191
baravar ko‗payadi va jazoni o‗tashdan bo‗yin tovlagan kundan boshlab
hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak.
Agar shaxs JK 69-moddasida ko‗rsatilgan muddatlar o‗tmasdan qasddan
yangi jinoyat sodir etsa, muddatning o‗tishini hisoblash yangi jinoyat sodir etilgan
paytdan qaytadan boshlanadi. Qonun mazmuniga ko‗ra faqat qasddan yangi jinoyat
sodir etilgan taqdirdagina muddatning o‗tishi bekor bo‗ladi. Shu muddat ichida
ehtiyotsizlikdan
jinoyat sodir etilsachi, degan savol tug‗iladi. Oldingi jinoyati
qasddan yoki ehtiyotsizlikdan qilinganidan qat‘iy nazar, muddatlarining o‗tishi
alohida-alohida har bir jinoyat uchun jazo tayinlangan paytdan boshlab
hisoblanadi.
Masalan, shaxs qasddan qilgan jinoyati uchun to‗rt yil muddatga ozodlikdan
mahrum qilinib, mahkum jazoni o‗tashdan bo‗yin tovlagan bo‗lsa, jazoni ijro etish
muddati besh yil emas, balki muddatning o‗tishi ikki baravar ko‗payib, o‗n yil
bo‗ladi. Ana shu o‗n yillik muddat jazoni o‗tashdan bo‗yin tovlagan kundan
boshlab hisoblanadi. Agar shaxs jazoni ijro etish muddati davomida
ehtiyotsizlikdan jinoyat sodir qilsa, muddatning o‗tishi uzilmaydi. Har ikki muddat
alohida-alohida o‗taveradi.
Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‗tgan bo‗lsa, jazoni
ijro etish muddati o‗tib ketganligi tufayli ijro etilmaydi. Bunday qoida umrbod
ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan hamda tinchlik va insoniyatning
xavfsizligiga qarshi jinoyat uchun hukm qilingan
shaxslarga nisbatan joriy
etilmaydi.
Umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxsga nisbatan
muddatlarning o‗tishini qo‗llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud
muddatlar o‗tishini lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi
ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi. Odatda, umrbod ozodlikdan
mahrum etish jazosi afv etish asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirish
masalasi O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan hal qilinadi. Bunday
holda mahkumning o‗zi afv so‗rab murojaat qiladi.
JK 69-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan umrbod ozodlikdan
mahrum etish jazosini ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirish sud tomonidan
amalga oshiriladi. Bunda mahkumning jinoyat sodir etishdan oldingi hayot tarzi,
jinoyatni sodir etish vaqtida va jinoyat sodir etilganidan
keyingi xulqi va ishning
boshqa holatlarini hisobga oldi.
JK 69-moddasida nazarda tutilgan muddatlar Jinoyat kodeksning 150–157-
moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va
to‗rtinchi qismlarida, 160, 161 va 244
2
-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar
uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‗llanilmaydi. JK 69-moddasining
mazmuniga ko‗ra, sodir etilgan jinoyatning qaysi turkumdagi jinoyatlar guruhiga
kirishidan qat‘iy nazar, sud tomonidan tayinlangan jazo turi va jazo muddati
hisobga olinib muddatlar belgilangan. Bunda jinoyatning
ijtimoiy xavflilik
darajasi, takroran sodir etilganligi, retsidiv jinoyat ekanligi hisobga olinadi.
Masalan, birinchi marta uch yildan sal ko‗proq muddatga ozodlikdan
mahrum qilingan va takroran jinoyat sodir qilganligi uchun besh yildan kamroq
192
muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlar uchun jazoni ijro etish
muddati — besh yil. Yoki o‗ta og‗ir jinoyat sodir qilishda ishtirok etganligi uchun
JK 57-moddasi qoidalarini qo‗llab, axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga
nisbatan ham birinchi marta jinoyat sodir etib axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan
kamroq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxsga ham jazoni ijro etish
muddati — uch yil. Bunday holatda jinoiy jazoning ijro etish muddatlari sud
tomonidan tayinlangan jazo muddatidan kelib chiqib belgilangan.
JK 69-moddasida muddatlarining uzilishi belgilanmagan. Ya‘ni shaxs jazoni
o‗tashdan bo‗yin tovlagan (qochib ketgan yoki yashiringan) taqdirda ham
muddatlar uzilib, to‗xtab
qolmasdan, bu muddat ikki baravar ko‗payib, bo‗yin
tovlagan kundan boshlab hisoblanadi. Demak, qonunning bu mazmuniga ko‗ra,
mahkum jazoni o‗tashdan bo‗yin tovlab, qochib yurgan vaqtda ham muddatini
o‗tishi davom etaveradi.
O‗zR JKning 69-moddasida belgilanishicha, javobgarlikka tortish
muddatlari hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Ammo
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida nazarda
tutilgan asoslarga ko‗ra, ya‘ni:
1) mahkum jazoni o‗tashiga monelik qiladigan darajada og‗ir kasal bo‗lib
qolganligi;
2) hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador bo‗lib qolganligi;
3) mahkumning yosh bolasi bo‗lsa, uch yoshga to‗lguncha;
4) jazoni darhol o‗tashni boshlash yong‗in yoki boshqa biror tabiiy ofat yuz
berganligi, oilaning yagona mehnatga yaroqli a‘zosi og‗ir kasal bo‗lib qolganligi,
vafot etganligi oqibatida yoki boshqa favqulodda holatlar mahkum yoki uning
oilasini juda mushkul ahvolga solib qo‗yilganligi munosabati bilan hukmning ijrosi
kechiktirilgan taqdirda jazoni ijro etish muddatini qaysi paytdan boshlab hisoblash
kerak degan savol tug‗iladi. Bunday holda ham qonunda boshqacha holat nazarda
tutilmaganligi tufayli jazoni ijro etish muddatlari hukm qonuniy kuchga kirgan
kundan boshlab hisoblanadi. Agar mahkumga nisbatan JPKning 533-moddasi
asosida jazoning ijrosi kechiktirilib, kechiktirilgan muddat mobaynida shaxs jazoni
o‗tashdan bosh tortsa (qochib ketsa, yashirinsa), jazoni ijro etish muddati bo‗yin
tovlagan kundan boshlab hisoblanadi (JK 69-moddasining ikkinchi qismi).
Jazoni ijro etish muddatlari qonunda belgilangan muddatning oxirgi kuni
kech soat 24:00 da tugaydi.
Jazoni o‗tashdan bo‗yin tovlash shaxsning ochiqda bo‗lganligi
yoki hibsda
saqlangan vaqtda qilinganligining ahamiyati yo‗q. Agar shaxs hibsda saqlangan
joyidan qochsa, u qasddan yangi jinoyat sodir qilgan hisoblanib, JK 222-moddasi
bilan ham javobgar qilinib, muddatning o‗tishi hibsdan qochgan kundan boshlab
hisoblanadi. Agar shaxsga nisbatan JPKning 237-moddasida nazarda tutilgan:
munosib xulq-atvorda bo‗lish to‗g‗risida tilxat, shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi
yoki jamoaning kafilligi, garov tariqasidagi ehtiyot choralaridan biri qo‗llanib,
shaxs jazoni o‗tashdan bo‗yin tovlagan bo‗lsa, JK 69-moddasi ikkinchi qismida
belgilanganiga ko‗ra, jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko‗payadi va jazoni
o‗tashdan bo‗yin tovlagan kundan boshlab hisoblanadi.
193
Jazoni o‗tashdan bo‗yin tovlash, sud tomonidan jazoning o‗tash uchun
belgilangan joyga kelmaslik, axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan bo‗lsa, ishga
kelmaslik va jazoni o‗tashdan bo‗yin tovlash deb topilishi mumkin.
Harbiy xizmatchilarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida harbiy qism
qo‗mondonligining kuzatuvi o‗rnatilgan bo‗lishi ham mumkin, ana shu kuzatuvdan
bo‗yin tovlash ham jazoning ijrosi muddatlarining ikki baravar ko‗payishiga
sabab bo‗ladi va bo‗yin tovlagan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: