Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Aybdorni o„z qilmishiga amalda pushaymon bo„lganligi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

17.4. Aybdorni o„z qilmishiga amalda pushaymon bo„lganligi
munosabati bilan jazodan ozod qilish 
Jinoyat kodeksining 71-moddasiga ko‗ra ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki 
uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini 
bo‗yniga olish to‗g‗risida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va 
yetkazilgan zararni bartaraf qilgan bo‗lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. 
Bundan oldingi bobda aybdorning o‗z qilmishiga amalda pushaymon 
bo‗lganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish ko‗rib chiqilgan
edi. Javobgarlikdan va jazodan ozod qilishning bu har ikki turida shaxsni ozod 


195 
qilish uchun deyarli qonunda bir xil asoslar nazarda tutilgan. Javobgarlikdan ozod 
qilishda shaxsga nisbatan jinoiy jazo tayinlanmasdan javobgarlikdan ozod qilinsa, 
71-moddada nazarda tutilgan jazodan ozod qilishda esa jinoyat uchun 
javobgarlikka tortilgan shaxsga nisbatan jinoiy jazo tayinlanib, so‗ngra jazodan 
ozod qilinadi. 
Shaxsni JKning 71-moddasi asosida jazodan ozod qilish uchun quyidagi 
asoslar bo‗lishi kerak: 
1) sodir etilgan jinoyat ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir 
bo‗lmagan jinoyat bo‗lishi;
2) shaxs jinoiy qilmishni birinchi marta sodir qilgan bo‗lishi; 
3) jinoyat natijasida yetkazilgan zararni o‗z ixtiyori bilan bartaraf qilgan 
bo‗lishi; 
4) shaxs jinoyatni ochilishiga faol yordam bergan bo‗lishi; 
5) o‗z ixtiyori bilan aybini bo‗yniga olish to‗g‗risida arz qilgan bo‗lishi 
kerak. Ana shu shartlarning barchasi bir vaqtda mavjud bo‗lsagina shaxs chin 
ko‗nglidan qilmishiga pushaymon bo‗lganligi munosabati bilan jazodan ozod 
qilinishi mumkin.
Yuqoridagi shartlarning barchasi JK 66-moddasining mazmunini yoritishda 
batafsil bayon qilinganligi bois bu yerda yana to‗xtalib o‗tilmadi.
JK 71-moddasining ikkinchi qismida belgilanishicha, boshqa shaxslar bilan 
birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy 
uyushma a‘zosi bo‗lgan shaxs, agar u aybini bo‗yniga olish to‗g‗risida arz qilgan, 
chin ko‗ngildan pushaymon bo‗lgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki 
uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga 
yordam bergan bo‗lsa, basharti u og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyat sodir etishda bevosita 
ishtirok etmagan bo‗lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Ko‗rinib turibdiki, mazkur normada ishtirokchilikning uchta shakli bo‗yicha 
jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxslarni jinoiy jazodan ozod qilish 
mumkinligi nazarda tutiladi. Ya‘ni murakkab ishtirokchilikda ishtirokchi sifatida 
qatnashgan (yordamchi, dalolatchi, tashkilotchi) shaxslar, uyushgan guruh va 
jinoiy uyushma a‘zosi to‗g‗risida so‗z yuritilmoqda.
Jinoyat kodeksi 28-29-moddalarining mazmuniga ko‗ra, jinoyatda 
bajaruvchidan tashqari yordamchi yoki dalolatchi yoki tashkilotchi qatnashgan 
ishtirokchilik murakkab ishtirokchilik bo‗lib, unda yordamchi, tashkilotchi yoki 
dalolatchilar jinoyatni bevosita amalga oshirishda qatnashmaydilar, balki o‗z 
harakatlari bilan jinoyatni sodir etilishiga sharoit yaratadilar. Agar ular ijtimoiy 
xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyatda ishtirokchi sifatida 
(yordamchi, dalolatchi, tashkilotchi) qatnashib, o‗z ixtiyori bilan aybini bo‗yniga 
olish to‗g‗risida arz qilgan bo‗lsa, JK 71-moddasi 1-qismi asosida jazodan ozod 
qilinishi mumkin. Bunday arz qilish jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish yoki suiqasd 
qilish bosqichida qilingan bo‗lib, jinoyatning oldi olingan yoki hech bo‗lmaganda 
jinoiy oqibat yuz bermagan bo‗lishi kerak. Agarda jinoiy oqibat yuz berganidan 
keyin arz qilingan bo‗lsa yoxud arz qilishga to‗la imkoniyat bo‗la turib, kechroq 


196 
arz qilingani tufayli jinoyatning oldini olish imkoniyatlari qolmagan bo‗lsa, arz 
qilish sud tomonidan jazoni yengillashtiruvchi holat deb hisoblanishi mumkin. 
Og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyatda ishtirokchi sifatida qatnashgan (yordamchi, 
dalolatchi, tashkilotchi) shaxslar agar o‗zi yoki uning vakili uning topshirig‗i bilan 
kelib arz qilsa, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoxud boshqa 
ishtirokchilarini fosh qilishga yordam bergan bo‗lsa, JK 71-moddasining ikkinchi 
qismi asosida jazodan ozod qilinishi mumkin. Bunda ana shu arz qilgan shaxsning 
harakatlari jinoyatning oldini olish va ochishda hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo‗lishi kerak.
JK 71-moddasi ikkinchi qismi asosida jazodan ozod qilinishi mumkin 
bo‗lgan shaxslarning ikkinchi turkumi uyushgan guruh a‘zosidir. Bu yerda 
jinoyatning yordamchi, dalolatchi yoki yordamchilar to‗g‗risida emas, balki 
bevosita uyushgan guruh a‘zosi haqida aytiladi. Agar uyushgan guruh a‘zosi bo‗la 
turib, og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmay, shaxsan 
o‗zi yoki uning topshirig‗i bilan uning vakili hokimiyat organiga o‗z ixtiyori bilan 
kelib, qilmishiga amalda pushaymon ekanligini bildirib, jinoyatning oldini olish, 
jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilari yoxud boshqa ishtirokchilarining fosh 
qilishga yordam bersa, sud uni O‗zR JK 71-moddasi ikkinchi qismi qoidalari 
asosida jazodan ozod qilishi mumkin. Bunda, albatta, jinoyatning oldi olingan yoki 
hech bo‗lmaganda jinoiy oqibat yuz bermagan bo‗lishi kerak. 
JK 71-moddasi ikkinchi qismi asosida jazodan ozod qilinishi mumkin 
bo‗lgan shaxslarning uchinchi turkumi jinoiy uyushma a‘zosidir. Jinoiy uyushma 
a‘zosining oldingi ikkita turkumdagi jazodan ozod qilinishi mumkin bo‗lgan 
shaxslardan farqi shundaki, ular hali jinoyatni sodir etmagan yoki hech 
bo‗lmaganda jinoyatga suiqasd qilish bosqichida arz qiladi. Jinoiy uyushma a‘zosi 
esa jinoiy uyushmaga a‘zo bo‗lganligining o‗zi tamom bo‗lgan jinoyat hisoblanib, 
o‗zi a‘zo bo‗lgan jinoiy uyushma to‗g‗risida yoki jinoiy uyushma tomonidan sodir 
etilishi mo‗ljallangan jinoyat haqida arz qilinadi. Demak, bu yerda jinoiy 
uyushmaga a‘zo bo‗lishning o‗zi tamom bo‗lgan jinoyat hisoblanib, jinoyat oxiriga 
yetkazilganidan keyin arz qilinishi ham mumkin. 
JK 71-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga ko‗ra, jinoiy jazodan ozod 
qilishni qo‗llanishi mumkin bo‗lgan jinoyat ishtirokchisiga (yordamchi, dalolatchi, 
tashkilotchi), uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma a‘zosiga bir xil talab qo‗yiladi. 
Bular: 
a) og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyatni amalga oshirishda bevosita 
qatnashmaganligi; 
b) agar u aybini bo‗yniga olish to‗g‗risida arz qilgan, chin ko‗ngildan 
pushaymon bo‗lganligi; 
d) o‗z harakatlari bilan jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning 
tashkilotchilarini hamda boshqa ishtirokchilarini fosh qilishga yordam 
berganligidir. Ushbu talablardan faqat bittasi yoki dastlabki ikkitasini bajarishning 
o‗zi shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish uchun asos bo‗lmaydi, balki sud tomonidan 
yengillashtiruvchi holat deb hisoblanishi mumkin. 


197 
Shaxsni jazodan ozod qilish uchun yuqorida aytilgan talablar bajarilgan 
bo‗lishi kerak.
Ya‘ni jinoyatning oldi olingan yoki hech bo‗lmaganda jinoiy oqibat yuz 
bermagan bo‗lishi kerak. Agar jinoyat tashkilotchilari yoki boshqa ishtirokchilarini 
fosh qilishga yordam bergan bo‗lsa-da, ammo bunga mas‘ul bo‗lgan shaxslarning 
loqaydligi yoki tajribasizligi tufayli ularni qo‗lga olishning iloji bo‗lmagan 
taqdirda ham sud jazodan ozod qilishni qo‗llashi mumkin. Muhimi jinoyatning oldi 
olingan yoki jinoiy oqibatning kelib chiqishiga yo‗l qo‗yilmagan bo‗lishi kerak.
Qonunning o‗zida og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyatni sodir qilishda 
ayblanayotgan shaxsni jinoiy jazodan ozod qilishni nazarda tutilganligi, avvalo, 
jinoyat huquqining muhim insonparvarlik prinsipi bo‗lsa, jinoyatchilikning oldini 
olish, jinoyatlarni ochish va javobgarlikning muqarrarligini ta‘minlashda g‗oyat 
muhim ahamiyaga egadir. Ushbu modda O‗zbekiston Respublikasining 2010-yil
27-dekabrdagi O‗RQ–277-sonli Qonuni asosida yangi tahrirda berildi. Shunga 
asosan ushbu moddaning uchinchi qismi rag‗batlantiruvchi norma hisoblanadi, 
unga asosan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida alohida 
ko‗rsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o‗z qilmishiga amalda pushaymon 
bo‗lgan taqdirda sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim. 
Bundan oldingi paragrafda bayon qilganimizdek shaxsni ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini yo‗qotishi munosabati bilan jazodan ozod qilinganlar sudlanmagan 
hisoblanganligi tufayli JK 71-moddasi asosida jazodan ozod qilinganlar 
sudlanmagan deb hisoblanishlari kerak. Bu haqida JK 77-moddasi ikkinchi 
qismida bayon qilingan. Aslida esa sud jazodan ozod qilish bilan birga 
sudlanganligini ham olib tashlay olmaydi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish