Leksik sinonimlarning lisoniy va nutqiy munosabati



Download 279,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi279,49 Kb.
#910108
  1   2   3   4
Bog'liq
leksik-sinonimlarning-lisoniy-va-nutqiy-munosabati-o-zbek-va-ingliz-tillari-misolida



Leksik sinonimlarning lisoniy va nutqiy munosabati (o’zbek 
va ingliz tillari misolida) 
 
Dilnoza Shuxratovna Rahimova 
Urganch davlat universiteti 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada leksik sinonimlarning tasnifi va tasniflanishi 
haqida batafsil ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, leksik sinonimlarning lisoniy 
va nutqiy munosabatlari ochib berilgan. 
Kalit so’zlar: 
Leksikologiya, tilshunoslik, lisoniy, nutqiy, sinonim, ma’no 
turlari, zidlilik, leksema. 
Linguistic and verbal relations of lexical synonyms (on the 
example of Uzbek and English) 
Dilnoza Shuxratovna Rahimova 
Urgench State University 
Abstract:
This article provides detailed information on the classification and 
classification of lexical synonyms. The linguistic and speech relations of lexical 
synonyms are also revealed. 
Keywords:
Lexicology, linguistics, linguistics, speech, synonyms, types of 
meaning, contradictions, lexemes. 
Tilshunoslikda sinonimiya hodisasi chuqur tarixiy ildizlarga ega, juda keng 
tahlil qilingan hodisa bo’lib, sinonimlar nafaqat tilshunoslikning, balki 
adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, psixologiya kabi qator fanlarning ham 
o’rganish obyektidir. Sinonimiya haqida tilshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. 
Sinonimlarni o’rganish dastlab faqat leksik sathda bo’lib, “..odatda”, “bir xil ma’noli 
so’zlar”, “bir-biriga yaqin ma’noli so’zlar”, “yaqin, yoki bir ma’noli so’zlar”, 
“uslubiy bo’yoqlari, qo’llanish sathlari bilan farqlanuvchi so’zlar sifatida 
ta’riflanadi”. “O’zbek tilshunosligida sinonimlarga berilgan ta’rifga e’tibor berilsa, 
ularni belgilashda dastlab leksemalarning ma’no juhatidan bir xilligiga, so’ngra 
ma’nolarning umumiyligiga, keyinchalik esa ma’noviy o’xshashlikka asoslanilgani 
kuzatiladi”. O’tgan asrning 70-yillariga qadar sinonimlik ma’noning aynan bir xilligi 
asosida belgilangan bo’lsa, 80-yillarga kelib, so’zning semantik strukturasi bir qancha 
olimlar tomonidan semik tahlil asosida o’rganila boshlandi (Sh.Rahmatullayev, 
H.Ne’matov, E.Begmatov, R.Rasulov shular jumlasidan). Sinonimlarni belgilashga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1511


ham semik tahlilning tatbiq etilishi sinonimik qatorlarga birlashtirilayotgan leksik 
birliklar ma’nolaridagi aynanlik, umumiylik va farqlilikka aniqlik kiritish 
imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun o’zbek tilshunosligida sinonimlarni belgilashda 
an’anaviy va zamonaviy qarashlar tubdan farq qiladi. Keyingi davrda sinonimlarning 
leksik ma’nosini semik tahlil qilish keng tus oldi. Sinonimlarga bunday yondashuv 
ulardagi aynanlik va farqlilik belgilarini ajratishda muhim ahamiyatga egadir. Til 
sathi birliklarida kuzatiluvchi aynanlikni ularning ma’nosi, shakli, vazifasi, uslubiy 
belgisi kabilarning teng kelishida, o’zaro muvofiqligida ko’rish mumkin. Bu kabi 
aynanliklar farqlanishlar bilan o’zaro aloqada bo’lib, bir-biriga nisbatan belgilanadi. 
Farqlilik aynanlik doirasidagi ma’no o’zgarishlarining bevosita kuchayib, rivojlanib 
borishi natijasida nisbiy o’zgachalik xususiyatlarini kasb eta borish holatidir. Zidlilik 
aynanlikdan sifat o’zgarishlari orqali o’sib chiqar ekan, bu jarayonda yangi 
mohiyatning yuzaga kelishi sodir bo’ladi. E.N.Miller qarashlariga ko’ra, zidlilik 
aynanlikning dialektik inkori, aynanlikning noo’xshash ko’rinishidir. Zidlilik 
aynanlikdan variantlilik, farqlilik orqali (tadrijiy “sakrash” yo’li bilan) hosil bo’lgan 
boshqa aynanlikni, ya’ni yangi narsa bo’lib, o’zidan keyingi “zanjirli” jarayonning 
(aynanlik-farqlilik-zidlilik) dastlabki xalqasini hosil qiladi. Ko’rinib turibdiki, 
aynanlikdan farqlilikka o’tishda zanjirsimon aloqa shakllanadi va bunda aynanlik 
birinchi tugunni, farqlilik esa so’nggi tugunni aks ettiradi.
Sinonimlik hodisasi ham dastlab leksik sathda o’rganilgan bo’lsa-da, 
keyinchalik morfologik va sintaktik sinonimlar ham mavjudligi aniqlandi. Barcha 
sathlardagi sinonimlarga quyidagi ta’rifni berish mumkin: “Sinonimlar bir umumiy 
ma’no-mazmunga ega bo’lgan, lekin emotsional-ekspressiv hamda funksional 
jihatdan farqlanuvchi til birliklaridir”. Sinonimlik variantlilikdan farqli ravishda
 
fonetik sathda mutlaqo uchramaydi. Leksik sinonimlar semadagi ma’no bo’yog’ining 
darajalanishi, uslubiy xoslanishi, ba’zan salbiy-ijobiy bo’yoqqa egaligi bilan 
farqlanadi. Buni matematik koordinatalr o’qi orqali quyidagicha ko’rsatish mumkin. 
1.
Sinonimlarning o‘rganilishi va muammolar xususida. 
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da sinonim, sinonimik, sinonimika, sinonimiya 
terminlariga quyidagicha ta’rif berilgan:

Download 279,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish