Demokratik jamiyat qurishning milliy ma’naviy negizlari va ularning o’zaro bog’liqligi
Hozirgi davrdagi zamonaviy nazariy qarashlarga muvofiq demokratiya — bu ma'lum davlat institutlari to'plami mavjud bo'lishining o'zi emas. Demokratiya butun dunyo bo'ylab turli madaniy birliklar o'rtasida turli shakllarda gavdalansa-da, u aniq va mavjud qadriyatlar, qarashlar va jarayonlar guruhiga tayangan holda yashay oladi. Lekin, shu bilan birga, demokratiya amaliy hal qilishning bir xilligiga emas, balki bir necha asosiy negiz bo'ladigan prinsiplarga tayanadi. Demokratiya o'ziga xos qadriyatlar ti/.imi sifatida milliy qadriyatlar bilan uyg'unlasha oladi.
Demokratiyaning asosiy xususiyatlari:
- demokratiya — bu hokimiyat va fuqarolik mas'uliyati barcha fuqarolarning to'g'ridan to'g'ri yoki o'zlarining erkin saylagan vakillari vositasida amalga oshiradigan boshqarish tizimidir;
- demokratiya ko'pchilik hokimiyati va shaxsiy huquq prinsiplariga tayanadi. Demokratik davlat markaziy hokimiyat organlari kuch-qudratining oshib ketishiga yo'l qo'ymaydi, barcha darajadagi hokimiyatlarni fuqarolar uchun ochiqligini ta'minlash, barcha kishilar ehtiyojlariga aks sado bera olishi uchun mintaqaviy va mahalliy darajalardagi hokimiyatlarni nomarkazlashtiradi;
- demokratik davlat quyidagi mas'uliyat hissini doimo sezib turadi: fuqarolarning so'z erkinligi, vijdon erkinligi, qonun asosida teng himoyalanish huquqi, tashkilotlar tuzish imkoniyatiga ega ekanligi, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to'la qonli ishtirok etishi kabi huquqlarini himoya qilish;
- demokratik davlat fuqarolar uchun ochiq bo'lgan, saylov huquqi beriladigan yoshga yetgan fuqarolarning ovoz berishiga shart-sharoitlar yaratadi, shu maqsadda muntazam ravishda erkin va adolatli saylovlarni o'tkazib boradi;
- demokratiya sharoitida fuqarolar nafaqat huquqlaiga ega bo'ladi, balki siyosiy tizimda ishtirok etish burchini ham o'zida his etadi. Bu jarayonda ular o'z erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi.
- demokratik jamiyat bag'rikenglik, hamkorlik va o'zaro murosasozlik qadriyatlariga berilgan bo'ladi. Maxatma Gandi iborasi bilan aytganda, -«murosasizlik o'zini o'zi jabrlashdan tashqari chinakam demokratik ruhning shakllanishi uchun g’ovdir»
Shuningdek, barcha rivojlangan mamlakatlarda e'tirof etilgan demokratiyaning ustunlari mavjud bo'lib, ularning birortasi ishlamay qolsa, demokratiya mexanizmlarining barchasiga putur yetadi. Bu ustunlar quyidagilardan iboratdir:
1. Xalq hokimiyati;
2. Fuqarolar irodasiga tayanuvchi hukumat;
3. Ko'pchilik ovozqoidasi;
4. Ozchilik huquqlarini himoya etish;
5. Asosiy inson huquqlari kafolati;
6. Erkin va adolatli saylovlar;
7. Qonun oldida barchaning tengligi;
8. Odil sud yuritish;
9. Hukumat faoliyatini konstitutsiyaviy cheklanganligi;
10. Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy pluralizm;
11. Tolerantlik, omilkoriik, hamkorlik, o'zaro kelishuv.
Ko'rinib turibdiki, zamonaviy fuqarolik jamiyatini ishlab
turishini ta'minlovchi demokratiyaning tamoyillari, qadriyatlari va ustunlari mavjud bo'lib, ular davrlar o'tishi bilan umuminsoniy qadriyatlar sifatida namoyon bo'lmoqda. Shu bilan birga, turli mamlakatlarning rivojlanish tarixi, milliy mentaliteti, dini, mafkuraviy qarashlari, iqtisodiyotining shakllanish yo'li, ijtimoiy munosabatlari aynan bir-biriga o'xshash bo'lmaganidek, har bir mamlakatda demokratik tamoyillarni qo'llash va ularga amal qilishda farqlanishlar mavjud bo'lishi tabiiy bir holdir. Boshqacha aytganda, demokratik jamiyat qurish jarayonida har bir mamlakat o'zining milliy o'zligidan kelib chiqqan holda islohotlarni amalga oshiradi. Yoki, demokratik jarayonlar shaklan milliy xarakter kasb etishini tarixiy taraqqiyot jarayoni ko'rsatib berdi.
Qadriyatlar muammosi Platon davridan boshlab tadqiqotlar obyekti sifatida yashab kelmoqda. Unga nemis klassik falsafasi tomonidan ancha aniqliklar kiritildi. Nemis olimi Kant birinchi marta insonni qadriyatlarni aniqlash asosida talqin etdi:
Inson ikkita olamga mansub mavjudot sifatida tushunildi:
a) erkin bo'lmagan, hali o'z yo'lini anglab yetmagan, o'z instinktiga ergashib yuradigan tabiat olami. Bu olamda qadriyatlar mavjud bo'lmaydi;
b) erkinlik va idroklash olami. U o'zining taqdirini belgilaydi, va uni o'zi belgilagan o'z ideallari, maqsadlari asosida quradi. Bu olamda qadriyatlar mavjud, lekin ular ochiq mujassam bo'lmaydi, balki maqsad sifatida namoyon bo'ladi. Qadriyatlarni Kant talqinicha idrok etishda uning sof subyektiv hosila ekanligi, ya'ni ularni har bir shaxs o'z hayoti qadriyatlarini o'zi aniqlashi ilgari suriladi.
Ko'plab insonlar uchun obyektiv mazmunga ega umumiylik mavjud emas. Ular uchun qadriyatlar aniq obyektlar hayoti vaziyatlarga bog'liq holda chorlaydigan his-tuyg'ular va ichki kechinmalardir.
Shunga muvofiq holda qadriyatlarni uchta tushunchasi shakllandi:
1. Qadriyat — har qanday foydali va ma'qul bo'lgan narsa. Bu utilitar nuqtayi nazar sifatida paydo bo'ldi.
2. Qadriyat ideal, muqaddas hodisa, his-tuyg'ular intilishi sifatida tushiniladi. Bu san'atga mansub tushuncha sifatida amalga oshiriladi.
3. Qadriyat inson uchun obyektlarni muhim ahamiyat kasb etishi sifatida anglanadi. Qadriyat o'z mazmuniga muvofiq obyektiv mazmunga egadir. Obyektiv qadriyatlar odamlar tomonidan aynan bir xil munosabatlarni paydo bo'lishini bildirmaydi. Shuning uchun ham qadriyatlarni baholash subyektiv bo'lishi mumkin. Qadriyatlarning obyektiv ekanligini aniqlash uchun mezonlar ishlab chiqiladi. Bu kabi mezonlar sifatida hodisalar yoki voqealarning ijtimoiy jihatdan foydali ekanligini ko'rsatish mumkin. Undan qadriyatlar iyerarxiyasi va umuminsoniy qadriyatlar to'g'risidagi masala paydo bo'ladi. Umuminsoniy qadriyatlar deganda, barcha davrlarda mavjud bo'lgan va barcha insonlar qadriyatlari tushuniladi. Barcha qadriyatlar ichida umuminsoniy qadriyatlar unchalik ko'p emas:
1. Hayot. 2. Salomatlik. 3. Bilim. 4. Mehnat.
Aksiologik nuqtayi nazardan qaraganda oddiy askar va qo'mondonning hayoti garchi amalda namoyon bo'lmasa ham bir xil qimmatga egadir. Umuminsoniy qadriyatlar bizning hayotimizda ideallar sifatida ishtirok etib turishiga bog'liq ravishda ulardagi umuminsoniy mazmunning mavjudligi darajasiga muvofiq ravishda qadriyatlar iyerarxiyasini tuzish mumkin. Qadriyatlar iyerarxiyasini qadriyatlarni tasniflash bilan adashtirib bo'lmaydi. Qadriyatlarni sinflarga bo'lish mumkin:
1. Turmush darajasi bo'yicha: a) oliy qadriyatlar; b) moddiy hayot qadriyatlari; d) ijtimoiy; g)ma'naviy.
2. Subyektlar bo'yicha: a) shaxsiy qadriyatlar; b) guruhiy qadriyatlar; d) sinfiy qadriyatlar; e) ijtimoiy.
3. Ijtimoiy ong shakllari bo'yieha: a) fanlar qadriyatlari; b) ahloqiy qadriyatlar; d) estetik qadriyatlar; e) siyosiy qadriyatlar; f) huquqiy qadriyatlar; g) diniy qadriyatlar.
Umuman olganda, qadriyatlar deganda, ma'lum bir jamiyat odamlari, alohida olingan shaxsning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish vositasi, shuningdek me'yorlar, maqsadlar va ideal sifatidagi undovchi hamda qo'zg'atuvchi g'oyalari, predmetining mohiyati, hodisasi shuningdek, ularning xususiyatlari tushuniladi. Ko'pincha yuqorida ko'rib o'tgan qadriyatlar bilan uyg'unla- shadigan, lekin o'zining alohida xususiyatlariga ega bo'lgan milliy qadriyatlar ham bir necha minglab yillardan buyon rivojlanib va takomillashib kelmoqda.
Milliy qadriyatlar ildizlarini anglab yetishda, tasniflashda va aniqlashda uni soddalashtirishdan ehtiyot bo'lish zarur. Bu ijtimoiy va oliy qadriyatlarning bir-birlari bilan o'zaro bog'liq bo'lgan hamda o'zaro bir-birini taqozo qiladigan, lekin, shu bilan birga, nisbatan o'zini barqarorligi va mustaqilligini saqlay oladigan hodisasi sifatida namoyon bo'ladi..
Fanda «milliy qadriyatlar*, «milliy qadriyatli-yo'naltirilgan ong» va «milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari» ma'lum etnosni ijtimoiy, psixologik o'ziga xosligini, boshqa shu kabi birliklardan farqlanishini, mazkur etnosning barcha a'zolarini umumiy g'oyalar va yoi-yo'riq ko'rsatmalar asosida birlashuvini ifodalaydi. Rivojlanish va shakllanishining turli bosqichlarini o'z boshidan kechirayotgan ko'plab etnoslar tarixini o'rganish shuni ko'rsatadiki, etnos a'zolarining biriigi boshqa narsalardan ko'ra ko'proq ma'lum psixik xislatlarning mavjudligi, voqealar va munosabatlarni o'zlashtirish va baholash kabi qadriyatlardagi umumiylik bilan ta'minlanadi. Milliy qadriyatlarni anglashda shu kabi his-tuyg'ular va munosabatlarning ayni shu birikuvlari nuqtayi nazari bilan yondashish talab etiladi.
Milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari, milliy qadriyatlar va milliy qadriyatli yo'naltirilgan ong nafaqat psixolo- gik — his-hayojonli xarakter kasb etadi, balki etnik birlik tomonidan e'tirof etiladigan hayotiy muhim moddiy obyektlar, timsollar, nishon-belgilarni ham o'zida ifodalaydi. Bu qad- riyatlarning e'tirof etilgan muhimligi asosida aniq bir etnos vakili bo'lgan insonning tub manfaatlari yotadi: yashamoqlik, rivojlanish, ideal maqsadlarga erishish. Har bir millat faqat uning o'zigagina mansub bo'lgan temperament birikuvi, tafakkurlash va dunyoni idrok etish turi bilan yaqqol ajralib turadi. Ma'lum bir o'ziga x!os shaklda axborot olayotgan millatning ichki dunyosining noyob- ligi, ichki tuzilishining barqarorligida har qanday millat vakil- larining bioijtimoiy hamjamiyati va madaniy biriigi sifatidagi qadriyati turadi.
Shu tariqa, milliy qadriyatlar va milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari ^ bu u yoki bu etnos vakillarining muayyan-tarixiy shart-sharoitlardagi ijtimoiy va shaxsiy ma'na- viyati rivojlanishining rag'batlantiruvchi omilidir.
Shuningdek, O'zbekiston olimlari ham mustaqillik yillarida «qadriyat» va «milliy qadriyatlar* tushunchalariga ancha aniqliklar kiritdi. «Falsafiy ensiklopediya»da «qadriyat» tushunchasi shunday ta'riflanadi: «Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birin- chidan, bir obyektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi»93. Yana boshqa falsafiy va sotsiologiyaga doir asariarda esa bu tushuncha quyidagicha berilgan: «Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma'rifiy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llanila- digan tushuncha. Qadriyatlar o'z mazmuni va xarakteriga ko'ra, progressiv va reaksion turlarga ajraladi». Albatta, ko'rinib turibdiki, turli talqinlar bir-biridan farqlansa-da, ular mohiyatan bir-birini to'ldiruvchi unsurlar sifatida namoyon bo'lmoqda.
Umuminsoniy qadriyatlar, eng avvalo jamiyat va inson uchun eng qadrli va uning ma'naviy kamoloti uchun xizmat qiluvchi umuinijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi narsalar, hodisalar, faoliyatlar kabilar, ularni ijtimoiy ifodalash uchun ishlatiladigan tushunchalardir. Demak, umuminsoniy qadriyat deganda, jamiyat a'zolarining hammasi uchun umumiy ahamiyatga ega bo'lgan va har bir kishining hayotiga ijobiy ta'sir etadigan, kishilarning xatti-harakati, amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham umuminsoniy qadriyatlaming mezoni sifatida baholanadi. Masalan, erkinlik, tinchlik, tenglik, mustaqillik, birodarlik, demokratiya va h. k.
Demak, qadriyatlar quyidrfgi vazifalarni bajaradi:
Birinchidan, jamiyatning boyligi, poydevoridir. Uni avaylab- asrash va rivojlantirish har bir insonning muqaddas burchi hisoblanadi;'
Ikkinchidan, qadriyatlar o'tmishni bugun va kelajak bilan bog'lash vositadir;
Uchinchidan, qadriyatlar ma'naviy yetuk - barkamol insonni tarbiyalovchi, ularni kamolotga yetaklovchi kuchdir;
To'rtinchidan, qadriyatlar jamiyatni jahon hamjamiyatiga integratsiya qiluvchi ishonchli vositadir94.
Prezident l.A.Karimov ma'naviyat va milliy qadriyatlaming noyob va bebaho boylik ekanligini ta'kidlab, quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Biz bugun ayrim davlatlardan. moddiy nuqtayi nazardan orqaroqda bo'lsakda (bunga ko'pgina tarixiy obyektiv sabablar bor), ma'naviyat nuqtayi nazaridan qaraganda ulkan g'urur bilan aytishimiz mumkin: buyuk ajdodlarimizdan qolgan. qadriyatlar va urf-odatlarga, nasl-nasabimiz va qonimizga singib ketgan buyuk hayotbaxsh kuchga egamiz. Bu borada ustunligimiz butun ma'rifiy dunyoda e'tirof etilgan. Ana shu qutlug' merosga munosib bo'lib yashash, bu beqiyos boylikni yanada boyitib rivojlantirish, milliy o'zligimiz va umuminsoniy qadriyatlar asosida kelajak binosini barpo etish muqaddas burchimizdir».95
Do'stlaringiz bilan baham: |