Yangi O'zbekistonda Sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish ishlarining bugungi holati,istiqbolli kelajagi hamda Xalqaro tajribaga oid masalalar. Annotatsiya



Download 23,71 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi23,71 Kb.
#653430
Bog'liq
maqola


Yangi O'zbekistonda Sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish ishlarining bugungi holati,istiqbolli kelajagi hamda Xalqaro tajribaga oid masalalar.
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi O'zbekiston Sud tizimini raqamlashtirish yo'lida olib borilayotgan say harakatlar hamda raqamlashtirish borasidagi ishlarning o'ziga xos xususiyatlari,muommolari haqida atroflicha to'xtalib o'tiladi.Hamda mazkur yo'nalishda Xalqaro tajriba o'rganilgan holda amalga oshirilishi lozim bo'lgan maqsad va vazifalar xususida atroflicha to'xtalib o'tiladi.Sud tizimini raqamlashtirishning afzal ijobiy tomonlari kang qamrovda yoritib beriladi.
Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, sud tizimi, huquqiy soha,raqamlashtirish,sudga eliktron murojaat qilish,jismoniy va yuridik shaxslar, integratsiya, interaktiv elektron xizmatlar

Sudlar faoliyati ochiqligi va oshkoraligining kuchaytirilishi, “Elektron va raqamli sud” konsepsiyasining amalga oshirilishi, sudlar tomonidan o'z faoliyati haqidagi hisobotni Xalq deputatlari kengashlariga taqdim etilishi, mahalla, korxona va tashkilotlarda sayyor sud yig'ilishlari o'tkazilishi - adolatli sudning garovi bo'lishiga erishishimiz lozim.
(Shavkat Mirziyoev)1
Ayni damda , globallashuv sharoitida raqamli texnologiyalar butun dunyo bo'ylab barcha sohalarga keng joriy etilib , insoniyat hayot tarziga jadal kirib bormoqda. Bu yo'nalishda samarali ishlarni yo'lga qo'yayotgan davlatlar tez taraqqiy etayotgani kuzatilmoqda. Huquqiy sohani raqamlashtirish kuchayib borayotgan davrda sud tizimi ham ushbu rivojlanishdan chetda qolmaydi . Shu boisdan ham yurtimizda barcha sohalarni , shu jumladan, sud-huquq sohasini raqamlashtirishni eng ustuvor vazifa sifatida davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan tashabbuskor say harakatlarni amalga oshirish vazifalari bir nechta Prezident qaror va farmonlari orqali mustahkamlab berilgan vazifa sanaladi.Ushbu vazifalarning pirovard natijasi sifatida sud tizimini raqamlashtirish siyosatini jadal amalga oshirish, bu orqali aholining og'irini yengil qilish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish hamda byurokratiya va korruptsiya holatlarini kamaytirish, xizmatlar ko'rsatishni tezlashtirish choralariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
So‘nggi yillarda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman odil sudlovga erishishni hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash imkonini berishga qaratilgan harakatlardir.Shu bilan birga, bugungi kunda sudlarda , ishlarni ko‘rishda ko‘pgina vazirlik va idoralar bilan ma’lumot almashinuvi , ularning axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinmaganligi sababli kerakli ma’lumotlar asosan qog‘oz shaklida o'zaro almashinuv amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari , sudlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish davr talabiga allaqachon aylangan . Bu kabi jarayonlar ushbu tizimda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar bisyor ekanligidan dalolat beradi.
Shu sababdan yurtimizda so'ngi oltti yil mobiynida mazkur yo'nalishdagi vazifavalar davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalish sifatida qaralmoqda . Dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarga mo'ljalangan ,,O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar stratigeyasi to'g'risidagi '' farmoni asosida mazkur masala muhokama maydoniga olib chiqilgan edi.Mazkur farmonda ikkinchi ustuvor vazifa sifatida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari doirasida sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish vazifa sifatida mustahkamlab qo'yilgan edi.
Darhaqiqat, bugungi kunda odil sudlovga erishish, insonning o'z qonuniy huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qila olish imkoni butun dunyo bo'ylab dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Yetakchi xalqaro tashkilotlar, jumladan, World Justice Project tahlillariga asosan, dunyoda 1,5 milliarddan ortiq inson odil sudlovga erisha olmay kelmoqda 2. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan cheklovlar, karantin choralari bu muammoni yanada o'tkirlashtirdi. Shu bilan birga, pandemiya sharoitida vujudga kelgan vaziyat ko'p jihatdan raqamli texnologiyalarning ahamiyati va ularni turli sohalarga keng joriy etishning imkoniyatlari va dolzarbligini yana bir bor ko'rsatib berdi. Yuzaga kelgan holat yangicha sharoitlarda ishlash, shu jumladan, sud tizimining samaradorligini oshirishda yangi qirralarni ochdi.
,,O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar stratigeyasi to'g'risidagi '' farmoni ijrosi doirasida amalda to'plangan tajriba va xulosalar umumlashtirilib, ushbu sohadagi bo'shliqni to'ldirishga amaliy tajriba bo'lib xizmat qilmoqda. Davlat rahbarimiz hamda keng jamoatchilik tashabbusi bilan ishlab chiqilib hayotga hozirgi kunda tadbiq etilayotgan 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 100 maqsaddan bittasi sifatida (15-maqsad) sud tizimini raqamlashtirish ko'rsatib o'tilgan.
Yurtimizda mazkur sohaga har bir farmon va qarorlarda e'tibor qaratilayotgani bejiz emas , jahon tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, sud-huquq tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish odil sudlovni amalga oshirish, tizimning shaffofligi va samaradorligini oshirishda tamal toshi hisoblanadi.
Masalan, Buyuk Britaniyada ish yuritishning raqamli infrastrukturasiga o'tish dasturi (HM Courts&Tribunals Service Digital Case System) natijasida 2015 yildan beri ishlatilgan qog'oz hajmini 500 tonnaga kamaytirish, da'vo arizasini topshirish vaqtini 15 ish kunidan 10 daqiqagacha qisqartirishga erishilgan. Ekspertlar fikriga ko'ra, 2023 yilga kelib, yiliga 2 milliondan ortiq ishlar real sud majlislar zalidan tashqarida o'tkazilishi orqali 244 mln. funt tejab qolinadi. Buyuk Britaniyadagi CaseLines raqamli hujjatlar almashinuvi tizimi samarasi o'laroq, Qirollik sudida majlislar hajmi 50 foizga qisqarishiga erishilgan. Bugungi kunda Singapur sudlaridagi hujjatlar almashinuvining 84 foizi elektron texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda, 400 ga yaqin yuridik firmalar esa yagona ma'lumotlar bazasiga kirish imkoniga ega. Videokonferensiya aloqasi Vengriya, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Irlandiya, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Kanada kabi yetakchi davlatlar sudlarida keng ishlatilmoqda. Shuningdek, Dubay xalqaro moliyaviy markazi (DIFC) va Smart Dubai birgalikda blokcheyn texnologiyasi asosida hujjatlar almashinuvi orqali ishlaydigan sud tizimini yaratish borasida hamkorlik qilmoqda.3 Bu kabi davlatlarni bosib o'tgan tajriba yo'lini o'zimizning ishlarda andoza sifatida foydalansak maqbul ish bo'lgan bo'lar edi.Sud tizimini raqamlashtirish ishlarini ancha avval yo'lga qo'ygan Latviyada erishilgan natijalar havas qilgulik darajada.Biz hozirgi kunda ushbu tajribani bir qismini amaliyotga kirita oldik.Ammo hali oldinda bajarajak ishlar bisyor ekanligini tan olish orqali amalga oshirajak ishlarimiz yo'l xaritasini belgilab olishimiz mumkin.
Xususan, Latviyada Protsess ishtirokchilari elektron pochta orqali o'zlarining sud ishlari va uning jarayoni haqida yangilanishlarga obuna bo'lishlari mumkin. Xizmatning bir qismi sifatida protsessning barcha tomonlariga har qanday yangi harakatlar, qarorlar, holat o'zgarishi yoki qaror fayllari yoki raqamli protokollar ularning masalasiga yangiliklar qo'shilganda avtomatik elektron pochta yuboriladi.Bizning ham sud amaliyotimizda ushbu yengilik yo'lga qo'yilgan amaliy jarayon hisoblanadi (masalan FPK 189-modda) .Lekin hali bizda tizimga kiritishimiz lozim bo'lgan islohatlar bir muncha . Bizda , amaliy sud jarayonlari ko'plab obyektiv va subyektiv sabablarga ko'ra keyinga qoldirilishi sir emas. Shu va shunga o'xshash noqulayliklarni oldini olish uchun yana Latviya tajribasiga yuzlansak, Sud ma’muriyati tomonidan imkon qadar sud majlislarini keyinga qoldirishga yo‘l qo‘ymaslik va ish yuritish taraflarini intizomiy javobgarlikka tortish maqsadida advokatlar va prokurorlar eliktron taqvim tuzilgan. Sudlar, shuningdek, advokatning ish yukini ertaroq aniqlash uchun ushbu ma'lumotlardan kechiktirilgan sud majlislari sonini kamaytirish uchun foydalanishlari mumkin. Taqvim advokatlar va prokurorlarning suddan ularning ishtirokini talab qiladigan rejalashtirilgan sud majlislari to‘g‘risida ma’lumot olishini ta’minlaydi va ularga o‘z ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kalendarga kiritish imkoniyatini beradi. Advokatlar va prokurorlar taqvimga kiritadigan ma'lumotlar barcha sudlarga yetib boradi . Bu amaliyotni tizimga joriy etish orqali sud majlislarini keyinga qoldirishni oldini olish hamda prokuror va advovakatlarning ishga mas'ulyatini nazorat qilish imkonini yaratadi.
Bizning sud portallarimizdan sudga murojaat qilish uchun barcha ariza na'munalarni topsa bo'ladi.Lekin bu arizani to'ldirish jarayonida har bir odamda bazi bir to'ldiruvchi savollar tug'ulishi tabiiy .Mana shunday savollarga real vaqt rejimida javob qaytarishni amalga oshiruvchi virtiual yordamchini tizimga joriy etish orqali arizalarni to'g'ri to'ldirilishi orqali sud xizmatchilari va fuqorolarga qulaylik yaratilgan bo'lardi.4
Shu o'rinda, mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar ham jahon andozalari talablari asosida ekanini qayd etib o'tish lozim . Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 sentabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ham sud tizimining samaradorligini oshirish, sudning aholi uchun ochiq va shaffofligini ta'minlash bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalarni belgilab bergani bilan ham ahamiyatga molikdir.Qaror bilan 2020 — 2023 yillarda sudlar faoliyatini raqamlashtirish dasturini amalga oshirish vazifasi belgilangandi. Jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar ko'paytiriladi, har bir murojaatni ko'rib chiqish jarayonini onlayn kuzatib borish ta'minlanib, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyati yaratiladi.5 Mazjur ishlarning debochasi sifatida, sudlar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etilishi mukammal odil sudlovga erishish va tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilib, “Adolat” axborot tizimlari kompleksi, barcha instansiya sudlari faoliyatiga “E-XSUD” hamda “E-SUD” axborot tizimlari hamda markazlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari, “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portali, shuningdek sudlar faoliyatiga doir statistik hisobot maʼlumotlarini onlayn tarzda olish imkonini beruvchi “stat.sud.uz” sayti ishga tushurilganligi eʼtiborga loyiq.Yurtimizda bu kabi ishlarni amalga oshirishdan bosh maqsad xalq roziligiga erishish hisoblanadi.Qayd etish lozimki, sudlar faoliyatining raqamlashtirilishi oʻz navbatida jismoniy va yuridik shaxslarga yanada qulaylik yaratish, tizim faoliyatida ortiqcha qogʻozbozlikni cheklash, olis hududularda yashovchi fuqarolarga musofadan sudlarda ishtirok etish imkoniyatini taʼminlash bilan birga, sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namayon qilishga xizmat qiladi.
Xulosa oʻrnida taʼkidlash lozimki, sud-huquq sohasini raqamlashtirish, avvalambor aholiga hamda sohada faoliyat yurituvchi xodimlarga qulaylik yaratib, vaqtni tejash bilan birgalikda, ortiqcha qogʻozbozliklarga chek qoʻyib, sohada ish hajmi yuklamalarini oshib ketishini oldini oladi shu bilan birga sudlarda ish yuritish tizimini zamonaviylashtirib , fuqarolar, tadbirkorlar va yuridik shaxslarning huquq-erkinliklarini ishonchli himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo'lgan ishonchini qat'iy mustahkamlashga ishonchli asos bo'lib xizmat qiladi.


1 YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI. – Toshkent “ O'zbekiston ” nashriyoti, 2021. 464 bet;109 bet)

2

 https://worldjusticeproject.org/our-work/research-and-data/global-insights-access-justice-2019

3 https://strategy.uz/index.php?news=1115&lang=uz

4 https://aastaraamat.riigikohus.ee/en/technological-solutions-in-the-work-of-latvian-courts-digitization-business-analysis-robotization/

5 Ihttps://lex.uz/docs/-4979896

Download 23,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish