Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

16.7. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish 
Amnistiya
(grekcha: 
αμνηστια — 
―kechirish, 
unutish‖ 
ma‘nolarini 
anglatadi) — jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan davlat vakolatli organi 
tomonidan qo‗llaniladigan, o‗zida to‗liq yoki qisman jazodan ozod qilish, 
javobgarlikdan ozod qilish, jazoni nisbatan yengilroq turi bilan almashtirishni yoki 
jinoiy ta‘qibni bekor qilishni ifodalovchi hujjatdir
24

O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 68-moddasida jinoyat sodir etgan 
shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi nazarda 
tutilgan. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti vakolatlari keltirilgan bo‗lib, ushbu moddaning 23-bandida 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti amnistiya to‗g‗risidagi hujjatlarni qabul qilish 
haqida O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritish 
vakolatiga egaligi belgilangan. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati to‗g‗risida‖gi qonunining 9-moddasi 10-bandida O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‗g‗risidagi hujjatlarni 
qabul qilish Senatning mutlaq vakolatlari jumlasiga kirishi belgilangan.
24
Додонов В.Н. Сравнительное уголовное право. Общая часть /под общ. ред. С.П.Щербы. 
-М.: Юрлитинформ, 2009. - С. 401.


185 
Konstitutsiya va qonunlarimizda ―amnistiya‖, ―amnistiya to‗g‗risida hujjat‖ 
so‗zlari va so‗z birikmalari shaklida keltirilgan bo‗lsada, nima sababdan jinoyat 
qonuni ―amnistiya akti‖ so‗z birikmasidan foydalanilgan degan haqli savol 
tug‗iladi.
Akt
(lotincha 
actus
―harakat‖ ma‘nosini anglatadi) — bu vakolatli shaxs 
imzolari bilan tasdiqlanuvchi bo‗lib o‗tgan harakat yoki faktni qayd etuvchi 
hujjatdir. 
Huquqni qo‗llash jarayoni faqat hujjatlar bilan tartibga solinmaydi, balki 
verbal yoki muayyan jestlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli akt 
tushunchasi o‗zida nafaqat hujjatni balki muayyan bir huquqiy faoliyatni (xatti-
harakat) ham nazarda tutadi, shu sababli qonunchilik hujjatlarida akt so‗zi keng 
qo‗llaniladi.
Demak, qonun chiqaruvchi aynan ―amnisti akti‖ so‗z birikmasini qo‗llash 
orqali, javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida nafaqat amnistiya to‗g‗risidagi 
hujjatni, balki ushbu hujjatni qo‗llash bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonni ham nazarda 
tutgan. 
Amnistiya akti muayyan jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi 
jinoyat qonuni normalarini bekor qilmagan holda muayyan turkumdagi 
shaxslarning yoki muayyan turkumdagi jinoyat sodir qilgan shaxslarning ayblarini 
kechirib, javobgarlik yoki jazodan ozod qilishdan iboratdir. 
Amnisti akti jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish, jazoni 
yengilrog‗i bilan almashtirish, jazo miqdorini qisqartirish, muayyan toifadagi 
shaxslarning jinoyat sodir etilishida aybliligi to‗g‗risidagi masalani hal qilmay 
turib, jinoyat ishi tugatilishi to‗g‗risida bo‗lishi mumkin. Odatda, amnistiya akti 
davlat va jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi sanalar munosabati qabul 
qilinadi.
Qonun hujjatlarida amnistiya aktini mazmuniga qat‘iy talab yoki cheklov 
o‗rnatilmagan bo‗lib, amnistiya akti matnida uni qo‗llashni doirasi, muddati va 
boshqa shartlari ko‗rsatilib o‗tilishi mumkin. Shuningdek, O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senati amnisti to‗g‗risida qaror qabul qilganidan so‗ng 
uning qo‗llanilishi yuzasidan tushuntirish berishi mumkin. 
Amnistiya akti jinoyat sodir etishda ayblanayotgan yoki jazo o‗tayotgan 
muayyan turkumdagi keng doiradagi shaxslarga nisbatan chiqariladi. Ammo 
amnistiya aktini qo‗llanilishi har bir shaxsga nisbatan alohida individual amalga 
oshiriladi.
Amnistiya akti qabul qilingunga qadar yoki amnistiya akti matnida 
ko‗rsatilgan muddatga qadar sodir etilgan, ya‘ni tamom bo‗lgan jinoyatlarga 
nisbatan qo‗llaniladi. Davomli yoki uzoqqa cho‗zilgan jinoyatlarni sodir qilgan 
shaxslarga nisbatan amnistiya aktini qo‗llashning o‗ziga xos xususiyati shundaki, 
davomli jinoyatlarda amnistiya akti chiqqan kunga qadar yoki amnistiya aktida 
ko‗rsatilgan kunga qadar jinoiy harakatni to‗xtatgan bo‗lishi kerak. Uzoqqa 
cho‗zilgan jinoyatni sodir qilgan shaxslar esa jinoiy faoliyatni to‗xtatgan bo‗lishi 
lozim.


186 
Amnistiya aktini qo‗llash bu reabilitatsiya qilish, ya‘ni shaxsni oqlash 
hisoblanmaydi. Balki jinoyat sodir etgan shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi 
to‗g‗risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishi tugatish hisoblanadi. Bunda 
jinoyat sodir etib, amnisti akti asosida javobgarlikdan ozod qilingan shaxs 
sudlanmagan hisoblanadi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish