5A111201 – O‘zbek tili va adabiyoti Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiy a ilmiy rahbar: Filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Boltayev M. Samarqand 2022


II.2. Lugʻatining so‘zligi va terminlar izohi



Download 138,35 Kb.
bet12/42
Sana22.07.2022
Hajmi138,35 Kb.
#835667
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
Magistrlik ishining oxirgi varianti

II.2. Lugʻatining so‘zligi va terminlar izohi.
Lugʻat tarkibiga e’tibor qaratildigan bo‘lsa, unda muallif asosan tilshunoslik sohasida faol qo‘llanishda bo‘lgan terminlaning izohini keltirib o‘tgan. Olim lugʻat tuzishda fan doirasida qo‘llanilayotgan va o‘zbek tili darsliklarida, o‘quv qo‘llanmalarda uchraydigan o‘zbekcha va boshqa tillardan o‘zlashgan terminlarning izohini bergan. Bu borada lugʻatining o‘zida ham quyidagicha ma’lumot keltirib o‘tilgan: “Lugʻat so‘zligini belgilashda, ya’ni u yoki bu terminni lugʻatga kiritish-kirimaslikda uning o‘zbek tiliga oid adabiyotlarda, tilshunoslik kurslari bo‘yicha o‘qish-o‘qitish jarayonida qo‘llanish-qo‘llanmasligiga, qo‘llanish darajasiga e’tibor berildi. Aniqroq qilib aytganda, o‘zbek tilida bor, shu tilga xos hodisalarni va barcha tillar uchun umumiy hodisalarni ifodalovchi terminlargina lugʻatga kiritildi. Boshqa tillarga oid bo‘lgan hodisalarni ifodalovchi terminlar lugʻatga kiritilmadi” [ 60. 5-b].
Lugʻat tarkibiga kiritilgan terminlar izohi to‘liq va batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, terminlaning kelib chiqish manbalari ham keltirib o‘tilgan. Lugʻat tarkibidagi ruscha va rus tili orqali o‘zlashgan terminlar o‘zbekchalashtirilgan. Lugʻatda bunday ruscha, ruscha-baynalmilal terminlardan ham anchaginasi berilgan. Chunki, birinchidan, ular hozirgi lingvistik adabiyoylarda va lugʻatlarda qo‘llanib kelinmoqda. Ikkinchidan, bunday terminlarni lugʻatda bermasak oqibatida o‘quvchi bu terminlar ifodalaydigan hodisalar uchun olingan yangi (o‘zbecha) terminni lugʻatdan topishga qiynaladi yoki bo‘lmasa bu terminni topa olmasligi ham mumkin. Bunday terminlarning lugʻatga kiritilishi terminning o‘zbekchasini topishga yordam beradi. Keyinchalik esa terminning o‘zbekcha varianti butunlay o‘zlashib, ommalashib ketgach, ruscha yoki ruscha-baynalmilal terminni qo‘llashga, lugʻatlarda berishga ehtiyoj qolmaydi. Yana shunga ham ahamiyat qaratish lozimki, bu lugʻatda ruscha va ruscha-baynalmilal ternilarning o‘zbekcha muqobili ham berib borilgan.
Ushbu lugʻat maqolasida keltirilgan terminlarga berilgan izohlarni tasdiqlovchi misollar ham keltirib o‘tilgan. Yana shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joizki, berilgan bunday izohni isbotlovchi misollar barcha lugʻatlarda ham bo‘lavemaydi, balki ma’lum terminlar borki, ular isbot talab qiladi, yana bir guruh terminlar esa isbot talab qilmaydi. Masalan: lingvistika, umumiy tilshunoslik terminlari izohidan so‘ng izohni isbotlovchi misol talab qilinmaydi. Jo‘nalish kelishigi, ergash gap terminlarining izohidan so‘ng esa tasdiqlovchi misol berilishi shart. Shunga ko‘ra lugʻatda faqat zarur hollardagina tasdiqlovchi misollar berilgan. Muallif ushbu lugʻatni tuzishda terminlarning qay darajada keng yoki tor m’no ifodalashini va qanday o‘rinlarda foydalanilishini to‘laroq ochib berishga jiddiy ahamiyat bergan.
Ba’zi terminlarning ma’no hajmi keng bo‘lib, jins tushunchasini ifodalaydi, ayrimlarining ma’no hajmi tor bo‘lib, tur tushunchasini ifodalaydi. Jins tushunchasini ifodalovchi termin uchun tuzilgan lugʻat maqolasi ichida tur tushunchasini ifodalovchi terminlar ham keltirilgan. Ushbu lugʻatda har bir termin maqolasi uchun alohida lugʻat tuzilib, termin ifodalagan tushunchani to‘la yoritib berishga harakat qilgan. Masalan: Urgʻu – turli fonetik vostalar orqali tovush, bo‘gʻin yoki so‘zni ajtatish, shu ajratishga xos kuchli talaffuz. Ajratish obyektiga ko‘ra urgʻuning ikki turi farqlanadi: 1) so‘z urgʻusi, 2) fraza urgʻusi. Akkustik-artikulatsion xossa-xususiyatiga ko‘ra urgʻuning ikki turi farqlanadi.: 1) e k s p i r a t o r u r gʻ u , 2) m u s i q i y u r gʻ u[ 60. 7-b].
Ushbu lugʻat maqolasida terminlarning izohi batafsil keltirilganligi terminlarning yanada tushunarliroq bo‘lishi va foydalanuvchilarga anchayin qulaylik qilshi bu lugʻatning yana bir muhim yutuqlaridan hisoblanadi.
Biz quyida lugʻat maqolasida berilgan ayrim terminlarning izohi va qanday vazifa bajarganligi haqida so‘z yuritamiz. Lugʻat tarkibida ayrim shartli qisqartmalar ham berilgan bo‘lib, bu qisqartmalar o‘quvchilarga lugʻatdan foydalanishda qulaylik yaratadi.
Ayn. – aynan lot. – lotincha
va b. – va boshqalar ital. – italyancha
o‘zb. – o‘zbekcha qiyos. – qiyoslang
kabi qisqartmalar keltirib o‘tilgan [60. 8-b].
Lugʻatda asl o‘zbekcha va boshqa tillardan o‘zlashgan terminlarning izohi berilgan. Biz quyida ushbu terminlardan misollar keltirib o‘tamiz va lugʻatda qanday ta’riflanganligiga ahamiyat qaratamiz. Dastlab asl o‘zbekcha bo‘lgan terminlarning izohi haqida biroz ma’lumotlar keltirib o‘tamiz. Masalan: Aniqlovchi. Narsa-buyumni ifodalaydigan so‘zga tobelanib, uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali bo‘lak; atributiv birikmaning tobe kompanenti: Keng vodiyning q o r a m – t i r tuprogʻi yomgʻirdan keyin bo‘kib yotardi (I. Rahim). Bizning eshon k a b o b- p a z l a r n i n g piri. (A. Qahhor). Aniqlovchining uch turi farqlanadi: 1) sifatlovchi, 2) qaratuvchi, 3) izohlovchi [ 60. 15-b].

Download 138,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish