Ona tili asosiy 20 talik
1. Qo‘shma gap berilmagan javobni aniqlang.
A) Bularning bari tushimmidi, bunday
vaziyatda hech bilolmadim.
B) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqin
bo‘ladi.
C) Ota-onasi shaharda o‘qisin deb, Buxoroga
ko‘chib
kelishibdi.
D)Bir so‘z bilan aytganimizda, O‘zbekiston
Amir Temur
orzu qilgan yurtga aylanib bormoqda.
2. Qani mening borsam joni-dilim, deb
Chamanda sayragan u bulbulim, deb
O‘ldirsa o‘ldirsin yolg‘iz ulim, deb
Tag‘i qaytib, Bahra toqqa jo‘nadi.
Ushbu parchada qaysi xalq dostoni
qahramonining ruhiy
holati ifodalangan?
A) "Kuntug‘mish"da Kuntug‘mish
B) "Ravshan"da Hasanxon
C) "Rustamxon"da Sultonxon
D) "Alpomish"da Boybo‘ri
3. Quyidagi gapda mavjud bo‘lgan so‘z
yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang.
Olimlar haddan ziyod saodatga intilish
saodatni
qo‘lga kiritishga to‘sqinlik qilishini aytganlar.
A) ikkita B) uchta C) bitta D) to‘rtta
4. Qaysi javobda quyidagi misradagi gap
bo‘laklari haqida
noto‘g‘ri hukm berilgan?
Mening ko‘nglimki, gulning g‘unchasidek
tah-batah
qondir. . .
A) gapda ot kesim qatnashgan
B) gapda ikkita sifatlovchi aniqlovchi
qatnashgan
C) gapda bitta sifatlovchi aniqlovchi, bitta
ravish holi
qatnashgan
D) gapda ikkita qaratqich aniqlovchi
qatnashgan
5. Vazifadosh ko‘makchi qo‘llangan gapni
aniqlang.
A) Qalam-la men to‘qiyman qo‘shiq.
B) Bu ishga qadam qo‘yishdan ilgari bir karra
sizning
oldingizdan o‘tib, ra’yingizni bilishga to‘g‘ri
keldi.
C) A.Oripovga adabiyot sohasidagi xizmatlari
uchun
"O‘zbekiston xalq shoiri" unvoni berilgan.
D) Devor usti yomg‘irdan iviy boshladi.
6. Qaysi javobda faqat qo‘shma fе’llar
berilgan?
A) hоrmay-tоlmay, оlib kеldi
B) yozdi-o‘qidi, o‘quvchi emish
C) sоtib оlmоq, bayon etmоq
D) оlib turdi, ishlab chiqarmоq
7. Qaysi javobda keltirilgan gapda yetakchi
morfemasi ham, so‘z yasovchi ko‘makchi
morfemasi ham omonim xarakterga ega
bo‘lgan yasama fe’l qatnashgan?
A) Uning gapi og‘zida qolib, ko‘zlari xiyol
kengaydi.
B) Ish doirasi toraydi.
C) Kuz kelib, kunlar qisqardi.
D) U bir oz chanqagan edi.
8. Katta amaldorlar oldida vazir shohning
gaplarini tekislab turar edi.
Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘zda ma’no
ko‘chishining
qaysi turi mavjud?
A) metonimiya B) vazifadoshlik C) metafora
D) sinekdoxa
9. 1) terim; 2) bog‘lar; 3) ko‘zlar; 4)
qaynatma; 5) qovurma
Berilgan so‘zlardan qaysilari ikki xil so‘z
turkum doirasida
qo‘llana oladi?
A) 1, 2, 5 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2,
4, 5
10. Sen bo‘lmasang so‘zlarning
Bag‘ri ming tilim bo‘lar,
Onajon, ona tilim,
Mening shohona tilim.
Ushbu she’riy parchada so‘z yasovchi
qo‘shimchalar necha
o‘rinda ishtirok etgan?
A) 3 B) 4 C) 1 D) 2
Matn (11-12-13-savollar)
Dunyo nematlariga ahamiyat bermaydigan,
o‘zini juda kamtar tutadigan buyuk islom
olimlaridan biri faqat bir kishi o‘tishi
mumkun bo‘lgan tor yo‘lakda shaharning
o‘ziga bino qo‘ygan katta boylaridan biri
bilan to‘qnash kelipti. Qorni kajavaday
keladigan boy:
– Men bir devonaga yo‘l berib chetga
chiqmayman! – deb pishqiribdi. Haligi olim
kishi yo‘l berar ekan, g‘oyat sokin ohangda
debdi:
– Men esa yo‘l beraman!
11. Ushbu matnning mazmunini o’qib
chiqing.
Nega olim boyga yo’l berdi?
A) chunki uning boyligi ko’p edi
B) boyning yoshi ulug’ bo’lganligi uchun
C) olim gapga tushunmaydigan boy bilan
talashishni istamadi
D) olim o’zini boy biror nima qilishidan
qo’rqdi
12. Matn tarkibida qaysi so’z turkumiga oid
so’zlarda imloviy xatoliklar mavjud?
A) ot, modal so’z, fe’l
B) ravish, sifat, fe’l
C) sifat, modal so’z, fe’l
D) ot, sifat, fe’l, modal so’z
13. Matndagi ostiga chizilgan frazeologik
birlik quyidagi qaysi so’zga teng keladi?
A) xasis B) manman C) ayyor D) ziqna
14. "Dunyo − kattakon ko‘l. Zamona esa esib
turgan yel.
Oldingdagi to‘lqin og‘alar bo‘lsa, ketingdagi
to‘lqin inilardir. Navbat o‘tishar, avvalgiday
bo‘lishar".
Ushbu hikmatli so‘zlar qaysi asarda
keltirilgan?
A) M.Koshg‘ariy "Devonu lug‘ot it-turk"
B) Navoiy "Mahbub ul-qulub"
C) Abay "Nasihatlar"
D) Gulxaniy "Zarbulmasal"
15. Navoiyning qaysi asari sari’ bahrida
yozigan?
A) "Layli va Majnun" B) "Saddi Iskandariy"
C) "Farhod va Shirin" D) "Hayrat ul-abror"
16. Qaysi javobda nomi keltirilgan she’rni
Usmon Nosir Boltiq va Oq dengiz bo‘ylariga
safari chog‘ida yozgan?
A) "Bolaligimda" B) "Yur tog‘larga
chiqaylik"
C) "Yo‘lchi" D) "Yurganmisiz birga oy bilan"
17. Shunday yashar − sokin, bezavol,
Pastakkina tandiri bilan,
Katta uyda kichkina bir chol,
Kichkina bir kampiri bilan.
She’riy parchada qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) to‘ldiruvchi B) kesim C) aniqlovchi D) hol
18. Qaysi javobda to‘kinchilik yasama otining
yasalish asosi
to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) sifat B) fe’l C) ot D) sifatdosh
19. “Og'zining tanobi uzoq sayohatlarni
ixtiyor qilgan” obraz aks etgan asar va
qahramonning nomi to'g'ri ko'rsatilgan
javobni aniqlang.
A) “Shum bola”, Hoji bobo
B) “Dahshat”, Olimbek dodxo
C) “Mehrobdan chayon“, Solih Maxdum
D) “Kecha va kunduz", Razzoq so'fi
20. S.Yesenin qaysi she’rida A.S.Pushkinning
“Baxtlidir
jomini ichib bo’lmagan” misrasini keltirgan?
A)“Dog’lar ketmish majruh ko’ngildan”
B) “Singlimga xat”
C) “Bu dunyoda men bir yo’lovchi”
D) “Xurosonda bir darvoza bor”
Do'stlaringiz bilan baham: |