Bog’lovchi va uning uslubiy xususiyatlari
Ma`lumki, so`z turkumlari:
ma`lum bir so`roqqa javob bo`lish- bo`lmasligi;
atash ma`nosining mavjud yoki mavjud emasligi;
gapda ma`lum bir gap bo`lagi vazifasida kelish kelmasligiga ko`ra mustaqil va yordamchi so`zlarga bo`linadi.
Mustaqil so`z turkulari
ma`lum bir so`roqqa javob bo`ladi;
barchasi (olmoshdan tashqari) atash ma`nosiga ega;
gapda ma`lum bir gap bo`lagi vazifasini bajaradi.
Yordamchi so`z turkumlari
Yordamchi so`z turkumlari quyidagilar:
ko`makchi
yuklama
bog`lovchi
Yordamchi so`zlar xususiyati:
ma`lum bir so`roqqa javob bo`lmaydi;
atash ma`nosiga ega emas;
gapda sintaktik vazifa bajarmaydi.
Yordamchi so`z turkumlari so`z va gaplarni bir-biriga bog`lash va qo`shimcha ma`no yiklash vazifasi bajaradi. shu bilan birga yordamchilar : turlanmaydi, tuslanmaydi, yasalish uchun asos bo`lolmaydi, yasalmaydi, darajalanmaydi. barcha so`z turkumlari singari o`ziga xos Grammatik shakl, Grammatik ma`no, Grammatik vazifaga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |