7-amaliy: Morfologik sath. Grammatik kategoriyalar. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. Reja



Download 175 Kb.
bet1/12
Sana16.06.2022
Hajmi175 Kb.
#676316
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-amaliy


7-amaliy: Morfologik sath. Grammatik kategoriyalar. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari.
Reja:
1.Morfologik sath.
2.Grammatik shakllar va grammatik kategoriyalar.
3.So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari.
Morfologiyaning so‘z shakllari haqidagi ta’limot ekanligi. So‘z atamasi, uning leksik va morfologik sathlarda baravar qo‘llanishi. Leksik sathda leksemaga, morfologik sathda so‘z shaklga teng kelishi.
So‘z shaklning grammatik paradigma ichida qaralishi va zidlik munosabatida bo‘lishi. Zidlanishlar paradigma a’zolarining yashash va rivojlanish asosi ekanligi.
Morfologiyada morfema va uning varianti tushunchasi markaziy o‘rinni egallashligi.
Grammatik ma’no – umumlashgan ma’no ekanligi. Uning tildan tashqaridagi predmetlar, hodisalar, xususiyatlarni aks ettiruvchi nosintaktik, masalan, miqdor, makon, zamon kabi va gap hamda so‘z birikmasi tarkibidagi so‘z shakllarining aloqasini bildiruvchi sintaktik ma’nolarga bo‘linishi va ma’noni muayyan moddiy vositalar yordamida ifodalashi. Grammatik kategoriyalarning so‘z shakllari va leksemalarning o‘zaro zidlanishida yuzaga chiqishi.
Grammatik kategoriyalarga: a) sintaktik birliklarni bog‘lash uchun xizmat qiluvchi (konnektiv – egalik, kelishik) va b) sintaktik birlikni gap qilib shakllantiruvchi (konstitutiv – zamon, mayl, shaxs-son) kategoriyalar kirishi. Grammatik kategoriya tizim va uning ichki tuzilishi morfologik va sintaktik kategoriyalarga bo‘linishi.
So‘z haqidagi nazariyalar. So‘z tushunchasi tilshunoslik tarixida markaziy o‘rinni egallashi, uning tilshunoslikdagi eng noaniq tushunchalardan biri ekanligi.
So‘zning o‘rni masalasidagi ikki yo‘nalish. Birinchi yo‘nalish: so‘z – tilning asosiy birligi (verbotsentrik nazariya).
XX asrga kelib, tabiiy fanlar har qanday narsa zarralarining o‘zaro zidligi va birligidan tashkil topgan yaxlitlik ekanligi yaqqol ochib berilishi munosabati bilan tilshunoslikda ham so‘zning ma’noli elementlarga bo‘linishi haqida fikr yuritila boshlandi. Ikkinchi yo‘nalish: eng kichik ma’noli birlik morfema (Boduen de Kurtene). Shundan so‘ng so‘z ham boshqa birliklar qatoridagi birlik sifatida qarala boshlanganligi. Tilning birlamchi ma’no birligi sifatida morfemaning e’tirof etilishi morfotsentrik nazariyani vujudga keltirganligi.
Natijada bunday nazariyaning asosiy tahlil birligi morfema hisoblanib, so‘z, so‘z birikmasi, lingvistik ramz va uning valentliklari kabi nazariy muammolar ham morfema orqali o‘rganildi57.
So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari sifatida tushuncha ifodalash, shakliy yaxlitlik, fonetik bir butunlik belgilari ko‘rsatilishi. Ularning hammasi mustaqil so‘zlarni ajratishga yordam berishi, yordamchi so‘zlarning chetda qolishi.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish