Aim.Uz
Bojxona organlari surishtiruv organlari sifatida
O’zR JPK 38-moddasiga muvofiq bojxona organlari bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi to’g’risidagi ishlar bo’yicha surishtiruv organlari hisoblanadi.
Jinoiy ishlar bo’yicha surishtiruv dastlabki tergov uchun amaldagi jinoyat-protsessual qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda va qoidalar bo’yicha amalga oshiriladi. Quyidagi holatlar bundan mustasnodir:
− surishtiruvni surishtiruv organlari boshliqlari yoki ularning topshirig’iga ko’ra surishtiruvchilar olib boradi;
− surishtiruvchining qarori surishtiruv organi boshlig’i tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Surishtiruv organiga jinoyat belgilarini va uni sodir etgan shaxslarni aniqlash, O’zR JPK bilan belgilangan qoidalarga muvofiq ular tekshirilgandan keyin jinoiy ish bo’yicha isbot sifatida foydalanilishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnik vositalardan foydalangan holda zarur chora-tadbirlar ko’rish yuklanadi. O’zR JPK 38-moddasi 8-bandiga muvofiq bojxona organlari bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilganligi uchun, ya’ni O’zR JK 182-moddasida nazarda tutilgan belgilar mavjud bo’lgan jinoyatlar bo’yicha surishtiruv olib boradilar.
O’zR JK 182-moddsi bo’yicha jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat begisiga ega bo’lgan huquq buzishni aniqlab, boshliq (surishtiruv organi rahbari, surishtiruvchi) O’zR JPK 329, 39 va 330-moddalariga muvofiq belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazadi (darhol) va quyidagilar xususida qaror qabul qiladi:
a) jinoiy ish qo’zg’atish, yuritish uchun o’ziga qabul qilish va surishtirishga kiritish;
b) jinoiy ish qo’zg’ashni rad etish;
v) idoraviy bo’ysunish bo’yicha ariza, ma’lumot berish.
Jinoyat belgilari mavjud bo’lgan taqdirda surishtiruv organi jinoiy ish qo’zg’aydi va Jinoyat protsessual kodeksiga amal qilgan holda jinoyatni aniqlash va uning izlarini mustahkamlash bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan tergov xarakatlarini amalga oshiradi
Jinoiy ish bo’yicha surishtiruv 10 sutkadan ortiq bo’lmagan muddatda tamomlanishi kerak. O’zR JPK 342-moddasiga muvofiq surishtiruvchi ishni, agar:
1) og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat aniqlangan bo’lsa;
2) muayyan shaxsni aybdor sifatida ishda qatnashishga jalb qilish uchun asos aniqlangan bo’lsa;
3) ishni to’xtatish uchun asos aniqlangan bo’lsa;
4) tergovchi ish yuritish uchun ishni unga berishni talab qilsa surishtiruv uchun belgalangan muddat tamom bo’lishini kutmay ishni zudlik bilan tergovchiga berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |