Aybdorning o„z aybiga iqrorlik bildirishi
aybdor tomonidan o‗zining sodir
etgan qilmishini tan olishida ifodalanadigan pushaymonlikning bir shaklidir.
Iqrorlik sodir etilgan jinoyatni tavsilotlarini to‗liq ochib berish bilan birgalikda
surishtiruv, tergov va sud organlarida aybdor tomonidan yozma yoki elektron
shaklda jinoyatga iqrorlikni, o‗zi sodir etgan jinoyatni tan olishini, ushbu jinoyat
aynan u tomonidan sodir etilganini ma‘lum qilinishda ifodalanadi. Iqrorlik ko‗proq
shaxsning o‗zi sodir etgan qilmishi va uning oqibatlariga bo‗lgan ruhiy munosabati
bo‗lib, jinoyat oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etishda, yetkazilgan zararni
qoplashda, o‗zida aybdorlik hissini tuygan holda jabrlanuvchi va jinoyat natijasida
jabrlanganlarning yaqinlari, jamoatchilik oldida o‗zidagi ijobiy o‗zgarishlarni
ko‗rsatishda ifodalanadi.
182
Do'stlaringiz bilan baham: |