Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Aybdor tomondan jinoyat natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etilishi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Aybdor tomondan jinoyat natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etilishi 
jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy va ma‘naviy zararni qoplab berilishidir. 
Zarar pul yoki natura shaklida qoplanishi, shuningdek jabrlanuvchi (fuqaroviy 
da‘vogar) tomonidan voz kechilishi ko‗rinishida bo‗lishi mumkin. Agar 
jabrlanuvchi davlat tashkiloti, muassasasi yoki korxona bo‗lgan hollarda zarardan 
voz kechish sud tomonidan to‗liq o‗rganilishi lozim. Sud tomonidan zarardan voz 
kechish asossiz deb topilganda, yarashilganligi munosabati bilan javobgarlikdan 
ozod qilish shartlari mavjud bo‗lmaganligi sababli aybdorni javobgarlikdan ozod 
qilishni rad etishi hamda jinoyat ishi yuzasidan umumiy asoslarda surushtiruv
tergov va sud muhokamasi olib borilishi belgilanishi mumkin.
Ayrim hollarda yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilishda keltirilgan ro‗yxatdagi jinoyatlarda yuqoridagi shartlarning barchasi 
bajarilmasligi mumkin. Masalan, tuhmat jinoyatida jinoyat natijasida yetkazilgan 
moddiy zarar mavjud bo‗lmasligi mumkin. Ammo jabrlanuvchi aybdor bilan 
yarashishga roziligi haqidagi arizasida o‗ziga nisbatan aybdor tomonidan moddiy 
yoki ma‘naviy zarar yetkazilmagani, unga nisbatan da‘vosi yo‗qligini, albatta, 
keltirib o‗tishi talab qilinadi. 
JKning 66
1
-moddasida keltirilgan ro‗yxatdagi jinoyatlarni shartli tarzda davlat 
tomonidan o‗rnatilgan va himoyalanadigan obyektlarga qarshi qaratilgan jinoyatlar 
(jamiyat va davlat manfaatlariga tajovuz qilganlik uchun javobgarlik belgilovchi 
jinoyatlar) hamda fuqarolar huquq va manfaatlariga qarshi jinoyatlar (jismoniy 
shaxslarning huquq va manfaatlarini qo‗riqlovchi ijtimoiy munosabatlar obyekt 
sifatida keladigan jinoyatlar)ga bo‗lish mumkin. 
Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda 
keltirilgan ro‗yxatda asosan yarashish fuqarolar huquq va manfaatlariga qarshi 
jinoyatlar yuzasidan amalga oshirilishi belgilangan bo‗lib, ya‘ni bu turdagi 
jinoyatlar bo‗yicha jabrlanuvchi (fuqaroviy da‘vogar) jismoiy shaxs bo‗ladi. 
Masalan, qasddan badanga o‗rtacha og‗ir shikast yetkazish (JK 105-moddasining 
birinchi qismi). Ammo ushbu ro‗yxatda keltirilgan ayrim jinoyatlar jamiyat va 
davlat manfaatlariga tajovuz qilganlik uchun javobgarlik belgilovchi jinoyatlar 
bo‗lib, bunda jabrlanuvchi davlat tashkiloti, muassasasi va korxonasi bo‗lishi 
mumkin. Masalan, o‗zlashtirish yoki rastrata yo‗li bilan talon-taroj qilishda
(167-moddasining birinchi qismi) davlat tashkilotining mulki talon-taroj 
qilinganda davlat tashkiloti, muassasasi, korxonasi jabrlanuvchi deb topiladi, 


183 
bunda ular o‗z vakilini ishonchnoma asosida surishtiruv, tergov va sudda 
ishtirokini ta‘minlaydi. 
Yarashuv to‗g‗risidagi ariza surishtiruv va dastlabki tergovning istalgan 
bosqichida, ya‘ni shaxs gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda 
ishtirok etishga jalb qilingan paytdan boshlab, sudlanuvchi esa jinoyat ishini ko‗rib 
chiqayotgan birinchi instansiya sudi maslahatxona (alohida xona)ga kirgunga 
qadar berilishi mumkinligi nazarda tutilgan. 
Shaxs yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganda 
sudlanmagan hisoblanadi. 
Og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati 
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi 
munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish