Glossariy
So’z yasalishi
So'z yasash yangi ma'noli so'z hosil qilish demakdir. So'z yasalishi lug'aviy ma'noning ozgarishi asosida vujudga kelib, yasama so'z ko'pincha bir turkumdan boshqa turkumga ko'chadi. Shu ma'noda so'z yasash hodisasi so'zning grammatik jihatidan o'zgartiradigan hodisadir. Masalan, gul so'zi ot turkumiga xosligi uchun otga xos ko'plik qo'shimchasini olib turlanadi: gullar, gullarning, gullarga kabi. Bu so'zga fe'l yasovchi -la qo'shimchasi qo'shilganda hosil bo'lgan so'z ko'plik va kelishik qo'shimchalami olmaydi, turlanmaydi, balki tuslanadi. Chunk! bu holatda so'z grammatik jihatdan o'zgarib. bir kategoriyadan boshqa kategoriyaga o'tadi.
Morfologik (affiksatsiya) usuli.
O'zak va negizga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shish bilan yangi so'z yasash morfologik usul bilan so'z yasash deyiladi.
Sintaktik (kom-pozitsiya) usuli.
Ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro qo'shilishi natijasida so'z yasalishi sintaktik usul bilan so'z yasalishi deyiladi.
Fonetik usul
So`zning fonetik tarkibida bo`ladigan o`zgarish natijasida yangi so`zning hosil bo`lishiga fonetik usulda so`z yasalishi deyiladi.
Qo'shma va juft so'zlar.
Sintaktik usul bilan qo'shma va juft so'zlar yasaladi.
Abbreviatura usulidir.
O'zbek tilida so'z yasalishining yana bir usuli - abbreviatura usulidir. Bu usul bilan qisqartma so'zlar hosil bo'ladi: BMT, MDH, DAN kabi.
Kompozitsiya usuli.
Ikki va undan ortiq so`zlarning qo`shilishi orqali yangi so`z yasalishiga kompozitsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qo`shma so`zlar yasaladi. Masalan, ko`zoynak, guldasta, oshqozon, gultojixo`roz kabi.
Konversiya usuli.
So'z yasash usullaridan yana biri - konversiya usulidir. Bu usulga ko'ra bir kategoriyaga mansub so'z boshqa kategoriyadagi so'z o'rniga qo'llaniladi. Masalan, mard maydonda bilinar, gapidagi mard so'zi aslida sifat turkumiga xos bo'lib, otga ko'chgan, "odam" ma'nosida qo'llangan. Bu holat sifatdoshlarda ham mavjud: o'qigan—o'zar kabi.
Yasama so’zlar.
So'z yasovchi qo'shimchalar yordamida yasalgan so'zlar yasama so'z deyiladi: paxtakor, kutubxona, kitobxon kabi.
Tub so’zlar
Tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar bo'lmagan so'zlar tub so'z deyiladi. Yaxshidan, ko'pdan dalalardan kabi.
Sodda so’zlar.
Birgina o'zakdan tashkil topgan so'zlar sodda so'zlar deyiladi
Qo’shma so’zlar.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil ma'noli so'zlarning ma'no vagrammatik jihatdan birikishidan tashkil topgan so'zlar qo'shmaso'zlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |