Aybdorning jabrlanuvchi (fuqaroviy da‟vogar) bilan yarashishi
bu –
surishtiruv, tergov, sud bosqichida jabrlanuvchi (fuqaroviy da‘vogar) deb topilgan
shaxs bilan aybdor o‗rtasidagi o‗zaro kelishuvi bo‗lib, ular o‗zaro ma‘lum shartlar
asosida yoki shartlarsiz bir-birlarini kechirish, jinoyat ishini tugatilishini so‗rab
birgalikda vakolatli organga murojaat qilishda ifodalanadi. Jabrlanuvchi (fuqaroviy
da‘vogar) aybdorga nisbatan rahm-shafqat, kechirish, yetkazilgan zarar o‗rni
qoplangani yoki boshqa sabablarga ko‗ra yarashishga rozi bo‗lishi mumkin.
Asosiysi yarashuv ixtiyoriy bo‗lishi, zo‗rlik yoki kuch ishlatish, shunday zo‗rlik
ishlatish bilan qo‗rqitish tahdidi, aldov yoki yanglish asosida bo‗lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |