7-amaliy: Morfologik sath. Grammatik kategoriyalar. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. Reja



Download 175 Kb.
bet8/12
Sana16.06.2022
Hajmi175 Kb.
#676316
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-amaliy

Kesimlik kategoriyasi. Kesim gap bo‘lagi sifatida dunyodagi barcha tillarning sintaktik sistemasida alohida o‘rin tutadi. Uning mavqei turkiy tillarda, ayniqsa, ustun. O‘zbek tilida gapning barcha boshqa bo‘laklari bevosita yoki bilvosita kesimga tortiladi. Bundan tashqari, predikatsiyaning morfologik belgilari ham odatda kesim tarkibida bo‘ladi. Biz aynan ana shu morfologik belgilarga to‘xtalmoqchimiz.
Mayl, zamon, shaxs va son, bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nolarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘zbek tilshunosligida to‘rt kategoriyaga birlashtirish va bu to‘rt kategoriyani fe’lga nisbat berish an’anaga aylangan, chunki yuqoridagi ma’nolarni ifodalovchi shakllar fe’lda juda keng rivojlangan bo‘lib, bir qarashda ularni fe’lga bog‘lash hech qanday munozaraga o‘rin qoldirmaydiganga o‘xshaydi. Ammo shunday holatlar ham mavjudki, fe’l bo‘lmagan so‘zlar ham ushbu ko‘rsatkichlar bilan shakllana oladi, shakllana oladigina emas, bunday shakllanuv zaruriy va qonuniy ham bo‘ladi. Masalan, qiyoslang: Men ishlayman // Men ishchiman
Fe’llarda mayl, zamon, shaxs va son, tasdiq-inkor ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladigan shakllarning o‘ta keng rivojlanganligining sababi shundaki, kesim juda ko‘p hollarda fe’l bilan ifodalanadi va, ikkinchidan, fe’lning harakat-holat, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish bilan aloqador bo‘lgan lug‘aviy ma’nosi zamon, ya’ni tildan tashqarida bo‘lgan (ekstralingvistik) nutq momenti, harakat yoki holatning til­dan tashqarida bo‘lgan voqelikka munosabati hamda harakat bajaruvchisiga aloqalari bilan uzviy bog‘langandir. Mayl, zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor (bo‘lishli-bo‘lishsizlik) ko‘rsatkichlari fe’lgagina emas, kesim vazifasini o‘tashga potensial xoslangan har qanday so‘zga mansub ekan. Bu shakllar kesimni shakllantirishning morfologik jihati bo‘lib, so‘zning kesim pozitsiyasini egallashida vositalardan biridir.
So‘zning kesim darajasiga ko‘tarilishida qator boshqa vositalarning ham mavjudligi talab etiladi. Xususan, pozitsiya, gapning boshqa bo‘laklari bilan munosabat... kabi. Bu ko‘rsatkichlarning gap kesimini shakllantirishdek yagona vazifa atrofida birlashishi ularni bitta kategoriyaga jamlash fikrini yuzaga keltiradi.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish