.
Umuman olganda, o‘tgan asrning 40-yillarigacha nashr etilgan darsliklarda morfolagiya alohida fan sohasi sifatida o‘rganildi, shu orqali garmmatik terminlar tizimi shakllandi. O‘sha paytda yaratilgan terminlarning barchasi hozirda to‘liq amalda qo‘llanmasa ham, ular keyingi davr tilshunoslik terminologiyasining taraqqiyoti uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Demak, o‘zbek tilida dastlabki tilshunoslik terminlari o‘tgan asrning yigirmanchi yillaridan boshlab nashr qilina ashlagan tilshunoslikka oid darsliklarda dastlab ko‘zga tashlana bordi. Bu davrda yaratilgan adabiyotlardagi terminlarning aksariyati bugungi kunda ishlatilayotgan terminlarda bir muncha farq qilishi tabbiy hol. Lekin, o‘sha davrdagi terminlar hozirda ishlatilmasada, hozirgi terminolagiyaning rivojlanishiga dastlabki qadamlar bo‘ldi deyish mumkin.
O‘zbek tili terminologiyasini o‘rganishda bir qancha olimlar o‘zlarining nomzodlik va doktrlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar va bu borada tadqiqotlar olib borganlar. Keyingi davrda tilshunoslar tilshunoslikning hozirgi davrdagi tarqqiyotiga erishish uchun jiddiy tadqiqot ishlari olib borishlari kerak edi. Xususan, morfologiya bo‘yicha izlanishlar o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlandi. X.Komilova[45. 1953] , S.Fuzailova[47. 1953], A.Gʻulomov[48. 1954. 88-b] kabi tilshunoslarning dastlabki tadqiqotlari morfologiyaga bagʻishlanganligi bilan ahamiyatlidir. Ularning asarlari asosida “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili” kitobi yaratildi[49. 528-b].
Keyinroq esa o‘zbek tili morfologiyasi va uning leksik- Grammatik kategoriyalari bo‘yicha monografiyalar nashr etila boshlandi, dissertatsiyalar himoya qilindi. A.Hojiyev [50.192-b], S.Nizomoddinova [51.96-b], T.Rustamov [52.1965], singari olimlarning tadqiqotlari yuzaga keldi. Shu tariqa o‘zbek tilining tilshunoslik terminlari sekin astalik bilan olimlar tomonida yaratilga ilmiy iszlanishlar orqali boyib bordi.
1975-yilida A.Gʻulomov, Sh.Raxmatullayev, M.Sodiqova, M.Asqarova, A.Hojiyev, S.Fuzailov, Sh.Shoabduraxmonov, R.Qo‘ngʻurovlar tomonidan morfologiya masalari jiddiy yoritilgan “O‘zbek tili grammatikasi” monografik tadqiqoti yuzaga keldi [53. 612-b] . 1980-yilda esa A.Hojiyev va L.Reshetovalar hammuallifligida “O‘zbek tili Grammatik terminlarining qisqacha izohli lugʻati” [ 27. 56-b], 1985 – yilda esa “O‘qituvchi” nashryotida A.Hojiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lugʻati“[28. 144-b]nashr etilgan edi. A.Hojiyev ushbu lugʻatni qayta ishlab mukammallashtirish yo‘lidan bordi va o‘n bir bosma taboqli “Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati yuzaga keldi. Ushbu lugʻat “So‘zboshi“ , “Lugʻatning hajmi va tuzilishi“ , “Shartli qisqartmalar“ , “Asosiy qism“ (alifbo bo‘yicha joylashtirilgan terminlarning izohi) , “Ko‘rsatkich” (qisqacha o‘zbekcha-ruscha terminologik lugʻat) kabi qismlardan tashkil topgan.
O‘zbek tilining ayrim terminologik tizimlari shakllana boshlash tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Tarix, adabiyot, musiqa, tibbiyot, astranomiya, kimyo, matematika, kabi sohalarda yaratilgan asarlarda shu sohalarning terminlaridan foydalanilgan, albatta. Masalan, bir guruh lugʻatshunoslarning takidlashicha, “algaritm so‘zi IX asrda yashagan ulugʻ o‘zbek olimi Muhammad ibn al-Xorazmiy ismidan kelib chiqqan. Arabcha al-Xorazmiy “xorazmlik” degan ma’noni anglatadi yoki lotinlashtirilgan algorathim ko‘rinishida bo‘ladi”[29.28-b]. Biroq o‘bek tilshunoslik terminlarining paydo bo‘lishi, yasalishi tarixi yuqoridagi sohalar terminlariga nisbatan yaqin o‘tmish mahsulidir.
O‘zbek tilshunosligi va terminolagiyasining shakllanish tarixini o‘rganish muammosi har doim muhim masalalardan bo‘lib kelgan. Bu borada esa tilshunos olimlar o‘zlarining ilmiy izlanishlarini olib borganlar va turli ilmiy maqolalar, nomzodlik va dotrlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar.
Fitrat birinchilardan bo‘lib, “tilimizning belgili qoidalarini” ishlab chiqdi va o‘zbek tili fonetikasi, morfologiyasi sintaksisiga oid tushunchalarni ifodalovchi terminlarni yaratdi.
Ma’lumki, grammatikaning tekshirish obyekti, gapning qurilish materiali haqidagi lisoniy tushuncha dastlab lafz hamda kalima terminlari bilan ifodalangan. Fitrat esa mazkur tushunchani o‘zbekcha so‘z termini vostasida ifodalaydi va unga shunday tarif beradi: “so‘z bir ma’noni bildirgan, o‘ziga maxsus ohangi va bosimi bo‘lgan tovushlar to‘dasidir”[25. 336-b]. Shunda qilib olim o‘zbek tilshunosligiga so‘z terminini olib kirdi.
Yuqoridagilar ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilshunosligida tilshunoslikka oid terminlarni o‘rganish va ularni amaliyotga tadbiq etish doimo tilshunoslarning diqqat markazida turgan omillardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida ham tilshunoslikka oid bir qancha terminlar fan doirasida qo‘llanib kelinmoqda. Shu bilan birga eskirgan va o‘z vazifasini o‘tab bo‘lgan terminlar o‘rniga yangi tushunchalarni ifodalovchi terminlardan ham foydalanib kelinmoqda.
Til va jamiyatning bir-biri bilan chambarchas bogʻlanganligi ular orasidagi uzviy aloqadan kelib chiqadi. Chunki, jamiyatdagi o‘zgarishlar tilda o‘z ifodasini topishi zarur. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, terminologiya tilshunoslikning juda tez o‘zgaruvchan va anchayin murakkab sohasi hisoblanadi. Rus faylasufi P.A.Florenskiy terminlarning fandagi o‘rnini quyidagicha izohlaydi: “Fanning mohiyati terminologiyani tuzish, aniqrogʻi, joy-joyiga qo‘yishdan iborat…Terminlar hayoti fan tarixining o‘zidir”. Barcha fanlar qatori tilshunoslik fani ham o‘z lingvistik terminlariga ega. Til ta’limiga lingvistik terminlar mohiyatini o‘rganish asosida kechadigan jarayon sifatida qarash mumkin. Ona tilida terminlarning puxta ishlanishi va tartibga solinishi nafaqat darslik va qo‘llanmalar yaratish, ona tilida dars olib borish uchungina emas, balki ijtimoiy hayotda ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Til doimo rivojlanishda, o‘zgarishda, takomillashish jarayonida bo‘ladigan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Chunki til vaqt – davr o‘tishi bilan o‘zida mavjud bo‘lgan ayrim tushunchalardan voz kechadi yoki bo‘lmasa, boshqa bir nom bilan atab, muomalaga kiritadi. Bu inkor qilib bo‘lmas va har qanday til rivoji uchun zarur bo‘lgan hodisalardan biridir. Bashqa tillar qatori o‘zbek tili ham bundan mustasno emas. Tilimizda qo‘llanishda bo‘lgan ayrim tushunchalarni vaqt o‘tishi bilan yangi nom bilan ataymiz va tilimiz lug‘at tarkibining to‘xtovsiz boyib borishini taminlaymiz. Xuddi shuningdek, tilshushunoslik fanining ham o`zlashgan, tarjima qilingan, qayta nomlangan va yasalgan turli terminlar hisobiga boyib borishi tabiiy hol. Lingvistik terminlardan tilshunoslikda unumli foydalanish mazkur fanning mohiyatini yanada kengroq anglab yetishga yodam beradi. O‘zbek tilshunosligida lingvistik terminlar A.Hojiyev, I.R.Ermatov, D.Xudoyberganova, Sh.M.Hamroyeva kabi bir qator tilshunoslar tomonidan atroflicha o‘rganilagan. Ammo, shunga qaramasdan, lingvistik terminlarning o‘rganilishi tadqiq etilishida hali yechimini kutayotgan muammolar yetarli darajada. Bundan tashqari, terminlardan o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan “Ona tili”, “O‘zbek tili” fanlaridan olib borilayotgan ta’lim jarayonida, uslubiy tavsiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklarda terminlardan unumli foydalanilanishning ahamiyati niyoyatda kattadir.
O‘zbek tilshunoslari tomonidan lingvistik terminlar tahlil qilinar ekan, ularni, dastlab, tuzilishiga ko‘ra guruhlarga ajratib o‘rganish yetakchi o‘rin egallaydi. “Ona tili” darsliklarida keltirilgan lingvistik terminlarni ularning shakliy tuzilishiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilish odat tusiga kirganligini ko‘rish mumkin:
1. Sodda terminlar
2. Qo‘shma terminlar
3. Juft terminlar
4. Termin-birikmalar
Bunday tasnif qilishda terminlar tarkibidagi komponentlarga alohida ahamiyat qaratiladi.

Download 138,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish